toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.03.2013
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI
SOLIQ HISOBOTINING ShAKLLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-yanvarda 1760-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2439, 22.03.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Quyidagi soliq hisobotining shakllari tasdiqlansin:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq;
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq;
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq;
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
aksiz solig‘i bo‘yicha 4-ilovaga muvofiq;
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi bo‘yicha 5-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha 6-ilovaga muvofiq;
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha 7-ilovaga muvofiq;
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha 8-ilovaga muvofiq;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha 9-ilovaga muvofiq;
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha 10-ilovaga muvofiq;
yagona ijtimoiy to‘lov, fuqarolarning sug‘urta badallari va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha 11-ilovaga muvofiq;
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha 12-ilovaga muvofiq;
(12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
budjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha 13-ilovaga muvofiq;
(1-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
davlat boji bo‘yicha 14-ilovaga muvofiq;
yagona soliq to‘lovi bo‘yicha 15-ilovaga muvofiq;
(15-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
yagona yer solig‘i bo‘yicha 16-ilovaga muvofiq;
(16-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha 17-ilovaga muvofiq;
bozorlar bo‘yicha 18-ilovaga muvofiq;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar bo‘yicha 19-ilovaga muvofiq.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) muvofiq o‘n to‘qqizinchi, yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
2. 2007-yil uchun soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar 2007-yilda amalda bo‘lgan tartib va shakllarda taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
111-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
2007-66-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda; 2011-y., 22-23-son, 238-modda)