OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1889-2]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3190, 30.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 22-23-son, 236-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-dekabrdagi 100-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889, 2009-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor v.b. Z. GIYASOV
Toshkent sh.,
2013-yil 15-aprel,
66-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2013-yil 15-apreldagi 66-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqish Apellatsiya kengashi raisi, uning oʻrinbosari, kengash aʼzolari (uchta aʼzodan kam boʻlmagan) va kotibi tarkibidagi Apellatsiya kengashi majlisida amalga oshiriladi. Kengash tarkibiga Agentlikning eng malakali va tajribali xodimlari hamda mustaqil olimlar va mutaxassislar kiradi”.
2. 30-bandda “raislik qiluvchining” degan soʻzlar “Apellatsiya kengashi raisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 31-bandda “raislik qiluvchi” degan soʻzlar “Apellatsiya kengashi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 35-bandda “raislik qiluvchi” degan soʻzlar “Apellatsiya kengashi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 19-son, 242-modda)