1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2439]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1, 2019-04-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439-7, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha 11-ilovaga muvofiq;
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2012-yil uchun soliq hisoboti 2012-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 2011-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 238-modda).
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-mart,
23-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-mart,
2013-8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-(I)-son, 162-modda; 2014-y., 24-son, 300-modda; 2015-y., 4 va 4 (I)-son, 49-modda; 2016-y., 16-son, 171-modda; 2017-y., 11-son, 178-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 10/17/2439-5/0335-son, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)