1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.63.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika ta’minoti va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim;
3.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
2013-2016-yillarda ta’lim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash)ni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ishlab chiqilgan, 2013 — 2016-yillarda ta’lim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashni (qo‘shimcha jihozlashni) jadallashtirish Dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin, Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ta’lim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlash normativlari 1-ilovaga* muvofiq;
2013 — 2016-yillarda umumta’lim maktablarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashning (qo‘shimcha jihozlashning) asosiy ko‘rsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq;
2013 — 2016-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashning (qo‘shimcha jihozlashning) asosiy ko‘rsatkichlari 3-ilovaga* muvofiq;
2013 — 2016-yillarda oliy ta’lim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashning (qo‘shimcha jihozlashning) asosiy ko‘rsatkichlari 4-ilovaga* muvofiq.
2. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar;
oliy ta’lim muassasalariga maqsadli ravishda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ta’lim muassasalarini jihozlash uchun belgilangan tartibda xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlarning imtiyozli xorijiy kreditlarini jalb etish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda har yili ta’lim muassasalarini jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) manzilli dasturlarining shakllantirilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, har yili ta’lim muassasalarini jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) manzilli dasturlarini shakllantirishda har bir ta’lim muassasasining moddiy-texnika jihatidan amalda ta’minlanganligi hisobga olinadi hamda o‘qitishning texnik vositalari asossiz tarzda hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Chet tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengashga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining taklifiga ko‘ra, zaruriyat bo‘lganda, Dasturga va jihozlash normativlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-may,
143-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 22-son, 283-modda, 34-son, 453-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 2017-y., 38-son, 1049-modda)