toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 21-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2439-7]
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
1-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
2019-04-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1 va 2019-04-son qaroriga
ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12 (I)-son, 162-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-maydagi 34, 2014-19-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439-1, 2014-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 24-son, 300-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 93, 2015-1-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439-2, 2015-yil 28-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 4 (I)-son, 49-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 25-martdagi 19, 2016-13-son “Soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439-3, 2016-yil 21-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 16-son, 171-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16, 2017-07-son “Soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439-4, 2017-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 178-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 20-noyabrdagi 160, 2017-62-son “Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari bo‘yicha soliq hisoboti shakllariga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439-5, 2017-yil 29-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 48-son, 1189-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 2018-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 34-son, 702-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/2439-7/2516-son)