Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash, sud xodimlarining ijtimoiy muhofazasi kafolatlarini kuchaytirish, sudlarning moddiy-texnika taʼminoti darajasini oshirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsinlar hamda ikki oy muddatda ularni tegishli binolar bilan taʼminlasinlar.
2. Yangi tashkil etilayotgan sudlarni uskunalar, avtotransport, mebel, zamonaviy texnika bilan taʼminlashga aloqador sarf-xarajatlar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning yangi ajratilgan lavozim birliklarini moddiy taʼminlash hamda 2001-yildan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni moliyalash uchun zarur mablagʻlar ajratishni koʻzda tutsin.
4. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda sudlarni zarur telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklansin.