toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2025
Hujjat 18.02.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1719-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/16-sonli ““Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1719-4, 23.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 21-iyuldagi 20/3-son “Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1719, 2007-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 405-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. Mullajonov
Toshkent sh.,
2013-yil 24-yanvar,
2/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qaroriga
ILOVA
“Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) nomi va 1-bandidagi “Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar “Mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:”.
a) nomidagi “Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar “Mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lombardlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 149-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar (keyingi oʻrinlarda – nobank kredit tashkilotlari) tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish, naqd pullarni va boyliklarni saqlash tartibini belgilaydi.”;
v) 14-bandning ikkinchi xatboshisidan “, shuningdek jismoniy shaxslarga depozitlarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ilova belgisidagi “Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar “Mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“‎

2.2.‎

Qarz mablagʻlarini qaytarish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash

”‎

3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“‎

3.‎

Kreditlar, mikroqarzlar va qarz mablagʻlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun kassadan amalga oshirilgan kunlik oʻrtacha xarajat (2.3-satr/tashkilot ish kunlari soni)‎

”‎

d) 2 va 3-ilovalar belgilaridagi “Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar “Mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 94-modda)