1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
9.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
10.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
11.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari;
12.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar;
13.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar;
14.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
15.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
16.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
17.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
18.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
19.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
20.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa;
21.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
22.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
23.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
24.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar;
25.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
26.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
27.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang);
28.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar;
29.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
30.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar;
31.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar;
32.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;
33.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati;
34.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati;
35.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi;
36.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik;
37.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang);
38.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
39.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
40.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar;
41.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar;
42.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
5.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
6.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat;
7.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.;
8.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
9.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari;
10.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
11.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
12.Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish;
13.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;
14.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 20-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi 422–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyulda qabul qilingan OʻRQ–162-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 353-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda) 9-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi 734–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 78–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 149-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 417-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning ikkinchi qismi “Banklarni” degan soʻzdan keyin “va boshqa kredit tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 22-modda bilan toʻldirilsin:
“22-modda. Auditorlik faoliyati standartlari
Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini oʻtkazish, professional xizmatlar koʻrsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha yagona talablarni belgilaydi.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qoʻllashi mumkin”;
4) quyidagi mazmundagi 31-modda bilan toʻldirilsin:
“31-modda. Auditorning malaka sertifikati
Auditorning malaka sertifikati — auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari koʻrsatish huquqini beruvchi hujjat.
Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi”;
5) 4-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditor yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur boʻladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻshiladi”;
“Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sugʻurta polisi mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) boʻlishi mumkin emas.
Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlgan belgilar bilan koʻrsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs oʻz nomida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas”;
“Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan oʻtkaziladi”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“fond va tovar birjalari”;
10) 13-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini oʻz vaqtida toʻlashi shart”;
“Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak”;
“qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi, uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi”;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118 modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149 modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536 modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish va bekor qilish”;
2) 42-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni koʻmib tashlashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilganda yoʻl qoʻyiladi”;
3) 45-moddaning uchinchi qismidagi “tabiatni muhofaza qilish davlat organlarining ruxsati bilan” degan soʻzlar “davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 837–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 17-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari, tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xoʻjaligi, geologiya va mineral resurslar organlari va boshqa organlar bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari boʻyicha — qishloq va suv xoʻjaligi organlari, yer osti suvlari boʻyicha — geologiya va mineral resurslar organlari, mineral va termal suvlar boʻyicha — yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari bilan kelishilgan holda tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi”;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
6-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863–XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
“31-modda. Davlat aviatsiyasi aerodromlarini roʻyxatga olish
Davlat aviatsiyasi aerodromlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida roʻyxatga olinishi lozim.
Davlat aviatsiyasi aerodromi reyestrga kiritilganidan soʻng ekspluatantga davlat aviatsiyasi aerodromi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Davlat aviatsiyasi aerodromlarini roʻyxatga olish va ular roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnomalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ekspluatant sertifikatini berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda ekspluatant sertifikati berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ushbu sertifikatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
3) 94-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Aviatsiyada yuk va yoʻlovchi tashish uchun litsenziyasi” degan soʻzlar “Ekspluatant sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 95-moddaning birinchi qismidagi “tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma” degan soʻzlar “ekspluatant sertifikatini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 96-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”;
6) 97-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
7) 129-moddaning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
8) 130-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar” degan soʻzlar “ekspluatant sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 131-moddadagi “Konkret turdagi aviatsiya ishlari uchun tegishli ruxsatnoma” degan soʻzlar “Ekspluatant sertifikatini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi 935–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 335-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda) 8-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi 1002–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 4, 129-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“tibbiyot uchun moʻljallangan mahsulotlar, shu jumladan tibbiyot uchun moʻljallangan buyumlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import boʻyicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi”;
“Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi”;
2) 3-modda birinchi qismining ruscha matnidagi “gosudarstvennimi organami upravleniya” degan soʻzlar “organami gosudarstvennogo upravleniya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Isteʼmolchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan oʻzgartishlar “Oʻzstandart” agentligi organlarida haq olmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. “Oʻzstandart” agentligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.
Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va oʻzaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamgʻalash birligini taʼminlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik faoliyati subyektlari rioya etishi uchun majburiydir”;
oʻn birinchi qismidagi “standartlarning” degan soʻz “texnik reglamentlarning yoki standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 8-modda birinchi qismining ruscha matnidagi “gosudarstvennie organi upravleniya” degan soʻzlar “organi gosudarstvennogo upravleniya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 9-modda birinchi qismining ruscha matnidagi “gosudarstvennix organov upravleniya” degan soʻzlar “organov gosudarstvennogo upravleniya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 10-moddaning ruscha matnidagi “gosudarstvennix organov upravleniya” degan soʻzlar “organov gosudarstvennogo upravleniya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi 1004–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 56, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 17-moddaning toʻrtinchi qismi “123” raqamidan keyin “1251” raqami bilan toʻldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 1251-modda bilan toʻldirilsin:
“1251-modda. Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud toʻrt oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
3) 22724-moddaning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —”;
4) 245-moddaning birinchi qismi “472” raqamidan keyin “473” raqami bilan toʻldirilsin;
5) 262-moddaning birinchi qismidagi “22715-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi 2018–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan 444–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 12/2, 362-modda) 44-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda) 16-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz boʻlmagan miqdorda” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilanganidan oz boʻlmagan miqdorda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi.
Bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda bankni roʻyxatga olishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha roʻyxatga olishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi 232–I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 70-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 1, 22-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 463-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 10, 274-modda) 12-bandi oʻn toʻqqizinchi xatboshisidagi “chiqindilarni joylashtirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi 274–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 137-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 7-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
nomidagi “va ularning amal qilish muddatini uzaytirishda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “hamda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi 279–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda) 16-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish]
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 353–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“11-modda. Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni tartibga solish
Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga koʻra belgilanadigan normativlarga muvofiq yoʻl qoʻyiladi”;
3) 13-moddaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan bogʻliq faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi, zararli taʼsir koʻrsatish sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin”;
4) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”;
5) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ruxsati bilan” degan soʻzlar “davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi 398–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815–I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 591-modda; 2010-yil, № 12, 466-modda) 4-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi 412–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 423-modda) 11-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Konchilik]
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 490-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) 19-moddasining toʻrtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsati bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 4, 185-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 332-modda; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 335-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 219-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi”;
“Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar;
2) bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar;
3) fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni oʻlgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ishlar;
4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar;
5) shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar;
6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar;
7) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar;
8) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar (chaqirib ish yuritish)”;
3) quyidagi mazmundagi 311-bob bilan toʻldirilsin:
“311-bob. Farzandlikka olish
2851-modda. Ariza berish
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudiga, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat yoki Toshkent shahar sudiga beradi.
2852-modda. Arizaning mazmuni
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi;
farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi toʻgʻrisidagi, aka-uka va opa-singillari bor-yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar;
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish haqidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan sanasini (koʻpi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilgan joyini (agar bola koʻpi bilan oʻn yosh boʻlsa) oʻzgartirish haqida, bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi.
2853-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasining koʻchirma nusxasi;
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi;
nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining koʻchirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sogʻligʻi holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, shuningdek OITSga qarshi kurash markazlarining maʼlumotnomalari);
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma yoki boshqa daromad manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi hujjat.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari bola qonuniy vakilining roziligi va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining roziligi ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat (bola Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda — ushbu shaxslar qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, oʻsha davlat) vakolatli organining ularning yashash sharoitlari haqida va farzandlikka oluvchilar boʻla olish imkoniyatlari haqidagi xulosasi, tegishli davlat vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va mazkur davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan majburiyati ilova qilinadi.
Chet el fuqarolari boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar sudga ikki nusxada taqdim etiladi.
2854-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash
Sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga koʻra farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi.
Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olish asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa maʼlumotlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olish uchun toʻsiqlar bor-yoʻqligi koʻrsatilishi shart;
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, oʻn olti yoshga toʻlmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
bola uning qarindoshlari boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni va farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasida farzandlikka olinayotgan bola haqidagi maʼlumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qatʼi nazar farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Zarurat boʻlganda, sud boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin.
2855-modda. Ishni koʻrish
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqadi.
Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek oʻn yoshga toʻlgan bolaning oʻzini ishda qatnashishga jalb qilishi mumkin.
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni sudning yopiq majlisida koʻrib chiqadi.
2856-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishni mazmunan koʻrib chiqib, farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tugʻilishi yozilgan daftarga oʻzgartirishlar kiritish uchun zarur boʻlgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini koʻzlab, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining xohishiga koʻra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining xohishiga koʻra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga koʻra sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlab qolinishi koʻrsatib oʻtiladi.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning oʻzaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tugʻilishini yozish daftariga zarur oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran belgilanadi.
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi roʻyxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.
2857-modda. Farzandlikka olishning bekor qilinishi
Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va hal etish daʼvo ishlarini yuritish tartibida amalga oshiriladi”;
4) quyidagi mazmundagi 332-bob bilan toʻldirilsin:
“332-bob. Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish
2974-modda. Ariza berish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi sudda koʻrib chiqiladi.
2975-modda. Arizaning mazmuni va uni berish muddati
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi.
2976-modda. Ishni koʻrish
Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ish sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqida yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi aʼzosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda koʻrib chiqilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi vakilining — tibbiy komissiyasi aʼzosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining sud majlisiga uzrsiz sababga koʻra kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb topishi mumkin.
2977-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni tegishincha sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish uchun asos boʻladi”.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda; 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 6, 231-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik sudiga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar xoʻjalik sudiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4) ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, shu jumladan aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar boʻlishidan qatʼi nazar xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi”;
3) 101-moddaning ikkinchi qismidagi “topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 104-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Arizada kreditorning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin”;
6) 119-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fikr-mulohazada ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ham koʻrsatilishi mumkin”;
7) 121-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini xoʻjalik sudiga maʼlum qilgan boʻlsalar, ular ishni yuritish vaqtida bu maʼlumotlar oʻzgarganligi haqida xoʻjalik sudini yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishlari kerak”;
8) 124-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi”;
9) 131-moddaning uchinchi qismidagi “topshirilganligi maʼlum qilinadigan xat bilan ajrim yoki boshqa hujjatni yuborish orqali” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 148-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”;
11) 149-moddaning uchinchi qismidagi “topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 153-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ushbu Kodeksga muvofiq ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimlar daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”;
13) 1552-moddaning uchinchi qismidagi “elektron pochta manzillari” degan soʻzlar “elektron manzil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 1557-moddaning uchinchi qismidagi “elektron pochta manzillari” degan soʻzlar “elektron manzil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin”;
16) 163-moddaning uchinchi qismidagi “topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”;
18) 181-moddaning uchinchi qismidagi “topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 189-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”;
“Rayosat qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”;
21) 207-moddadagi “topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 215-moddaning ikkinchi qismidagi “topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 216-moddaning birinchi qismidagi “topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 217-moddaning uchinchi qismidagi “topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) 24-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsimlik dunyosi obyektlari oʻsadigan muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, foydali qazilmalarni qazib olishga, chorva mollar oʻtlatiladigan hamda qishloq xoʻjaligi hayvonlari haydab oʻtiladigan joylarni belgilashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda yoʻl qoʻyiladi”.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin”;
2) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikohlanuvchi shaxslar ellik yoshdan oshgan boʻlsa, shuningdek ushbu Kodeks 13-moddasining beshinchi qismida koʻrsatilgan alohida hollar mavjud boʻlganda tibbiy koʻrikdan oʻz roziligi bilan oʻtkaziladi”;
3) 53-moddaning matni “jabrlanuvchi” degan soʻzdan keyin “(uning qonuniy vakillari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Voyaga yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvaragʻida jamlanadi va u voyaga yetganda toʻlanadi”;
“Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini koʻzlab yoʻl qoʻyiladi.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yoʻl qoʻyilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno”;
6) 155-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda aniqlanadi”;
“Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan boʻlishi kerak, shuningdek farzandlikka olish toʻgʻrisida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin.
Sud tomonidan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli”;
birinchi qismidagi “Farzandlikka olish toʻgʻrisida qaror chiqarilgandan keyin” degan soʻzlar “Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Farzandlikka oluvchilar bolaning tugʻilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida koʻrsatilgan boʻlsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak”;
10) 165-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini koʻzlab, bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining iltimosiga koʻra yoki, agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining iltimosiga koʻra saqlanib qolishi mumkin.
Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga koʻra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin”;
“171-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish tartibi
Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni hal qilishda oʻn yoshga toʻlgan bolaning fikri hisobga olinadi.
Sudning farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab sud uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi roʻyxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart”;
nomidagi “Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “Sud tomonidan farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 210-moddaning matnidagi “Tuman, shahar hokimining farzandlikka olish toʻgʻrisidagi qaroriga” degan soʻzlar “Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ruxsati oldindan olingan boʻlsagina Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi”.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi 678–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
1) 12-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqidagi arizani takroran koʻrib chiqishda mazkur guvohnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi 723–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 186-modda; 2010-yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda) 22-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
nomidagi “tibbiy buyumlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ruxsatisiz voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi 725–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega boʻlgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
radiochastota berish — radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada koʻrsatiladigan aniq radiochastota”;
“Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, ishlab chiqarish, loyihalash, qurish (oʻrnatish), olish (berish), olib kirish, ishlatish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazishda radiochastota spektridan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”;
4) 14-moddaning birinchi qismidagi “radiochastota spektridan foydalanish uchun ruxsatnoma” degan soʻzlar “radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) 39-moddasidagi “va mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 9, 414-modda; 2011-yil, № 12/2, 366-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 9-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ–328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda) 9-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi 71–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 142-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 9, 245-modda) 16-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
yettinchi qism quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Litsenziya daʼvogari litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya daʼvogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziya daʼvogarlarining arizalarini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya daʼvogarining arizasini takroran koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya daʼvogarining litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi”;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi 120–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 4, 98-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning toʻrtinchi xatboshisi “zararsizlantiruvchi” degan soʻzdan keyin “utilizatsiya qiluvchi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”;
2) 7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “manbalarini ishlatish” degan soʻzlar “manbalari muomalasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“10-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etishni, ular uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofaza qilish vositalarini yaratish va tayyorlashni;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olishni, ishlab chiqarishni, hosil qilishni, qayta ishlashni, ulardan foydalanishni, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatishni, ularni tashishni, zararsizlantirishni, utilizatsiya qilishni va koʻmib tashlashni”.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 215–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanayotgan shaxslar mazkur moddada nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi, shu jumladan biror-bir cheklovlarsiz xatlar yozish va olishga, posilkalar, banderollar va pul joʻnatmalari olishga, telefondan foydalanishga, eng zarur narsalarga ega boʻlish va ularni olishga, oʻz kiyim-boshidan foydalanishga haqli”;
2) quyidagi mazmundagi 121, 122 va 123-moddalar bilan toʻldirilsin:
“121-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan shaxsni davolash
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga sudning hal qiluv qarori asosida gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi kerak.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoxud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
122-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishi muddatlari
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanadi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda turgan shaxs oʻzining mazkur muassasadan chiqarilishi yoki ushbu muassasada yotishi muddati uzaytirilishi masalasi hal etilishi uchun oʻzidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi nuqtai nazaridan har oyda kamida bir marta belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida sudga beriladi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkin.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlgan shaxs mazkur muassasadan quyidagilar asosida chiqarilishi kerak:
oʻzidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi barqaror ravishda tugagan taqdirda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tibbiy komissiyasining xulosasi;
sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlgan shaxs mazkur muassasadan chiqarilganidan keyin yashash joyida dispanser kuzatuvida boʻlish va davolanishni davom ettirish uchun yuboriladi.
123-modda. Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini ijro etish
Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini ijro etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222–II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda) 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash.
Ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek sovuq qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat.
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilib tashlash, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvand moddalari boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish.
Veterinariya faoliyati.
Tibbiy faoliyat.
Farmatsevtika faoliyati.
Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari orqali taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish.
Aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat koʻrsatish.
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish.
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno.
Etil spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish.
Bank faoliyati.
Banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish.
Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish.
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat.
Baholash faoliyati.
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati.
Auditorlik faoliyati.
Lombardlar faoliyati.
Lotereyalar tashkil etish.
Advokatlik faoliyati.
Bojxona omborini taʼsis etish.
Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish.
Bojxona rejimida omborxona taʼsis etish — “erkin omborxona”.
Geodeziya va kartografiya faoliyati.
Noshirlik faoliyati.
Nodavlat taʼlim muassasalarining faoliyati.
Diniy taʼlim muassasalarining faoliyati.
Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish.
Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, realizatsiya qilish, prokatga berish.
Fonogrammalarni tayyorlash.
Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish.
Toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish.
Birja faoliyati.
Turizm faoliyati.
Ulgurji savdo.
Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moddiy madaniy meros obyektlarini asrash boʻyicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berish”;
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi 358–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 12, 467-modda; 2012-yil, № 4, 107-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning uchinchi qismi “bundan “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi hamda “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etish mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishni oʻtkazish uchun berilgan arizani takroran koʻrib chiqishda ushbu qayta tashkil etishni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishni oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–53-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 495-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 11-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan va ularda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin”.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–155-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda) 18-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismdagi “maxsus vakolatli davlat organining va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi lozim. Sugʻurtalovchining majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻziga oʻtkazilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan, bajarilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab boʻlmasligi kerak”.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ–163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 16-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishuvga binoan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“emitent tomonidan yirik bitimlar va manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzilganligi”.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar toʻgʻrisida”gi OʻRQ–177-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 16-aprelda qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–210-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 137-modda) 23-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–225-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 339-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–301-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ–327-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda) 21-moddasining ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
47-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
48-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 23-moddasining 3—24-bandlari 2013-yilning 1-iyunidan eʼtiboran amalga kiritiladi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2013-yil 1-maydagi 83-84 (5757-5758)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-aprel,
OʻRQ-352-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 233-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son, 26.11.2021-y., 03/21/731/1095-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son, 08.06.2022-y., 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son, 03/22/776/0498, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 08.08.2024-y., 03/24/939/0595-son; 08.08.2024-y., 03/24/940/0596-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)