1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin hamda ular 2013-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Taʼlim muassasalarining pedagog xodimlariga ustamalar belgilash bilan bogʻliq xarajatlar 2013/2014 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida “Maorif” tarmogʻi boʻyicha nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-aprel,
109-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “taʼlim sohalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“3. Taʼlim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-oʻqituvchilari va oʻqituvchilariga qishloq joylarda joylashgan taʼlim muassasalarida – lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 30 foizi miqdorida, qolgan taʼlim muassasalarida – bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15 foizi miqdorida oylik ustamalar belgilanadi, bunda quyidagilar majburiydir:
asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur boʻyicha belgilangan tartibda malaka oshirish;
tegishli taʼlim muassasasida pedagogik faoliyat olib borish uchun zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash boʻyicha Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlaridan oʻtish. Test sinovlarini oʻtkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi;
malaka oshirish toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi”;
v) quyidagi mazmundagi 4-band qoʻshilsin:
“4. Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tarkibiga (chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maxsus fanlari oʻqituvchilari bundan mustasno), shu jumladan mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi professor-oʻqituvchilar tarkibiga chet tilida ayrim maxsus oʻquv fanlarini oʻqitganlik uchun fanni oʻqitish kursining davomiyligiga va chet tilini oʻqitish kasb mahoratiga qarab budjet mablagʻlari hisobiga ularning lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorining) 25 foizidan 40 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustamalar belgilanadi.
Shtatdagi professor-oʻqituvchilar tarkibi uchun chet tilida oʻquv fanini oʻqitish kursining davomiyligi bir semestrda kamida 36 soatni tashkil etishi kerak.
Professor-oʻqituvchilar tarkibining lavozim maoshlariga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ustamalar tegishli fakultetlarning dekanlari taqdimnomalari boʻyicha oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) tomonidan belgilanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 16-son, 218-modda)