1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.03.00 (Кучини йукотган) Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.07.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar;
6.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
7.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekistonda oʻzbek-xitoy sanoat parkini barpo etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi memorandumga muvofiq:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining Jizzax viloyatida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida filiali boʻlgan “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Jizzax” EIZ) deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Jizzax” MIZ tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini taʼminlasin.
“Jizzax” EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Jizzax viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashining bevosita tasarrufida boʻladi;
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “Jizzax” EIZ filiali tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Sirdaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashining bevosita tasarrufida boʻladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.07 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslarning daromadlarining soliq hisobi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
“Jizzax” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
“Jizzax” EIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
“Jizzax” EIZ qatnashchisi maqomi “Jizzax” tegishli viloyat Maʼmuriy kengashining qarori bilan beriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son)
Jizzax” EIZda roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik subyektlariga nisbatan soliq toʻlovchining holatini yomonlashtiradigan Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi aktlari qoʻllanilmaydi, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi aktlar bundan mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
6. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi tegishli viloyat Maʼmuriy kengashining qarorlari boʻyicha belgilangan tartibda “Jizzax” EIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni taʼminlasin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son)
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Jizzax” EIZda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi boʻlinmalari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini taʼminlaydilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jizzax” EIZga ajratiladigan hududlarga budjet mablagʻlari va boshqa ichki moliyalash manbalari hisobidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va yanada rivojlantirishni taʼminlasin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzavtoyoʻl” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Jizzax” MIZ Direksiyasini tashkil etsin va “Jizzax” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin, unda “Jizzax” maxsus industrial zonasi toʻgʻrisidagi Nizom hamda “Jizzax” maxsus industrial zonasi Maʼmuriy kengashi haqidagi Nizomni tasdiqlash nazarda tutilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Vazirlik tarkibidagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish boshqarmasining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari sonini 2 nafar shtat birligiga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-mart,
PF-4516-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 151-modda; 2017-y., 12-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 06/18/5412/1061-son, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)