1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2014-5]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-mart,
7/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-martdagi 7/3-son qaroriga ILOVA
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 28-banddan “, kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 67-banddagi “Markaziy bankning Kredit tashkilotlari va kredit byurolarini roʻyxatga olish va litsenziyalash komissiyasiga” degan soʻzlar “Kredit tashkilotlari, kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda banklar va kredit byurolarini roʻyxatga olish komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 105-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kredit tashkilotlari va kredit byurolarini roʻyxatga olish va litsenziyalash komissiyasi” degan soʻzlar “Kredit tashkilotlari, kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda banklar va kredit byurolarini roʻyxatga olish komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 209-modda)