1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQ TAʼLIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASH SHARTLARINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 28-sentabrdagi Farmonini bajarish va xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1.1994-yilning 1-oktabridan boshlab umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va rahbarlari uchun mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha hozir amalda boʻlganga nisbatan bir razryadga oshirilgan lavozim maoshlarining yangi miqdorlari joriy qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
2. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab xalq taʼlimi xodimlari uchun hozir amalda boʻlgan ustamalar va qoʻshimcha haqlarning ish haqiga nisbatan foiz ifodasida tabaqalashtirilgan yangi miqdorlari belgilansin. Shu maqsadda:
taʼlim sohalari xodimlari lavozimlari, qoʻshimcha haqlar turlari va miqdorlarining roʻyxati 1—3-ilovalarga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)
3. Tasarrufida oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar ish haqining oshirilgan miqdorlarining shu jumladan ustamalar va qoʻshimcha haqlarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatilgan maqsadlar uchun budjetdan zarur mablagʻlar ajratsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari S. S. Saidqosimov va B. S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 29-sentabr,
490-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 1-ILOVA
Xalq taʼlimi muassasalarining qoʻshimcha haq toʻlanadigan xodimlarining lavozimlari roʻyxati, qoʻshimcha haqning
turlari va miqdorlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
6. Oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga (hunar-texnika oʻquv yurtlarining umumtaʼlim predmetlari oʻqituvchilaridan tashqari) oʻquv kabinetlari va laboratoriyalariga mudirligi, sikl, predmet va uslubiy komissiyalarga rahbarligi uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida;
oʻquv-kurs kabinetlari (oʻquv punktlari), kurslar oʻqituvchilariga — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
7. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga kechki, sirtqi boʻlimlarga, mutaxassislik (bitta yoki bir necha turdosh) boʻyicha boʻlimga mudirligi uchun boʻlimda:
100 dan 125 nafargacha oʻquvchi boʻlganda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7,1 foizi;
126 dan 150 nafargacha oʻquvchi boʻlganda — 8,8 foizi;
151 dan 200 gacha oʻquvchi boʻlganda — 10,6 foizi miqdorida.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Sanʼat xodimlari tayyorlash boʻyicha oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining hamda pedagogika bilim yurtlarining musiqa boʻlimlari oʻqituvchilariga — boʻlimga mudirligi uchun — boʻlimda:
50 dan 100 nafargacha oʻquvchi boʻlganda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7,1 foizi;
100 nafardan ortiq oʻquvchi boʻlganda — 10,6 foizi miqdorida.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(9—11-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
12. Yotoqxonalari boʻlgan oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlarining direktorlariga hamda tarbiya (oʻquv-tarbiya) ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlariga qoʻshimcha haq ularda:
200 gacha oʻquvchi yashaganda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,3 foizi;
200 dan — 400 gacha oʻquvchi yashaganda — 7,1 foizi;
400 dan koʻp oʻquvchi yashaganda — 28,1 foizi miqdorida toʻlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(13—14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
15. Direktor lavozimi nazarda tutilmaydigan, 80 nafargacha shaharlarda va ishchi shaharchalarida 100 nafargacha) oʻquvchi boʻlgan kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida, yetti yillik musiqa maktablarida hamda badiiy maktablarda, boshlangʻich maktablarda maktabga (sinflarga) rahbarlik uchun, kunduzgi umumtaʼlim maktablari huzuridagi oʻqitishning kunduzgi-sirtqi shakllaridagi sinflarga rahbarlik uchun oʻqituvchilardan bittasiga qoʻshimcha haq:
boshlangʻich maktablarda oʻquvchilar:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
160 nafargacha boʻlganda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida;
161 dan 240 nafargacha boʻlganda — 7,1 foizi miqdorida;
kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida va kunduzgi umumiy taʼlim maktablari huzuridagi oʻqish kunduzgi-sirtqi shaklda boʻlgan sinflarda oʻquvchilar soni:
60 nafargacha boʻlsa — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,3 foizi;
61 dan 80 nafargacha (shaharlarda va ishchilar shaharchalarida 100 gacha) boʻlsa — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7,1 foizi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
oʻquvchilar soni 50 nafargacha boʻlgan yetti yillik musiqa maktablarida va badiiy maktablarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida toʻlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
16. Oʻquvchilar soni 150 dan 200 nafargacha boʻlgan hamda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi belgilanmaydigan yetti yillik musiqa maktablari va badiiy maktablarda oʻquv ishlariga rahbarlik qiluvchi oʻqituvchiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdoricha qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
17. Umumtaʼlim maktabi direktorining (direktor lavozimi nazarda tutilmagan boshlangʻich sinflar oʻqituvchisining) lavozim maoshiga maktab huzuridagi internatga mudirlik qilganligi uchun tarbiyalanuvchilar soniga qarab:
tarbiyalanuvchilar 20 nafargacha boʻlsa — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining — 3,6 foizi miqdorida;
21 dan 40 nafargacha boʻlsa — 5,3 foizi miqdorida;
41 dan 75 nafargacha boʻlsa — 7,1 foizi miqdorida;
76 dan 120 nafargacha boʻlsa — 8,8 foizi miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
18. Maktablarning sirtqi boʻlimlarining, sirtqi maktablarning, oʻqitish kunduzgi-sirtqi shaklda olib boriladigan kechki (navbatli) oʻrta umumiy taʼlim maktablarining oʻquv-maslahat punktlariga mudirlik qilganlik uchun oʻquv-maslahat punktlarida sirtdan oʻquvchilar soni:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
30 dan 60 nafargacha boʻlsa — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorda (qoʻshimcha haq faqat qishloq joylardagi punktlarda beriladi);
61 dan 100 nafargacha boʻlsa — 5,3 foizi miqdorida;
101 dan 200 nafargacha boʻlsa (faqat sirtqi boʻlimlar va sirtqi maktablar punktlarida) — 7,1 foizi miqdorida qoʻshimcha haq beriladi;
koʻr va yaxshi koʻrmaydigan, kar va yaxshi eshitmaydigan oʻquvchilar uchun — oʻquv — maslahat punktlarida sirtdan oʻquvchilar 15 dan 60 nafargacha boʻlsa — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida;
sirtdan oʻquvchilar 61 dan 100 nafargacha boʻlsa — 5,3 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
19. Boʻlimga rahbarlik qiluvchi (boʻlimning ixtiyorida bir ixtisoslikdagi kamida 10 ta toʻgarak mavjud boʻlsa) maktabdan tashqari muassasaning toʻgarak rahbariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida haq toʻlanadi. Boʻlimda mudir lavozimi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
21. Kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida va maktablar huzuridagi internatlarda (ularda xoʻjalik mudiri lavozimi nazarda tutilmagan hollarda) xoʻjalik ishlari boʻlimi boʻyicha direktorlarning yordamchilariga yoki xoʻjalik mudirlariga va (shtatda bu lavozimlar mavjud boʻlmaganda) umumtaʼlim maktablarining boshqa xodimlariga xoʻjalikni yuritganliklari uchun kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida sinflar soni:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
10 dan 20 tagacha boʻlsa — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida;
20 dan koʻp boʻlsa — 10,6 foizi miqdorida;
umumtaʼlim maktablari huzuridagi maktablarda, oʻrta musiqa va badiiy maktablarda tarbiyalanuvchilar soni:
40 dan 120 nafargacha boʻlsa — 5,3 foizi miqdorida;
120 nafardan koʻp boʻlganda — 7,1 foizi miqdorida qoʻshimcha beriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
23. Maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shugʻullanganliklari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 8 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
24. Yordamchi xoʻjalikka ega boʻlgan barcha tur va nomdagi maktab-internatlar va bolalar uylari direktorlariga hamda direktorlarning yordamchilariga, (oʻrinbosarlariga) (xoʻjalik mudirlariga) shuningdek, oʻquv xoʻjaligiga ega boʻlgan hunar-texnika oʻquv yurtlarining direktorlariga, oʻquv-ishlab chiqarish ishi boʻyicha direktorlarning oʻrinbosarlariga, katta masterlarga yordamchi (oʻquv) xoʻjaligiga rahbarlik qilganliklari uchun yuqori tashkilotlarining qarori bilan yordamchi (oʻquv) xoʻjaliklari oʻz faoliyatlaridan oladigan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha haq belgilanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
25. Kunduzgi oʻrta maktablarning ayni bir vaqtda kechki (navbatli) umumtaʼlim maktablarining fizika va kimyo kabinetlari laboranti vazifasini bajaruvchi laborantlariga, agar kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida 10 va undan ortiq sinf mavjud boʻlishi hamda shtatda laborant lavozimi nazarda tutilgan boʻlishi sharti bilan har bir kabinet uchun har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
26. “Xizmat koʻrsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
27. Mazkur ilova bilan oʻrta umumiy taʼlim maktablarining oʻqituvchilari uchun nazarda tutilgan qoʻshimcha haq gimnaziyalar va litseylarning oʻqituvchilariga joriy etiladi, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlarining oʻqituvchilari uchun nazarda tutilgan qoʻshimcha haq esa kollejlar, hunar litseylari, oliy hunar va texnika oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ILOVA
Maxsus taʼlim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qoʻshimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
I. Taʼlim-tarbiya jarayoni bilan bevosita shugʻullanuvchi rahbar xodimlar, pedagogik xodimlar (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining tarbiyachilari bundan mustasno), ruhshunoslar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, mehnat taʼlimi instruktorlari va tarbiyachilarning yordamchilari stavkalari hamda lavozim maoshlariga quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha toʻlovlar belgilanadi:
(I-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
a) umumiy turdagi maktab-internatlarda — oyiga 15 foiz;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
b) iqtidorli bolalar gimnaziyalari, kollejlari, maktab-internatlari (sinflari, guruhlari)da (bunday sinflar kamida 50 foizni tashkil qilsa, rahbar xodimlar uchun) — oyiga 20 foiz;
v) litseylar (sinflar, guruhlar)da — umumtaʼlim maktablari va hunar-texnika oʻquv yurtlaridagi xuddi shunday xodimlarga nisbatan 20 foiz, litsey-internatlar va yotoqxonasi boʻlgan litseylarda shu toifadagi maktab-internatlar va hunar oʻrgatuvchi litseylar xodimlariga nisbatan (bunday sinflar, guruhlar kamida 50 foizni tashkil qilsa, rahbar xodimlar uchun) — 50 foiz;
LexUZ sharhi
“v” kichik bandining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-avgustdagi 327-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
g) jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan, alohida tarbiya sharoitlariga yoki uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar va oʻsmirlar ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (shu jumladan, bunday bolalarni yakka tartibda oʻqitganda) maktablari, maktab-internatlari, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida; balogʻatga yetmaganlarni qabul qilish-taqsimlash joylari va mehnat-tarbiya koloniyalarida; axloq tuzatish-mehnat muassasalari huzuridagi maktablarda; oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, bolalar uylari, uy-internatlar, musiqa taʼlimi beruvchi maktablar (maktab-internatlar), yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar maktab-internatlarida; ichki ishlar organlari bolalar xonalari tomonidan yuboriladigan tarbiyasi qiyin bolalar uchun tashkil etiladigan maktabdan tashqari muassasalarda; bolalar uylarida; maxsus sogʻliqni saqlash muassasalaridagi pedagog xodimlarga; bolalar kasalxonalari (boʻlinmalari) sanatoriylari va shu kabilarda — oyiga 50 foiz.
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Izohlar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
Maxsus maqsadli (alohida rejimli) sinflari va guruhlari boʻlgan Umumiy maqsaddagi muassasalarda ish haqi stavkasi (lavozim maoshi)ga qoʻshimcha toʻlov faqat ana shunday sinflar (guruhlar)da ishlangan vaqt uchungina, rahbar xodimlarga esa — koʻrsatilgan sinflar yoki guruhlar muassasada kamida 50 — foizni tashkil qilgandagina toʻlanadi.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
Yetim bolalar, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun alohida guruhlar (sinflar) tashkil etilgan umumiy turdagi yoki maxsus maqsadli maktablar va maktab-internatlar xodimlariga koʻrsatilgan toʻlovlar toʻlanmaydi.
(1-band izohlarining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
d) jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan, uzoq muddatli davolanishga muhtoj boʻlgan; ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar kontingent boʻlgan bolalar uylarida, bolalar uy-internatlarida, yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar maktab-internatlarida, bolalar uylari (sinflari guruhlari) da — oyiga 60 foiz.
(1-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
II. I-bandning “g” kichik bandida koʻrsatilgan muassasalar (yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar muassasalari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlardan tashqari) oʻzlarining shu xususiyatlari boʻyicha ushbu muassasalarning oʻquvchilari yoki tarbiyalanuvchilari bilan bevosita muloqotda boʻladigan boshqa xodimlariga qoʻshimcha haqlar lavozim maoshining 35-50 foizi miqdorida belgilanadi.
(II-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Lavozim maoshining 35-50 foizi miqdorida qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin boʻlgan xodimlarning aniq roʻyxati va ushbu qoʻshimcha haqlarining miqdorlari, kasaba uyushmalari bilan kelishgan holda jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan, uzoq muddat davolanishga yoki alohida sharoitlarda tarbiyalanishga muhtoj boʻlgan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) bilan munosabatda boʻlish darajasi va davom etishiga qarab muassasalarning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
III. I-bandda sanab oʻtilmagan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uylari va maktab-internatlarning xodimlariga qoʻshimcha haq 50 foiz miqdorida belgilanadi, ota-onalar qarovisiz qolgan, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalari boʻlgan bolalar uylarida, yetim bolalar maktab-internatlarida esa — oyiga 60 foiz miqdorida belgilanadi.
(IV band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Izohlar:
1. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiya muassasalariga:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
eshitish qobiliyati yomonlashgan (kar-soqov), zaif eshituvchi, koʻr, (koʻr-kar), zaif koʻruvchi, gʻilay va ambliopiya, nutqi zaif; tayanch-harakat aʼzosida nuqsoni boʻlgan, paralich va boshqa kasalliklar bilan ogʻrigan tarbiyalanuvchi oʻquvchilar uchun maktablar, maktab — internatlar, bolalar uylari, hunar-texnika oʻquv yurtlari (sinflar, guruhlar); Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi nogironligi boʻlgan bolalar uchun logopedik boʻlimlar, muassasalar kiradi.
(1-kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
2. Aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiya muassasalariga: aqlan zaif, koʻr va aqlan zaif, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan, tafakkurida nuqsoni boʻlganlar uchun moʻljallangan maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi shunday bolalar muassasalari kiradi.
(2-kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
3. Uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar oʻquv-tarbiya muassasalariga: ruhiy asab kasalliklariga (psixonevrotika), sil kasalligi va uning shakllariga, yurak-tomir tizimi kasalliklari, markaziy asab tizimining buzilishiga, ruhiy nuqsoni boʻlgan; yuqumli gepatit bilan ogʻrigan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) uchun; skolioz kasalligiga chalingan bolalar uchun moʻljallangan hunar-texnika oʻquv yurtlari, maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); sogʻliqni saqlash muassasalari; ixtisoslashtirilgan bolalar uylari, bolalar kasalxonalari (boʻlimlari), sanatoriylar va boshqalar kiradi.
(3-kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
4. Uyda quyidagi surunkali kasalliklarga chalingan bolalar yakka tartibda oʻqitiladi: suyak sili, poliomiyelit, serebral spatik paralich, Littil kasalligi, psixopat, tutqanoq va boshqa kasalliklar kasal boʻlgan bolalar, faqat tegishli tibbiyot xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda; bolalar kasalxonalari (klinikalari) da va kasalxonalarning bolalar boʻlimida uzoq muddat davolanishda boʻlgan bolalar uchun yakka tartibdagi yoki guruhli oʻqitish.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 3-ILOVA
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
2. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, shifokorlar malakasini oshirish institutlari va tibbiyot fakultetlarining professor-oʻqituvchilariga sogʻliqni saqlash idoralarining klinikalari va klinik baza boʻlgan boshqa muassasalarida davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
kafedra mudirlari, professorlar va dotsentlarga — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;
assistentlarga — lavozim maoshining 25 foizi miqdorida.
Shu toifadagi xodimlarga — bemorlarni operatsiya qiluvchi jarrohlarga, operativ faoliyatni, reanimatsiya tadbirlarini va jadal terapiya usullarini qoʻllovchi anesteziolog va reanimatologlarga, davolash tadbirlarini amalga oshiruvchi endoskopchilarga qoʻshimcha toʻlovlar ularning lavozim maoshining 25 va 30 foizi miqdorida belgilanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
3. Taʼlim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-oʻqituvchilari va oʻqituvchilariga qishloq joylarda joylashgan taʼlim muassasalarida — lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 30 foizi miqdorida, qolgan taʼlim muassasalarida — bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15 foizi miqdorida oylik ustamalar belgilanadi, bunda quyidagilar majburiydir:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur boʻyicha belgilangan tartibda malaka oshirish;
tegishli taʼlim muassasasida pedagogik faoliyat olib borish uchun zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash boʻyicha Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlaridan oʻtish. Test sinovlarini oʻtkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi;
malaka oshirish toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
4. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy taʼlim muassasalarida xorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar tarkibiga (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maxsus fanlari oʻqituvchilari bundan mustasno), shu jumladan, mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadigan professor-oʻqituvchilar tarkibiga chet tilida ayrim maxsus oʻquv fanlarini oʻqitganlik uchun fanni oʻqitish kursining davomiyligiga va chet tilini oʻqitish kasb mahoratiga qarab, budjet mablagʻlari hisobidan ularning lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorining) 25 foizidan 100 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustamalar belgilanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Shtatdagi professor-oʻqituvchilar tarkibi uchun chet tilida oʻquv fanini oʻqitish kursining davomiyligi bir semestrda kamida 36 soatni tashkil etishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Professor-oʻqituvchilar tarkibining lavozim maoshlariga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ustamalar tegishli fakultetlarning dekanlari taqdimnomalari boʻyicha oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)