Tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli “Yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-may,
139-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-maydagi 139-son qaroriga ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari – importyorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan eksport bojxona yuk deklaratsiyasini va Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududigacha qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun majburiy taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tadbirkorlik subyekti — importyor (keyingi oʻrinlarda importyor deb ataladi) — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va qonun hujjatlariga muvofiq bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllagan holda tovarlarni import qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
eksport bojxona yuk deklaratsiyasi — eksport/reeksport qiluvchi mamlakatda rasmiylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan bojxona deklaratsiyasi;
olib kirilayotgan tovarning taqdim etilgan qiymati — uning boʻyicha pul hisob-kitobi (toʻlov) amalga oshiriladigan shartnomada (kontraktda) yoki invoysda koʻrsatilgan qiymat yoxud ularda qiymat mavjud boʻlmagan taqdirda – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan qiymat;
olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan qiymati — tovarning eksport bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan bojxona qiymati (u mavjud boʻlmaganda — fakturadagi qiymati) va Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududigacha qilingan, hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi ikkinchi qismidagi 1 — 5-bandlarda nazarda tutilgan bojxona qiymatiga qoʻshilgan (agar ular unga kiritilmagan boʻlsa) xarajatlar, shuningdek diller (distribyutor, agent) shartnomasi asosida ishlab chiqaruvchi tashkilot dillerining (distribyutor, agentning) vositachilik haqi;
LexUZ sharhi
2-bandning beshinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
olib kirilayotgan tovarning tasdiqlanmagan qiymati — olib kirilayotgan tovar koʻrsatilgan qiymatining olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan qiymatidan ortiqcha qiymati.
3. Agar eksport bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning qiymati koʻrsatilmagan boʻlsa yoki eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning qonun hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan boʻlsa, u holda eksport bojxona yuk deklaratsiyasi oʻrniga tovarni olib chiqishda eksport/reeksport qiluvchi mamlakatda rasmiylashtirilgan hamda eksportyor va importyorning nomi, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning qiymati, vazni va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilishi mumkin.
4. Ushbu Nizomning amal qilishi insonparvarlik yordami, texnikaviy koʻmak sifatida va grantlar hisobiga olib kirilayotgan tovarlarga, shuningdek olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga, xorijiy valyutaga va qimmatbaho qogʻozlarga tatbiq etilmaydi.
II. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash
5. Importyor bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllagan holda, olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organlariga (“erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida eksport bojxona yuk deklaratsiyasini yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatni va Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududigacha qilingan xarajatlarni (qiymat va toʻlovlarni) tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda boshqa hujjatlar deb ataladi) taqdim etadi.
6. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi:
qogʻozdagi originali (asl nusxasi) yoki eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning bojxona organlari yoki importyor tomonidan tasdiqlangan nusxasi tarzida;
qogʻozli manbada bosilgan va eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning bojxona organi yoki importyor tomonidan tasdiqlangan elektron bojxona yuk deklaratsiyasi tarzida taqdim etilishi mumkin.
7. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organlariga rus yoki ingliz tillarida taqdim etiladi. Boshqa tilda toʻldirilgan eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organlariga importyor tomonidan tasdiqlangan oʻzbek, rus yoki ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga taqdim etilishi kerak.
III. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqish
8. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan qiymatiga beriladi.
Olib kirilayotgan tovarning tasdiqlanmagan qiymatiga bojxona toʻlovlari hisoblab chiqiladi.
9. Ular boʻyicha bojxona toʻlovlarining alohida va aralash stavkalari belgilangan tovarlarga alohida qismni hisoblab chiqish uchun asos olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qiymatining foizdagi nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
10. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilmagan taqdirda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilmaydi.
yuridik shaxslar tomonidan xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablagʻlari hisobiga olib kirilayotgan tovarlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) doirasida olib kirilayotgan tovarlarga;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan oʻtgan import kontraktlari boʻyicha olib kirilayotgan tovarlarga;
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishilgan holda tashkil etilgan idoralararo tender komissiyalari qarorlari asosida tuzilgan kontraktlarga binoan olib kirilayotgan tovarlarga;
suyuq ulgevodorodlarni yetkazib berish yuzasidan import kontraktlar boʻyicha olib kirilayotgan tovarlarga tatbiq etilmaydi.
IV. Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish
12. Bojxona yuk deklaratsiyasi “erkin muomala uchun chiqarish” bojxona rejimiga nisbatan amal qiladigan bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibiga muvofiq toʻldiriladi. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasining qoʻshimcha maʼlumotlarni nazarda tutuvchi ustunida eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatning sanasi va tartib raqami koʻrsatiladi.
13. Olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qiymatini, toʻlanishi kerak boʻlgan bojxona toʻlovlarini va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning hisob-kitobi bojxona yuk deklaratsiyasiga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ilova qilinadi hamda bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning imzosi va deklarant muhri bilan tasdiqlanadi.
V. Yakunlovchi qoidalar
14. Agar “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi oʻzga hujjat va boshqa hujjatlar taqdim etilmasa hamda tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlangan boʻlsa importyor eksport bojxona yuk deklaratsiyasini yoki uning oʻrnini bosuvchi oʻzga hujjatni va boshqa hujjatlarni tovar bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab yil mobaynida taqdim etishi mumkin.
15. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasini yoki uning oʻrnini bosuvchi oʻzga hujjatni va boshqa hujjatlarni taqdim etishda bojxona toʻlovlari qayta hisoblab chiqariladi va ortiqcha toʻlangan bojxona toʻlovlari qaytariladi yoxud Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, importyor talabiga koʻra kelgusidagi bojxona toʻlovlari hisobiga oʻtkaziladi.
16. Importyor Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq olib kirilgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
17. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlari – importyorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
____________________________- son BYuDga ilova
Olib kiriladigan tovarning tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qiymatlari hisob-kitobi, toʻlanishi kerak boʻlgan bojxona toʻlovlari hamda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar
______________________________________________________- son tovar
(bojxona yuk deklaratsiyasining tegishli ustunida koʻrsatilgan tovarning tartib raqami koʻrsatiladi)
Hisoblab chiqish asoslari
Tovarning taqdim etilgan qiymati (ZST)
Olib kiriladigan tovarning tasdiqlangan qiymati (PST) *
Olib kiriladigan tovarning tasdiqlanmagan qiymati (NST)
1.
Tovarning eksport BYuD* boʻyicha valyutadagi qiymati
Bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimini hisoblab chiqish uchun asoslar
9.1.
Bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimi stavkasi
9.2.
Bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimi summasi
10.
Bojxona bojini hisoblab chiqish uchun asoslar
10.1.
Bojxona boji stavkasi
10.2.
Bojxona boji summasi
11.
Aksiz soligʻini hisoblab chiqish uchun asoslar
11.1.
Aksiz soligʻi stavkasi
11.2.
Aksiz soligʻi summasi
12.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqish uchun asoslar
12.1.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi
12.2.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi
13.
Boshqa yigʻimlarni hisoblab chiqish asoslari
13.1.
Boshqa yigʻimlar stavkasi
13.2.
Boshqa yigʻimlar summasi
Jami
Boj toʻlovlari hisob-kitobi va boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar
Advalor stavkasi boʻyicha boj toʻlovlarini hisoblab chiqarish:
14.
Asoslar (soʻm)
3-b. x 5-b. x 4-b./100
3-b. x 5-b. x 4-b./100
3-b. x 5-b. x 4-b./100
15.
Stavka %
16.
Toʻlov summasi (soʻm)
14-b. x 15-b./100
14-b. x 15-b./100
14-b. x 15-b./100
Alohida stavka boʻyicha boj toʻlovlarini hisoblab chiqarish:
17.
Miqdori
7-b.
7-b.
7-b.
18.
Asoslar (miqdori)
5-b. x 17-b./100
5-b. x 17-b./100
5-b. x 17-b./100
19.
Stavka ($)
20.
Toʻlov summasi ($)
18-b. x 19-b.
18-b. x 19-b.
18-b. x 19-b.
21.
Toʻlov summasi (soʻm)
6-b. x 20-b.
6-b. x 20-b.
6-b. x 20-b.
Izoh:
* Eksport bojxona yuk deklaratsiyasida yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatda faktura qiymati tuzilgan kontraktdagi valyutadan farq qilgan hollarda toʻldiriladi.
** X — ustunlar toʻldirilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 271-modda; 2016-y., 25-son. 308-modda)