1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Mazkur Qoidalar shahar elektr transportida ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Mazkur Qoidalar yer osti elektr transportida ishlashda tatbiq etilmaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar shahar elektr transportida ishlovchi barcha tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
6. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
61. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
111. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
13. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
38. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari” ga muvofiq bo‘lishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
42. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
45. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanishi chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
47. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
48. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
49. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
50. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va to‘siqlar bo‘lishi lozim.
51. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
52. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
53. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak.
54. Tashkilot joylashgan maydon butun chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
10-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
55. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
56. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
57. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
58. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
59. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan bo‘lishi kerak.
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
61. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
62. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
63. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
64. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
65. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
66. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
67. Kirish va chiqish yo‘llari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim.
68. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
69. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
70. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m. balandlikda bajarilishi lozim.
71. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
72. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rtacha og‘ir ishda 170°C va og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi kerak.
73. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22 °C dan kam bo‘lmasligi kerak.
74. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m. dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
12-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(12-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
75. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
76. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
77. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak.
78. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
79. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
80. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
81. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
82. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
83. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
84. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
85. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
86. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
87. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
88. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
89. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
14-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
90. Tashkilot maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
91. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlari, iste’mol suv ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
92. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
15-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan talablar
93. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
94. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
95. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan ta’minlanishi, konteynerlar chiqindilardan bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
96. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Shahar elektr transportida bajariladigan ishlarga (texnologik jarayonlar) bo‘lgan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
97. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
98. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
99. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarni to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
100. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq, o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi kerak.
Liniyani to‘xtatgandan so‘ng ovozli va yorug‘lik signali bermasdan, uni ishga tushirish taqiqlanadi.
101. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz asbob-uskunalar va nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
102. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
103. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
104. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
105. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
106. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
107. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
108. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
109. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
110. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
111. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
112. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
113. Ishlab chiqarish binolarining barcha xonalari, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolarning ko‘rinarli joylarida yong‘in xavfsizligi xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlari bo‘lishi kerak.
114. Arxiv, omborxona va havo almashtirish uskunalari o‘rnatilgan xonalarining eshiklari yong‘inga chidamli qilib ishlangan bo‘lishi kerak.
115. Tashkilot binolarining har bir qavatida yong‘in sodir bo‘lganida xodimlarni va moddiy boyliklarni qutqarish chizmasi o‘rnatilishi shart. Chizmada xonalar, yo‘laklar, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlarning favqulodda holatda zaxira chiqish yo‘llaridan harakat qilish yo‘nalishlari ko‘rsatilishi lozim.
116. Bino va inshootlarda quyidagilar taqiqlanadi:
yerto‘lada yonuvchi suyuqliklar, gaz sig‘imlari, portlash xavfi bo‘lgan mollarni saqlash;
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralar va boshqa texnik xonalarda asbob-uskunalarni saqlash;
zaxira chiqish yo‘llari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, bo‘yash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xonalarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yog‘och panellar bilan bezash, turli qo‘shimcha xizmat xonalarini qurish;
xonalardagi elektr isitkich asboblar, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmog‘iga ulangan holda qoldirish;
elektr asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishdan avval ularni ishlab chiqargan tashkilot tomonidan berilgan tavsiya va yo‘riqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish.
117. Yong‘in o‘chirish vositalaridan xo‘jalik ishlarini bajarish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
118. Tashkilot bino va inshootlarida o‘rnatilgan ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari suv tarmog‘iga ulangan bo‘lib, ular yong‘in o‘chirish yeng va dastaklar maxsus yong‘in qutilari ichida joylashtirilishi kerak. Yeng va dastaklar yong‘in o‘chirish ichki jo‘mragiga ulab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
119. Yong‘inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda bo‘lishi, ichidagi suv hajmi yong‘inni o‘chirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
120. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
121. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
122. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda IV malaka guruhiga ega bo‘lish talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart.
123. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
124. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
125. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
126. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
127. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim.
128. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
129. Tok uzatilmagani sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
130. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
131. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
132. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
133. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
134. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yerga ulangan bo‘lishi lozim.
135. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
136. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Tramvay depolarining hududiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
137. Tramvay deposining hududi tramvay izlari, ishlab chiqarish sexlari va boshqa inshootlarni sig‘diradigan maydonga ega bo‘lishi kerak.
138. Tramvay izlari piyodalar va transport o‘tadigan joylarda yo‘l qoplamasi bilan barobar bo‘lishi kerak.
139. Tramvay deposining hududida qaziladigan barcha xandak va quduqlarga to‘siqlar qo‘yilishi kerak. Xandaklar ustidan o‘tish joylarida tutqichli ko‘prikchalar qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
140. Tramvay vagonlari (poyezdlar) orasidagi masofa ochiq maydonlarda 1,5 m. dan kam bo‘lmasligi kerak.
5-§. Tramvay deposida ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
141. Yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan tramvay deposining kirib chiqish darvozalari ichki va tashqi tomondan yoritiladigan hamda darvoza ochilganda va yopilganda avtomatik yonadigan ovozli signalizatsiya bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
142. Tramvay vagonlarini ko‘rikdan o‘tkazish xandaklarining kengligi 1,35 m dan kam bo‘lmasligi va chuqurligi relsdan o‘lchanganda xandak poligacha 1,4 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Ko‘rikdan o‘tkazish xandagining poli quvurlarga suv oqib chiqishi uchun qiya bo‘lishi kerak.
Ko‘rikdan o‘tkazish xandaklarining devorlariga keramik plitkalar yopishtirilgan bo‘lishi yoki bo‘yalishi lozim. Ko‘rikdan o‘tkazish xandaklarida boshqa asbob-uskunalar bilan birga quyidagi moslamalar ham mavjud bo‘lishi lozim:
mahalliy statsionar yoritish;
past voltli (perenoska) ko‘chma yoritish;
tushish-chiqish uchun doimiy turadigan narvon;
bug‘ yoki suv vositasida isitish;
xandak uzunasiga har 3,5-4,0 m. da kengligi 0,8 m. dan kam bo‘lmagan, o‘tish ko‘prikchalari bo‘lishi.
143. Tramvay deposi ishlab chiqarish binolarining poli tekis, yuvish va tozalashga qulay, suv ketishi oson va sirpanmaydigan bo‘lishi kerak.
144. Tramvay vagonlari ko‘rikdan o‘tkaziladigan va ta’mirlanadigan xandaklar ustidagi ulanish tarmog‘ida elektr quvvati mavjudligini bildiradigan nurli hamda ovozli ogohlantirish signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
145. Ko‘rikdan o‘tkazish xandaklari ulanish tarmog‘idagi elektr quvvatining olib tashlanishi yoki ulanishi ushbu ishlarga rahbarlik qiladigan usta tomonidan amalga oshiriladi.
146. Tramvay vagonlarini yuvishda ishlatilgan suvni yig‘adigan tindirish moslamasi bo‘lgan maydoncha bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ulanish tarmog‘idagi elektr quvvatining o‘chirgichi tramvay vagoni yuviladigan joydan oldinda joylashgan va qo‘lda boshqariladigan bo‘lishi kerak.
147. Tramvay vagonlari tomidagi asbob-uskunalarni ko‘rikdan o‘tkazish uchun balandligi 1,0 m. dan kam bo‘lmagan panjarali maxsus minora (vishka)si bo‘lishi kerak.
148. Maxsus minoraning pastki qismi 0,18-0,20 m. dan kam bo‘lmagan taxtalardan yasaladi. Minora panjarasi bilan vagon tomining orasidagi bo‘shliq 0,20 m. dan oshmasligi kerak.
149. Tramvay deposi binolarining darvozalari ularni zich yopilgan yoki to‘liq ochiq holda tutib turadigan mexanik qurilma yoki tirgakka ega bo‘lishi kerak.
150. Tramvay deposining ishlab chiqarish binolaridagi o‘tish joylari asosiy yoritish vositasi o‘chganda avtomatik ravishda ulanadigan avariyali yoritish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
6-§. Tramvay vagonlari va ta’mirlash ustaxonalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
151. Tramvay vagoni daftarida yo‘nalishga chiqishdan oldin ustaning imzosi bo‘lmasa, nozim (dispetcher) yoki uning o‘rnidagi shaxs tomonidan imzolanmagan yo‘l varaqasi bo‘lmasa, tramvay vagoni depodan chiqarilmaydi.
152. Tramvay vagonining deraza oynalari vibratsiyaga yo‘l qo‘ymaydigan, kuzov ichiga chang va suv o‘tkazmaydigan zichlagichlar o‘rnatilgan hamda qo‘l bilan oson ochib-yopiladigan bo‘lishi kerak.
153. Tramvay vagoni haydovchi kabinasining oynalari yo‘lning aniq ko‘rinishini ta’minlashi va ko‘rishni buzib ko‘rsatmasligi kerak. To‘lqinli, tirnalgan va dars ketgan oynalarning qo‘llanilishi man qilinadi.
154. Tramvay vagoni old oynalari oyna tozalagichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
155. Tramvay vagoni haydovchi kabinasi old oynalarning tepasiga haydovchini quyosh nuridan himoyalaydigan soyabonlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
156. Haydovchi kabinasi salondan ajratib turadigan anjomlar bilan to‘silishi lozim.
157. Tramvay vagoni haydovchisining o‘rindig‘i quyidagi talablarga javob berishi kerak:
gorizontal va vertikal yo‘nalishda hamda suyang‘ichni engashish burchagi bo‘yicha moslashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
havo o‘tkazadigan matodan tikilgan yumshoq yostiqcha va suyanchiq bo‘lishi.
158. Tramvay vagonini boshqarish kontrollerining jildi izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak.
159. Tramvay vagonini boshqarish pedali haydovchi oyog‘i sirg‘anmaydigan qavariq qovurg‘ali bo‘lishi kerak.
160. Tramvay vagoni haydovchi kabinasida boshqarishning ampermetr, monometr va boshqa o‘lchov asboblari vagon ketayotgan vaqtda yoritilgan bo‘lishi lozim.
161. Tramvay vagonida haydovchi kabinasi va salonida boshqariladigan isitish tizimi bo‘lishi lozim. Haydovchi kabinasining old va yon tomon devorlari tashqarida havo harorati — 20 °C bo‘lganda ham, me’yordagi issiqlikni ta’minlaydigan isitish vositasiga ega bo‘lishi kerak.
162. Tramvay vagoni haydovchi kabinasida uglekislotali yoki kukunli o‘t o‘chirgich va asboblar qo‘yiladigan quti hamda haydovchi kiyimini osadigan ilgichlar bo‘lishi kerak.
163. Yo‘lovchilarni bekatlarda tushirish va chiqarishni hamda ko‘cha transportlarini kuzatish uchun tramvay vagoni haydovchi kabinasining har ikki tashqi tomonida orqa tomonni ko‘rish (o‘ng va chap) ko‘zgulari bo‘lishi kerak. Haydovchi kabinasida o‘tirib, gavda holatini o‘zgartirmasdan yo‘lovchilar chiqishi va tushishini hamda transportlar harakatini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
164. Tramvay vagoni tomiga chiqish uchun narvon o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
165. Tramvay vagonining tomida qabariqli rezina bo‘lishi lozim.
166. Barcha tramvay vagonlari (qor tozalaydiganlaridan tashqari) vagon ostiga ortiqcha buyumlar tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan oldto‘siq moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
167. Ikki vagonli tramvaylar vagoni orasiga ikki tomonidan vagonlararo to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
168. Tramvay vagonida o‘t o‘chirgich va tibbiyot qutichasi bo‘lishi hamda tramvay saloni quyidagi talablarga javob berishi kerak:
tramvay saloni 100 lyuksdan kam bo‘lmagan yoritish darajasiga ega bo‘lishi;
akkumulyator batareyasidan tortilgan avariya yoritish tizimi bo‘lishi;
yo‘lovchilar tushish-chiqishda foydalanadigan tutqichlari, zinapoyalari va kuzov elektr izolyatsiyasi bilan himoyalanishi;
tramvay vagoni eshiklari zinalarni va kirish tutqichlarini to‘liq berkitishi.
169. Yo‘lovchi va yuk tashish hamda maxsus tramvay vagonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ravishda harakatga keladigan, texnik tasarruf etish qoidalari bo‘yicha texnik shartlarda belgilangan har biri to‘liq to‘xtatishni ta’minlaydigan ikki turdagi tormozga ega bo‘lishi kerak.
170. Vagonlarni avtomatik tormozlash moslamasi bilan jihozlangan tramvay vagonlari ulanish asboblari uzilganda ikki uchida prujina bo‘lgan zaxira zanjirlariga ega bo‘lishi kerak.
171. Tramvay vagonlari har ikki relsga qum sepadigan qumdonlar bilan jihozlangan va doim soz holda bo‘lishi lozim.
172. To‘xtatib qo‘yish tormozining o‘z-o‘zidan ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan qulflanadigan moslamasi bo‘lishi lozim.
173. Barcha boshqarish elektr tizimi yoritish, isitish, akkumulyator batareyasi simlari belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
174. Simlar va elektr apparatlari izolyatsiyasi rejali ta’mirlash vaqtida texnik shartlarga muvofiq sinovdan o‘tkazilishi lozim.
175. Elektr saqlagichlar (predoxranitel) qaysi tok tizimiga tegishli ekanligi aniq belgilanishi lozim. Boshqa turdagi elektr saqlagichlar ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
176. Avtomatik o‘chirgichlar haydovchi kabinasida o‘rnatilishi lozim. Avtomatik o‘chirgich korpusida “Yoqilgan” va “O‘chirilgan” yozuvlari bo‘lishi lozim.
177. Past voltli elektr toki simlari yuqori voltli simlardan yaxshilab izolyatsiya qilinishi kerak.
178. Tramvay vagonlari burilish ko‘rsatgichlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
179. Tramvay vagonlarida yerga tutashtirgich himoya vositasi bo‘lishi lozim.
180. Tok o‘tkazuvchi asboblar, qotiriladigan boltlar vagon ichiga turtib chiqmasligi yoki metall detallarga ulanmasligi kerak. Tutashtirgichlar mustahkamligi va sozligi har doim ta’mirlashlar vaqtida tekshirilishi lozim.
181. Yashin qaytargich faqat tramvay vagonining tomiga o‘rnatiladi va vagonning metall qismlaridan izolyatsiya qilinishi lozim.
182. Tramvay vagonining pantografi tushirilgan vaqtda mahkam ushlab turadigan moslama bo‘lishi kerak.
7-§. Tramvay yo‘l ishlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
183. Ishlarning hajmi va davomiyligidan qat’i nazar, ish joylar to‘sib qo‘yilishi lozim.
184. Yoritish vositasining ulanishidan oldin qarmoq (udochka) yoki yoritqichlar yerga ulangandan keyin elektr tokiga ulanishi kerak.
185. Yoritish vositasini o‘chirishda elektr tokidan o‘chirilgandan keyin qarmoq yerdan ajratiladi. Mazkur ishni bajarishda rezinali dielektrik qo‘lqop va kalish kiygan holda elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lgan brigada boshlig‘i amalga oshiradi.
8-§. Tramvay yo‘llarida yer ishlarini bajarishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
186. Ishlarning bajarilishiga mas’ul bo‘lgan rahbar yer ishlari boshlanishidan kamida bir sutka oldin yer inshootlariga ega bo‘lgan tashkilot vakillari bilan birga ularga tegishli bo‘lgan inshootlarning to‘liq saqlanishi choralarini ko‘rishi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlashi kerak.
187. Kovlash jarayonida elektr kabellarining joyi aniqlanishi, kabel ochilgandan keyin yuqori kuchlanishdagi tokning xavfli ekanligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi yozuv qo‘yilishi lozim.
188. Yer osti inshootlari joylashgan yerlarda tuproqni ekskavator, buldozer va boshqa mexanizmlarda kovlash taqiqlanadi. Faqat belkurakda amalga oshiriladi.
189. Kovlash ishlari ehtiyotkorlik bilan, keskin zarb bermasdan, yo‘l ustasi rahbarligida amalga oshiriladi. Kovlanayotgan joylarda kabel yoki gaz quvuri o‘tgan bo‘lsa elektr va gaz xo‘jaligi vakillari ishtiroki zarur.
190. Yer kovlash vaqtida ochilib qolgan kabellar 1,5 m. dan ortiq bo‘lsa u xandak (transheya) ichida yog‘och tirgakda bog‘lab qo‘yilishi lozim.
191. Ishchi chizmalarda ko‘rsatilmagan yer osti inshootlari chiqib qolsa, ushbu inshootlar yoki ashyolar xususiyati aniqlanguncha kovlash ishlari darhol to‘xtatiladi.
192. Qumlik va bo‘sh tuproq joylarda 1 m. gacha hamda zich tuproqli joylarda 2 m. gacha qazish ishlari amalga oshiriladi.
193. Xodimlar xandak (transheya) va kotlovanga o‘tishlari uchun tutqichli narvonlar bo‘lishi kerak.
194. Xandak (transheya) yoki kotlovandan chiqarilgan tuproq qazilgan joydan 0,5 m. dan kam bo‘lmagan joyda turishi va qazilgan joylar atrofida tosh va boshqa buyumlar bo‘lmasligi kerak.
195. Qazilgan joylar yaqiniga qurilish mashinalari, avtomobillar, relslar, ustunlar va tirgaklar qo‘yish taqiqlanadi.
196. Yer qazish vaqtida gaz hidi borligi ma’lum bo‘lsa, qazish ishlari darhol to‘xtatiladi.
197. Shahar elektr transporti ulanish tarmog‘i va boshqa elektr simlari ostidagi ishlar mas’ul shaxs rahbarligida amalga oshiriladi va simlar bilan cho‘michni ko‘tarish oralig‘i 1 m. dan kam bo‘lmasligi kerak.
9-§. Tramvay vagonlarini yuvishga bo‘lgan xavfsizlik talablari
198. Tramvay vagonlarini yuvishda yuvish mashinasini boshqarishni va ishlashini biladigan xodimlarga ruxsat beriladi.
199. Yuvish mashinasi mashinaning ishga tushirilishidan oldin signal beradigan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
200. Mashinani ishga tushirishdan oldin sinov tariqasida bir marta yoqib o‘chiriladi va mashina soz bo‘lsa, ishga tushiriladi.
201. Tramvay vagonining eshiklari va derazalari zich yopilgan bo‘lishi, orqani ko‘rish ko‘zgulari olinishi va tok qabul qilgichning arqoni tomda mahkamlab qo‘yilishi kerak.
202. Tramvay vagoni yuvish mashinasidan o‘tkazilayotganda manyovrning birinchi holatida, 3 km/s tezlikda yurishi kerak.
203. Ishlayotgan yuvish mashinasi yonida, uni boshqaradigan xodimdan tashqari boshqa shaxslar bo‘lmasligi lozim.
204. Yuvish mashinasi ishlayotganda begona shovqin paydo bo‘lsa yuvish mashinasi darhol to‘xtatiladi va nosozlik bartaraf qilinmaguncha mashina ishlatilmaydi.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
1-§. Chilangarlik (slesar) qo‘l asboblariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
205. Tramvay depolari va ta’mirlash ustaxonalarida ishlaydigan har bir xodim, o‘zining bajaradigan vazifasiga ko‘ra, soz asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi va undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tgan bo‘lishi kerak.
206. Chilangarlik bolg‘achasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
zarb beradigan qismi darz ketmagan va sinmagan bo‘lishi;
quruq qattiq yog‘ochdan yasalgan dastak, tekis randalangan, qotirilgan joyidan uchigacha biroz qalinlashgan va temir pona bilan mahkamlangan bo‘lishi.
207. Darz ketgan dastakli yoki dastaksiz egovlar bilan ishlash taqiqlanadi. Dastaklar egovlarning kattaligiga mos bo‘lishi va uning uchiga zich mahkamlangan bo‘lishi kerak.
208. Qisqichlarning (tiski) siqiladigan qismidagi lablari yedirilmagan bo‘lishi hamda harakatdagi lablari harakatlanmaydigan lablarga nisbatan qarama-qarshi harakatlanishi va detalni mahkam siqishi kerak.
209. Gayka kalitlari ularning kattaligiga qarab tanlanadi. Biror narsani kalitga urish, tiqib uzaytirish, boshqa bir kalitni qo‘shish, gayka bilan kalit lablari orasiga tiqin tiqish taqiqlanadi.
2-§. Vagon tagida va ta’mirlash xandaklarida ishlash jarayonida qo‘l va harakatlanadigan ko‘targichlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
210. Ish boshlanishidan oldin brigadir ko‘targichning barcha mexanizmlarini tekshirib chiqishi lozim.
211. Ko‘targichlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
yurgizish qismlari (g‘ildirak va roliklar, stanina va rels izi) soz holda bo‘lishi va ko‘targich telejkasi relsda tekis harakatlanishi;
ko‘targichning ko‘tarish vinti qiyshaymagan, gayka va vint rezbalari yedirilmagan, ko‘targich stoli siltanmasligi va soz ishlashi;
harakatlanadigan ko‘targichning stoli unga tushirilgan elektrodvigatel yoki boshqa agregatning siljishi, sirpanib ketishini oldini oladigan maxsus uskunaga ega bo‘lishi.
3-§. Balandlikda ishlaganda xavfsizlik talablari
212. Yer yuzidan 5 m. balandlikda bajariladigan barcha ishlar balandlikda bajariladigan ishlar hisoblanadi.
213. Ulanish tarmog‘ida avtominora (avtovishka), relsli (tramvay) minoralari yordamida bajariladigan ishlar kamida 2 ta xodim (haydovchidan tashqari) tomonidan bajariladi.
214. Ishga chiqishdan oldin avtominora va tramvay minoralarining ko‘tarish va tormoz mexanizmlari haydovchi tomonidan tekshirilishi lozim.
215. Avtominora va tramvay minoralarining maydonchasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan 5 km/s tezlikdan oshirmasdan harakatlanishi lozim. 5 m. balandlikka ko‘tarilgan maydoncha bilan harakatlanish taqiqlanadi.
216. Avtominora maydonchasida ishlayotganda yon tutqichlari ko‘tarilgan bo‘lishi kerak.
4-§. Tramvay vagonlarining mexanik asbob-uskunalarini ta’mirlashga bo‘lgan xavfsizlik talablari
217. Telejkalar ramasining g‘ildirak juftligidan ajratib olinganda va ramasini g‘ildiraklarga ulayotganda quyidagi ehtiyot choralari ko‘rilishi kerak:
ko‘tarilayotgan yoki tushirilayotgan telejka ramasining gorizontal holati saqlanishi va kamida to‘rt tomondan zanjir bilan bog‘lanishi va bunda zanjirlar telejka ramasida sirg‘alib ketmasligi, teng tortilishi, ko‘tarilayotganda yoki tushirilayotganda rama teks holatini saqlashi (tebranmasligi);
ramani bir tomondan ko‘targanda rama zanjirlar bilan mustahkam bog‘lanishi va qarama-qarshi tomoni kamida ikkita tirgakka bir vaqtda bir xil tushishi.
218. Ta’mirlash uchun yechib olingan telejka ramasi mustahkam past tumbalar ustiga qo‘yiladi yoki maxsus harakatlanadigan (montaj) telejkaga asosiy to‘rtta nuqtaga mustahkam o‘rnatiladi. Ramaning sirg‘almasligi uchun tagliklar yog‘ochdan bo‘lishi lozim.
219. Telejkada ressorlarni va tormoz qismlarini yig‘ayotganda teshiklar to‘g‘ri kelishini barmoqlar bilan tekshirish taqiqlanadi.
220. G‘ildirak juftliklarini aylantirayotganda qo‘lni kesmaslik uchun, qo‘lga qo‘lqop kiyiladi. G‘ildirak juftliklarining relsdan chiqib ketmasligi va xandakka tushib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.
221. Kuzov oldi yoki yon qoplamasini tekislayotgan xodimlar himoya ko‘zoynagini taqishi lozim.
222. Parchin (zaklepka), vintlarni kesayotganda ehtiyot bo‘lishi kerak.
223. Tramvay vagoni tomida ishlayotganda tomning dumaloq qirralariga asboblar yoki qismlar qo‘yilishi taqiqlanadi.
224. Tomning qirralarida ishlayotganda bir nechta tayanch dastaklari bo‘lgan narvondan foydalaniladi.
225. Og‘ir narsalarni tomga chiqarish yoki tomdan tushirish ishlari yuk ko‘tarish mexanizmlari yoki moslamalar yordamida amalga oshiriladi.
226. Tramvay vagoni kuzovi ichida ishlayotganda ochiq lyuklarga tushib ketmaslik uchun ehtiyot choralari ko‘rish lozim. Biror-bir narsani lyuk orqali xanddakka tashlash taqiqlanadi.
227. Tashqi o‘q buksasi sirg‘aluvchi podshipnigi almashtirilayotganda, qo‘l bilan siypalab tekshirilishi taqiqlanadi.
228. Ulanish (ssepleniye) asbobi bufer xomutidan prujinaning tashqariga otilib ketishining oldini olish uchun, maxsus moslama yordamida chiqariladi.
229. Nosoz tramvay vagonlarini harakatga keltirish faqat qattiq shataklar orqali amalga oshiriladi.
230. Tormozlar yoki boshqa pnevmatik moslamalar sinovdan o‘tkazilganda “Ehtiyot bo‘ling, havo yuboraman!” deb ogohlantirilishi lozim.
231. Zichlangan havo bosimi ostidagi ulanish shlangi va boshqa moslamalarning ajratilishi taqiqlanadi, zichlangan havo oldindan ventil va kran orqali chiqarib yuborilishi lozim.
232. Tormoz silindrlari ta’mirlanayotganda, ularning prujinasi silindrdan maxsus moslamalar yordamida chiqarib olinishi lozim.
V bob. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga bo‘lgan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
233. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi kerak.
234. Ko‘rikdan o‘tkazish xandaklarida ishlaydigan barcha xodimlarda himoya kaskalari bo‘lishi kerak.
235. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak.
236. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash, ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
237. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi kerak.
238. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
239. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazilishi kerak.
240. Og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak.
241. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan, muddati tugagan mexanizmlarda ishlashga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
242. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi kerak.
243. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
244. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi kerak.
245. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40º S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
246. Barcha ta’mirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi kerak.
247. Materiallarning uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi kerak.
248. Ta’mirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak.
2-§. Tramvay deposida va ta’mirlash ustaxonalarida tramvay vagonlarini ko‘tarib tushirish ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
249. Ko‘tarish mexanizmlari va moslamalari bo‘lgan tashkilotning texnik ma’muriyati belgilangan muddatlarda ularni sinovdan o‘tkazadi. Kranni sinash natijalari uning pasportida va boshqa yuk ko‘tarish mexanizmlarini tekshirish va ko‘rikdan o‘tkazish daftarida qayd etiladi.
250. Tramvay vagonini ko‘tarish, vagon, ko‘tarish texnikasi va ishlatiladigan barcha mexanizmlar hamda yordamchi moslamalarning konstruksiyalarini biladigan mas’ul xodim rahbarligida amalga oshiriladi.
251. Ish boshlashdan oldin tramvay vagoni pantografi ulanish simidan ajratilib va mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ko‘tariladigan tramvay vagoni kuzovi telejkalardan ajratilishi kerak.
252. Har bir domkratga yuk ko‘tarish og‘irligi yozilishi, tartib raqami, keyingi sinovdan o‘tkazish vaqti ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Sinov muddati o‘tgan domkratni ishlatilishi taqiqlanadi.
253. Domkrat vertikal holatda o‘rnatiladi, bunda uning ramasi polda tekis turishi kerak.
254.Tramvay kuzovi ko‘tarilganda telejkaning yurishiga xalaqit bermasligi kerak.
255. To‘rtala domkratni ko‘targanda boshqarish elektr sxemasi vagon kuzovini baravar ko‘tarishi va tushirishini ta’minlashi kerak.
257. Telejkani vagon ostidan tortib chiqarilganda quyidagilar taqiqlanadi:
xandakda ko‘tarilgan vagon yoki tortilayotgan telejka ostida turish;
telejka bilan domkratga tegmaslik;
domkrat yoki lomni tayanch nuqtasi sifatida ishlatish.
258. Vagonni domkratlar tirgagiga qo‘ymasdan vagon ostida va ichida ishlash taqiqlanadi.
259. Barcha elektrli domkratlar vagonning eng baland va eng pastki holatiga kelganda elektrodvigatelni avtomatik ravishda o‘chirish moslamasiga ega bo‘lishi kerak.
3-§. Tramvay yo‘llari qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishiga (montaj ishlari) bo‘lgan xavfsizlik talablari
260. Guruh bo‘lib bajariladigan barcha yo‘l ishlariga rahbarlik qiluvchi xodim o‘z uchastkasi doirasida olib boriladigan barcha ishlar xavfsizligi uchun mas’uldir (yo‘l katta ustasi, brigada boshlig‘i).
261. Alohida mas’uliyatli hollarda (tabiiy ofatlar, avariya va halokatlar oqibatini bartaraf qilish, murakkab uzellar yig‘indisini montaj qilganda) ishlar yo‘l xo‘jaligining tegishli tashkilotining boshlig‘i yoki bosh muhandisning ishtirokida bajariladi.
262. Har bir mexanizm yoki mexanizmlashtirilgan asbob-uskunalar malakali xodimga biriktirilgan bo‘lishi kerak.
263. Tramvay yo‘li zonasida har qanday ishlar bajarilganda xodimlar yuzi tramvay va transport vositalari kelayotgan tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak. Agar ish sharoitida buni bajarish imkoniyati bo‘lmasa (masalan shpalni mustahkamlash), transport yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantirish uchun maxsus signalchi bo‘lishi kerak.
264. Tramvay vagonlari o‘tkazilayotganda xodimlar rels jeloblarini tozalashlari, asboblarni olishlari va o‘zlari tramvay izidan xavfsiz joylarga chiqib turishlari kerak.
265. Qattiq sovuqda yo‘l ishlari bajarilayotganda ho‘l qo‘l bilan metall predmetlarga va qismlarga (relsga, qisqichlarga, asboblarga) tegish taqiqlanadi.
266. Tramvay vagonlarining harakati vaqtida zinasida turib yurish, oynadan boshini chiqarish, vagon yurayotganda chiqish va tushish, harakatlanayotgan vagon oldidan yo‘lni kesib o‘tish taqiqlanadi.
267. Ulanish simi uzilgan bo‘lsa unga tegish qat’iyan man etiladi. Ishning rahbari sim uzilganligi haqida markaziy nozimxonaga darhol xabar berishi lozim, uzilgan simning atrofini o‘rab xavfsizlik chorasini ko‘radi va begonalarning unga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
268. Momaqaldiroq boshlanganda ish rahbari ishni to‘xtatishi va xodimlarning usti yopiq binoda bo‘lishini tashkil qilishi kerak. Momaqaldiroq vaqtida ochiq joylarda, baland daraxtlar ostida, ulanish tarmog‘i tirgaklari yonida, yoritish simlari o‘tgan joylarda qo‘lda metall predmetlarni ushlab turish taqiqlanadi.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
269. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
270. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(270-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob Yakuniy qoida
271. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZAKIROV
2012-yil 25-dekabr
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T.NARBAYEVA
2012-yil 25-dekabr
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2012-yil 25-dekabr
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2012-yil 25-dekabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2012-yil 25-dekabr
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2012-yil 25-dekabr
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. QURBONOV
2012-yil 25-dekabr
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi Sh.MUXAMEDJANOV
2012-yil 25-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 6-son, 77-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)