Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Mikrokreditbank orqali mikromoliyalashtirish uchun jalb etilgan grant va kreditlarni kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari oʻrtasida tanlov asosida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1763-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 2-yanvardagi 1/1-son “Mikrokreditbank orqali mikromoliyalashtirish uchun jalb etilgan grant va kreditlarni kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari oʻrtasida tanlov asosida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1763, 2008-yil 31-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 5-son, 22-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-yanvar,
2/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/8-sonli qaroriga ILOVA
“Mikrokreditbank orqali mikromoliyalashtirish uchun jalb etilgan grant va kreditlarni kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari oʻrtasida tanlov asosida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda), “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-iyundagi 114-son “2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 239-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:”.
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) va “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-iyundagi 114-son “2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 239-modda) muvofiq Mikrokreditbank orqali mikromoliyalashtirish uchun jalb etilgan grant va kreditlarni mikrokredit tashkilotlari oʻrtasida tanlov asosida taqsimlashning yagona tartibini belgilaydi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 95-modda)