1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2013-yil 18-martdagi PF-4516-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 12-modda)
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining Ustavi 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
2. Boshqaruv xodimlari soni 5 nafar va 5-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega boʻlgan “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Jizzax” EIZ direksiyasi deb ataladi) davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Jizzax viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashiga (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengash) “Jizzax” EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni koʻpayishiga qarab “Jizzax” EIZ direksiyasi tuzilmasiga va xodimlari soniga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
3. Belgilansinki, “Jizzax” EIZ direksiyasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼsis etiladi;
“Jizzax” EIZ budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Jizzax viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq “Jizzax” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
investorlar bilan “Jizzax” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, Maʼmuriy kengashning qarorlariga muvofiq davlat mulkini nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida “Jizzax” EIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning investorlar tomonidan zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etadi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
“Jizzax” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-2014-yillar davrida “Jizzax” MIZ direksiyasi taʼminoti uchun, keyingi yillarda uning oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtishi sharti bilan, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
5. “Jizzax” EIZ direksiyasi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh. Rashidov shoh koʻchasi, 63-uy.
Jizzax viloyati hokimligi “Jizzax” EIZ direksiyasini koʻrsatilgan manzil boʻyicha xizmat xonalari bilan bepul taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 12-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-maydagi 130-son qaroriga 3-ILOVA
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
Ustavi
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
1. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga birkitilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, Muassis topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
toʻliq nomi — “Jizzax” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Jizzax” EIZ direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Djizak”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Djizak”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of the free economic zone “Jizzakh” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Jizzakh” SUC.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh. Rashidov shoh koʻchasi, 63-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya davlat boshqa korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
II. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
10. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Jizzax” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan “Jizzax” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Jizzax” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Jizzax” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Jizzax” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar va xizmatlarni bajarishdan foyda olish Direksiya faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Jizzax” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
“Jizzax” EIZ hududida “Jizzax” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Jizzax viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Jizzax” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Jizzax” EIZ qatnashchilari bilan faoliyat koʻrsatmay turgan tashkilotlarni va davlat mulki boʻlgan mol-mulkni nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
Jizzax” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Maʼmuriy kengash qarorlari va “Jizzax” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi boʻyicha maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
“Jizzax” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
“Jizzax” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiya, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
“Jizzax” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Jizzax” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
13. Direksiya Muassisga va Jizzax viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashiga (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengash) hisobot beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitishuvlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlish.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“Jizzax” EIZ mustaqil budjeti va “Jizzax” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni maʼmuriy kengashning vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Jizzax” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi uslublarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va toʻxtatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 68-moddasi.
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Jizzax” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Jizzax” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
25. Direksiyaning ustav fondi “Jizzax” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mulklar va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
V. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
VI. Direksiya mulkini tasarruf etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
VII. Daromadlarni shakllantirish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
davlat mulki boʻlgan va “Jizzax” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
VIII. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
IX. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
34. Direksiyada qoladigan sof foyda barcha soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek davlat korxonasining sof foydasidan davlat budjetiga Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ajratmalar toʻlangandan keyin Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga homiylik yordami koʻrsatishga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
X. Hisobotlar taqdim etish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
XI. Direksiyaning javobgarligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
XII. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-maydagi 130-son qaroriga 5-ILOVA
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
* Jizzax viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi tomonidan “Jizzax” EIZ Direksiyasi sektorlari boshqaruv xodimlarining soniga “Jizzax” EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar koʻpayishiga qarab oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(5-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 256-modda; 2017-y., 1-son, 12-modda, 13-son, 207-modda, 15-son, 252-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)