Oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2431]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-avgustdagi 489-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
1. Oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-dekabr,
508-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrug‘iga ILOVA
Oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Mazkur Nizom oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) o‘qitishning to‘lov-kontrakt (bundan buyon matnda kontrakt deb yuritiladi) shaklini belgilash va undan kelib tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ta’lim tashkilotlariga tatbiq etiladi.
Mazkur Nizom oliy ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimiga hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga, shuningdek harbiy ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
2. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, ta’lim tashkilotlariga kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (bundan buyon matnda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
3. Xorijiy fuqarolarni ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kontrakt asosida amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Xorijiy fuqarolarni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 5-2017-sonli buyrug‘iga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan (ro‘yxat raqami 2431-1, 13.10.2017-y.) — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
4. Oliy ta’lim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan kontrakt asosida amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
II bob. Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qitish uchun kontraktning rasmiylashtirilishi
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
5. Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qitish uchun kontrakt ikki yoki uch tomonlama rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lib, uning taraflari quyidagilar hisoblanadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
ikki tomonlama kontraktda: bir tomondan — oliy ta’lim tashkilotining vakolatli shaxsi, ikkinchi tomondan — abituriyent yoki talaba yoxud ularning ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
uch tomonlama kontraktda: bir tomondan — oliy ta’lim tashkilotining vakolatli shaxsi, ikkinchi tomondan — yuridik yoki jismoniy shaxs (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi), uchinchi tomondan — abituriyent yoki talaba yoxud ularning ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar).
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Kontraktlar har bir taraf uchun bir nusxadan rasmiylashtiriladi.
6. Kontraktda shartnomaning bajarilish muddatlari, hisob-kitob qilish tartibi, taraflarning huquqlari va majburiyatlari, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflar uchun vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar, nizolarni hal etish tartibi hamda taraflarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy hamda boshqa muhim shartlar nazarda tutilishi lozim.
7. Kontraktlar Davlat komissiyasining abituriyentlarni kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori (bundan buyon matnda Davlat komissiyasining qarori deb yuritiladi) qabul qilinganidan so‘ng rasmiylashtiriladi.
8. Davlat komissiyasining qaroriga asosan talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni mazkur Nizomda belgilangan tartibda kontraktda nazarda tutilgan tegishli to‘lovlar amalga oshirilguniga qadar yoki abituriyentlarni talabalikka qabul qilish bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining buyrug‘i qabul qilingunga qadar oliy ta’lim tashkilotining tegishli buyrug‘iga asosan darslarda qatnashib turishiga ruxsat etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
9. Tegishli komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda o‘qishini ko‘chirishga yoki qayta tiklashga tavsiya etilgan talabalarni ham mazkur Nizomda belgilangan tartibda kontraktda nazarda tutilgan tegishli to‘lovlar amalga oshirilguniga qadar oliy ta’lim tashkilotining tegishli buyrug‘iga asosan darslarda qatnashib turishiga ruxsat etiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
10. Taraflar o‘rtasida tuzilgan kontraktga muvofiq to‘lovni amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi bank to‘lov topshiriqnomasi yoki kvitansiyasi nusxasi, shuningdek to‘lovlarning oliy ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga kelib tushganligi asosida abituriyentni yoki tegishli komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda o‘qishini ko‘chirishga yoxud qayta tiklashga tavsiya etilgan talabalarni oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
11. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, o‘quv yili davomida Davlat komissiyasining qarori qo‘shimcha ravishda chiqarilganda yoki Davlat komissiyasi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilganda, abituriyentni yoki belgilangan tartibda o‘qishini ko‘chirishga yoxud qayta tiklashga tavsiya etilgan talabalarni oliy ta’lim tashkilotiga talabalikka qabul qilish to‘g‘risidagi tegishli buyruqni chiqarish muddati ham uzaytirilishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
III bob. Oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori va uni amalga oshirilishi
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
12. Oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori bilim sohalari, soha va ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda) va ta’lim bosqichlari (bakalavriat, magistratura, ikkinchi va undan keyingi ta’lim) bo‘yicha alohida, har o‘quv yili uchun belgilanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
13. Oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 419-son “Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq belgilanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
14. Xorijiy fuqarolarni oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va ta’lim tashkilotlariga ega bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining taklifi asosida Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
15. Oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdorini belgilash bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
16. Bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdori quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda belgilanadi:
qabul kvotasi va bino-inshootlar quvvati o‘rtasidagi mutanosiblik;
ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim jarayoni xususiyatlari;
bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari;
17. Oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning yetishmaydigan qismi oliy ta’lim tashkilotlarini saqlashga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
18. Ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining, energiya resurslari, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarining narxlari va tariflari o‘zgarishi munosabati bilan kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori (qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bundan mustasno) o‘quv yili davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
19. O‘quv yili davomida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori o‘zgarganda oliy ta’lim tashkiloti tomonidan o‘qitish uchun to‘lov qayta hisob-kitob qilinadi va kontraktga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Bunda, qayta hisob-kitob faqatgina o‘quv yilining qolgan muddati uchun amalga oshiriladi.
Qayta hisob-kitob natijasida to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘, o‘qitish uchun to‘lovni oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan boshlab bir oy muddatda amalga oshirilishi lozim.
O‘qitishning to‘lov miqdori kamaytirilganda ortiqcha to‘langan mablag‘ keyingi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi yoki to‘lovni amalga oshirgan tarafning yozma murojaatiga ko‘ra qaytarib beriladi.
20. Oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qitish uchun belgilangan miqdordagi to‘lov o‘quv yilida to‘liq yoki qisman (biroq, birinchi to‘lov tegishli o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov miqdorining 25 foizidan kam bo‘lmagan holda) mazkur Nizomning 22-bandida yoki kontraktda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
21. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan moddiy yordam sifatida talabalarini o‘qitish uchun to‘lovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
22. Kontrakt asosida o‘qitish uchun to‘lov o‘quv yilining quyidagi muddatlarida:
belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizi — talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.
Bunda, Davlat komissiyasi tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan to‘lovlarni amalga oshirish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlarining birinchi o‘quv yili uchun kamida 50 foizini bajargandan so‘ng oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
23. Xorijiy fuqarolarni o‘qitish uchun belgilangan to‘lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq to‘lovlar chet el valyutasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
24. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, o‘quv yili davomida Davlat komissiyasining qarori qo‘shimcha ravishda chiqarilganda oliy ta’lim tashkilotlariga kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlardan o‘qitish uchun to‘lov faqat o‘quv yilining qolgan muddati uchun olinadi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Bunda, o‘quv yilining qolgan muddati sifatida oliy ta’lim tashkilotining abituriyentni darslarga qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi buyrug‘ida darslarga qatnashishi belgilangan oyning birinchi sanasidan o‘quv yilining oxirigacha bo‘lgan davr tushuniladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasining qarori hamda oliy ta’lim tashkilotining abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan sanadan qat’i nazar, to‘liq to‘lanadi. Bunda, stipendiya abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berilgan oyning birinchi sanasidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
25. O‘quv yilining qolgan muddati uchun to‘lov miqdori o‘quv yilining oxiriga qadar qolgan oylar sonini tegishli o‘quv yiliga tasdiqlangan o‘qitishning to‘lov miqdorining o‘n ikkidan bir qismiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
26. Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi o‘quv yili (qismlarga bo‘lib to‘langanda oxirgi o‘quv semestri) uchun to‘lov, to‘lovning belgilangan miqdoridan iyul va avgust oylari uchun to‘lanadigan stipendiya miqdorini chegirib qolish orqali amalga oshiriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Bunda, chegirib qolinadigan stipendiya miqdori kontrakt asosida o‘qitish uchun to‘lov miqdorining oxirgi belgilangan stipendiyaning miqdori 0,75 koeffitsiyenti qo‘llangan bazaviy miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2014-yil 17-iyundagi 2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 26-bandiga (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral)” rasmiy sharh.
27. Talaba o‘quv intizomini va oliy ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini buzganligi, bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi yoki o‘qitish uchun belgilangan miqdordagi to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi sababli talabalar safidan chetlashtirilganda yoxud belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmaganligi (akademik qarzdor bo‘lganligi) sababli kursdan qoldirilganda oliy ta’lim tashkiloti tomonidan uning tegishli o‘quv semestri uchun amalga oshirilgan to‘lovi qaytarib berilmaydi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Bunda, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar birinchi kursning birinchi semestri davomida talabalar safidan chetlashtirilganda ular tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning 50 foizi qaytarib berilmaydi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
28. Talaba quyidagi sabablarga ko‘ra talabalar safidan chetlashtirilganda oliy ta’lim tashkiloti tomonidan uning o‘qigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli o‘quv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan to‘lovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga ko‘ra qaytarib beriladi:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
Bunda, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar birinchi kursda talabalar safidan chetlashtirilganda qaytariladigan to‘lov miqdori o‘quv yilining oxiriga qadar qolgan oylar sonini tegishli o‘quv yiliga tasdiqlangan o‘qitishning qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining o‘n ikkidan bir qismiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi va kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga ko‘ra qaytarib beriladi.
(28-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
29. Talaba o‘quv yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq akademik ta’tilga chiqqan hollarda ham oliy ta’lim tashkiloti tomonidan uning o‘qigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli o‘quv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan to‘lovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga ko‘ra qaytarib beriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Bunda, o‘quv yili yoki semestri boshidan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan talabaning talabalar safidan chetlatilganligi yoki akademik ta’tilga chiqqanligi haqidagi buyruq chiqarilgan oyning oxirgi sanasigacha bo‘lgan davr, talabaning o‘qigan muddati hisoblanadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
30. O‘quv yili davomida o‘qishga qabul qilingan yoki qayta tiklangan talabalar, faqat o‘quv yili oxirigacha qolgan muddat uchun to‘lovlarni amalga oshiradi.
Bunda, to‘lovlar talabani o‘qishga qabul qilinganligi yoki qayta tiklaganligi munosabati bilan darslarga qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi buyruqda darslarga qatnashishi belgilangan oyning birinchi sanasidan o‘quv yili oxirigacha bo‘lgan davr uchun hisoblanadi va mazkur davrda o‘rnatilgan tartibda stipendiya to‘lanadi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 27-fevraldagi 4-2018-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-2, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/2431-2/0944-son)
Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba kursdan qoldirilganda to‘lov miqdori o‘qishi davom etadigan o‘quv semestri uchun amalga oshiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 5-2017-sonli buyrug‘iga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan (ro‘yxat raqami 2431-1, 13.10.2017-y.) — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
31. Har yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar oliy ta’lim tashkiloti tomonidan kontrakt asosida o‘qitishning belgilangan to‘lov miqdori talabalar e’tiboriga yetkazilishi lozim, to‘lov miqdori o‘zgarmagan hollar bundan mustasno.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
32. Oliy ta’lim tashkiloti bilan abituriyent yoki talabani kontrakt asosida o‘qitish uchun kontrakt tuzgan buyurtmachi belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda, kontrakt boshqa buyurtmachi bilan belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi mumkin.
Bunda, kontraktni qayta rasmiylashtirishga abituriyent yoki talabaning arizasi yoxud avval kontraktni rasmiylashtirgan buyurtmachining abituriyent yoki talabani o‘qitish uchun to‘lov qobiliyati yo‘qligi to‘g‘risida oliy ta’lim tashkilotiga qilingan yozma murojaati asos qilib olinadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
33. Budjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan yoki Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘qitish uchun to‘lovlarni amalga oshirilishi taqiqlanadi.
IV bob. O‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘larni oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan taqsimlanishi
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
34. O‘qitishning kontrakt shaklidan shu jumladan qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tushgan mablag‘lar oliy ta’lim tashkiloti daromadiga kiritiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida quyidagilarga sarflash uchun taqsimlanishi mumkin:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
oliy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarishdan ajralgan holda kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalariga (xorijiy talabalardan tashqari) stipendiyalar to‘lashga;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
oliy ta’lim tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga;
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
oliy ta’lim tashkilotlarida bino va inshootlarni saqlash hamda kommunal xizmatlar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga;
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
o‘quv-laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa bino va inshootlarni, asbob-uskunalarni joriy va kapital ta’mirlashga, oliy ta’lim tashkilotining hududini va atrofini obodonlashtirishga, shuningdek qurilish-tiklash ishlariga;
(34-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
o‘quv, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya jihozlari, yumshoq va qattiq inventarlar, mebellar, o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter texnikasi va ularning ehtiyot hamda butlovchi qismlarini, kerakli materiallarni va boshqalarni sotib olish hamda ta’mirlashga;
oliy ta’lim tashkiloti Axborot-resurs markazi (kutubxona) fondini to‘ldirishga;
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
“Ma’naviyat va ma’rifat” tadbirlari, “Universiada” va “Barkamol avlod” sport tadbirlari, “Nihol” ijodiy festivallarini o‘tkazishga;
xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va stajirovka o‘tashlariga;
(34-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari asosida vazirlik va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni amalga oshirishga;
oliy ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga (ustama, mukofot) va ularga moddiy yordam ko‘rsatishga;
(34-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida bir yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining olti barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la moddiy yordam ko‘rsatishga;
(34-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
oliy ta’lim tashkiloti faoliyatini amalga oshirishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xarajatlarni qoplashga.
(34-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
35. Xarajatlarni amalga oshirishda mablag‘lar birinchi navbatda stipendiya, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda energiya resurslari va kommunal xizmatlarning haqini to‘lash maqsadlariga yo‘naltiriladi.
36. Oliy ta’lim tashkilotlarining kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalariga stipendiyalar, ularni o‘qitish uchun to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin to‘lanadi. Bunda, stipendiya faqat o‘qitish uchun to‘lov amalga oshirilgan oylar uchungina beriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
37. Oliy ta’lim tashkilotlarining o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lari Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi tarkibiga kiritilmaydi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
38. O‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan va vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘lar oliy ta’lim tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy barqaror va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan banklarining depozit hisobvarag‘lariga tanlov asosida joylashtirilishi mumkin. Olingan foiz daromadlari oliy ta’lim tashkilotining o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lari daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladi hamda mazkur Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflash uchun taqsimlanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
39. Oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar va ular sarflanishining buxgalteriya hisobi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
40. Har yili oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitishning kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha kalendar yilga daromadlar va xarajatlar smetasi ishlab chiqilib tasdiqlanadi hamda bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik yoki idoraga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
41. Oliy ta’lim tashkilotlarining o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar, kalendar yil davomida o‘qitish uchun to‘lov miqdori, ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining, energiya resurslari, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarining narxlari hamda tariflari o‘zgarganda, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari takliflari asosida belgilangan tartibda kiritiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
42. Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
43. Oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlarning hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga (ro‘yxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
44. Oliy ta’lim tashkilotlari o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarining bajarilishi haqidagi choraklik va yillik hisobotlarni bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
V bob. O‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida o‘qitish uchun kontraktning rasmiylashtirilishi, to‘lov miqdori va uni amalga oshirilishi
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
45. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq professional ta’lim dasturlarida o‘quvchilar to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishlari mumkin.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
46. O‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
47. Xorijiy fuqarolarni o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda belgilanadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
48. Ish haqi miqdorining, energiya resurslari, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarining narxlari va tariflari o‘zgarishi munosabati bilan kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori o‘quv yili davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
49. O‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qitish uchun kontraktning rasmiylashtirilishi, to‘lov miqdori va uni amalga oshirilishi mazkur Nizomning 5—12, 15—17, 19, 20, 22—25 va 27—33-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
VI bob. O‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘larni o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari tomonidan taqsimlanishi
(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
50. O‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkiloti daromadiga kiritiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida quyidagilarga sarflash uchun taqsimlanishi mumkin:
(50-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga;
(50-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida bino va inshootlarni saqlash hamda kommunal xizmatlar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga;
(50-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
o‘quv-laboratoriya binolari hamda boshqa bino va inshootlarni, asbob-uskunalarni joriy va kapital ta’mirlashga, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotining hududini va atrofini obodonlashtirishga, shuningdek qurilish-tiklash ishlariga;
(50-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
o‘quv, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya jihozlari, yumshoq va qattiq inventarlar, mebellar, o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter texnikasi va ularning ehtiyot hamda butlovchi qismlarini, kerakli materiallarni va boshqalarni sotib olish hamda ta’mirlashga;
o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkiloti Axborot-resurs markazi (kutubxona) fondini to‘ldirishga;
(50-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
“Ma’naviyat va ma’rifat” tadbirlari, “Universiada” va “Barkamol avlod” sport tadbirlari, “Nihol” ijodiy festivallarini o‘tkazishga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari asosida vazirlik va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni amalga oshirishga;
o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga (ustama, mukofot) va ularga moddiy yordam ko‘rsatishga;
(50-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida bir yilda bir o‘quvchiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining olti barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la moddiy yordam ko‘rsatishga;
(50-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkiloti faoliyatini amalga oshirishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xarajatlarni qoplashga.
(50-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
51. Xarajatlarni amalga oshirishda mablag‘lar birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda energiya resurslari va kommunal xizmatlarning haqini to‘lash maqsadlariga yo‘naltiriladi.
52. O‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lari Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi tarkibiga kiritilmaydi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
53. O‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan va vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘lar o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy barqaror va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan banklarining depozit hisobvarag‘lariga tanlov asosida joylashtirilishi mumkin. Olingan foiz daromadlari o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotining o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lari daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladi hamda mazkur Nizomning 50-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflash uchun taqsimlanadi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
54. O‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar va ular sarflanishining buxgalteriya hisobi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
55. Har yili o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘qitishning kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha kalendar yilga daromadlar va xarajatlar smetasi ishlab chiqilib tasdiqlanadi hamda bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik yoki idoraga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
56. O‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar, kalendar yil davomida o‘qitish uchun to‘lov miqdori, ish haqi miqdori, va kommunal, ekspluatatsiya xizmatlari va energiya resurslari narxlari hamda tariflarining miqdorlari o‘zgarganda, shuningdek o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari takliflari asosida belgilangan tartibda kiritiladi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
57. O‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
58. O‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlarning hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga (ro‘yxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
59. O‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarining bajarilishi haqidagi choraklik va yillik hisobotlarni bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
60. Ta’lim tashkilotlarining rahbarlari, moliya va buxgalteriya xizmatlari xodimlari to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining to‘g‘ri tuzilishi, ularning bajarilishi bo‘yicha hisobotlarning haqqoniyligi, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan smetalarga muvofiq maqsadli sarflanishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
61. Ta’lim olishning to‘lov-kontrakt asosida kelib tushadigan mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishi va mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni tasarrufida ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, uning hududiy organlari va joylardagi iqtisodiyot va moliya organlari qonunchilik tomonidan taqdim etilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiradi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 22-sentabrdagi 367-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431-4, 29.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2431-4/0884-son)
62. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 28-dekabr
Xalq ta’limi vaziri T. SHIRINOV
2012-yil 28-dekabr
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2012-yil 28-dekabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. QO‘ZIYEV
2012-yil 28-dekabr
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2012-yil 24-dekabr
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. RO‘ZIYEV
2012-yil 24-dekabr
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2012-yil 24-dekabr
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
2012-yil 26-dekabr
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2012-yil 26-dekabr
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi raisi A. RAMATOV
2012-yil 26-dekabr
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV
2012-yil 26-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 9-son, 120-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/2431-2/0944-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son; 30.09.2025-y., 10/25/2431-4/0884-son; 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)