1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, fermer xoʻjaliklarini tugatishda qonunchilik normalariga rioya etish kafolatlarining ishonchli tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
1. Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish qonunchilikka qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-yanvar,
22-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qaroriga ILOVA
Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara]
2. Fermer xoʻjaligi davlat mulki boʻlgan yer maydonini ijara shartnomasi tuzish asosida uzoq muddatli ijaraga berish, fermer tomonidan tegishli majburiyatlar qabul qilish yoʻli bilan tashkil etiladi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish — yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va fermer xoʻjaligining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida uning yer maydoni hajmini oʻzgartirish;
fermer xoʻjaligini tugatish — fermer xoʻjaligini ixtiyoriylik asosida yoki mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tugatish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari]
tugatuvchi — fermer xoʻjaligi rahbari yoki iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxs;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Komissiya – yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar)) komissiyasi.
II. Ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
4. Fermer xoʻjaligi yer maydonini kamaytirishni nazarda tutgan holda ixtiyoriylik asosida uni maqbullashtirish fermer xoʻjaligi rahbarining tuman (shahar) hokimiga berilgan ariza asosida amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
Oʻzining yer maydonini kengaytirgan holda uni ixtiyoriylik asosida maqbullashtirishni xohlovchi fermer xoʻjaligi davlat mulki boʻlgan yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish tanlovida qonunchilikda belgilangan tartibda qatnashishi kerak.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Tuman (shahar) hokimi ariza tushgandan soʻng uch kun muddatda hujjatlarni tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi besh kun mobaynida arizalarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa chiqaradi.
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xulosasi arizalar bilan birgalikda tegishli xulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.
(4-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
5. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini ixtiyoriylik asosida maqbullashtirish masalasini bir hafta muddatda koʻrib chiqadi. Bunda Komissiya fermer xoʻjaligiga birkitilgan yer maydonini yaxlit holda koʻrib chiqadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Komissiya qaror qabul qiladi, ushbu qaror protokol bilan rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar, shu jumladan tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qarori bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Ushbu qaror tuman (shahar) hokimiga yuboriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
6. Tuman (shahar) hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida bir hafta muddatda ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda boʻshab qolgan yer maydoni olib qoʻyiladi va kelgusida qonunchilikda belgilangan tartibda talabgorlarga tanlov asosida beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
7. Ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan maqbullashtirishdan soʻng fermer xoʻjaligida qolgan yer maydoni “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan minimal miqdordan kam boʻlmasligi kerak, dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligi uchun ijaraga beriladigan yer maydonining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun — kamida 30 gektar, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun — kamida 5 gektar boʻladi. Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirishda yer maydoni konturlarining yaxlitligi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
8. Tuman (shahar) hokimining ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) komissiyasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi, Komissiya oʻn kun mobaynida tuman (shahar) hokimining qarorini tasdiqlaydi yoki uni rad etish toʻgʻrisida asoslangan qaror chiqaradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
9. Tuman (shahar) hokimining fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan soʻng, tuman (shahar) hokimi va fermer xoʻjaligi rahbari oʻrtasida tuzilgan yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasiga oʻzgartirishlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
10. Ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
11. Fermer xoʻjaligini ixtiyoriylik asosida tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
12. Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
121. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida yer maydonlarini foydalanishga kiritishda mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1024-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2019-y., 09/19/1024/4183-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
13. Yer maydonini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini bekor qilish va fermer xoʻjaligini tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (tuman (shahar) hokimi) tomonidan taqdim etiladigan daʼvolar asosida, iqtisodiy sud qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
a) yer maydonini ijaraga olish shartnomasi shartlarining qoʻpol ravishda buzilganligi, eng avvalo, fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi — yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xoʻjaligi organlari hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
b) fermer xoʻjaligini shakllantirish chogʻida fermer xoʻjaligi ixtisoslashuvining buzilganligi — yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xoʻjaligi organlari hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
v) ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan oqilona foydalanmaslik, muntazam (ketma-ket uch yil mobaynida) normativ kadastr bahosidan past hosil olinganligi — qishloq xoʻjaligi, yer resurslari va davlat kadastri organlari hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
g) fermer xoʻjaligi bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida, eng avvalo, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari shartlarining muntazam (ketma-ket uch yil mobaynida) bajarilmaganligi (fors-major holatlarining vujudga kelishi holatlari bundan mustasno) — qishloq xoʻjaligi organlari, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, shuningdek tayyorlov tashkilotlari tomonidan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
d) xoʻjalik faoliyatining samarasiz va past rentabellik bilan yuritilishi — qishloq xoʻjaligi organlari, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha daʼvo arizalarini qoʻzgʻatish va iqtisodiy sudga berish uchun asos hisoblanadi.
(14-bandning “a”, “b”, “v”, “g” va “d” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
15. Aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma tuziladi, unga yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlari holatini tasdiqlovchi zarur hujjatlar va materiallar ilova qilinadi, dalolatnoma mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) vakillari va fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan imzolanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
16. Fermer xoʻjaligi rahbari dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomada bu toʻgʻrida yozuv qayd qilinadi, u tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi hamda ikki nafar jismoniy shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri fermer xoʻjaligi rahbariga topshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
17. Dalolatnoma asosida mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) bir kun mobaynida tegishli taqdimnomani dalolatnoma, shuningdek zarur hujjatlar va materiallar bilan birga tuman (shahar) hokimiga yuboradilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
18. Tuman (shahar) hokimi uch kun muddatda barcha hujjatlar va materiallarni tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga yuboradi.
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ikki kun mobaynida hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa chiqaradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasi hujjatlar va materiallar bilan birgalikda tegishli xulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi]
19. Dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar tasdigʻini topmagan va (yoki) asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda, Komissiya mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, tuman (shahar) hokimiga va koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ga bildirishnoma yuboradi va kiritilgan hujjatlarni qaytaradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara]
20. Dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar tasdigʻini topgan taqdirda, Komissiya bir hafta muddatda taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish asosida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida yoxud uning maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi, ushbu xulosa barcha hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda tuman (shahar) hokimiga yuboriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
21. Tuman (shahar) hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning xulosasini, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasini, dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni ilova qilgan holda fermer xoʻjaligi rahbari bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud uning yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida fermer xoʻjaligi rahbariga taklif kiritadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi taklif fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan rad etilganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasida belgilangan muddatda javob olinmaganda tuman (shahar) hokimi, qonunchilikda belgilangan tartibda, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning xulosasini, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasini dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda fermer xoʻjaligi bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan iqtisodiy sudga daʼvo arizasini yuboradi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
22. Ijara shartnomasini bekor qilish yuzasidan daʼvo arizasi qondirilishi iqtisodiy sud tomonidan rad etilgan taqdirda tuman (shahar) hokimi ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga, Komissiyaga va tegishli organlarga (tashkilotlarga) bildirishnoma yuboradi va kiritilgan materiallarni qaytaradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
23. Daʼvo arizasi sud tomonidan qoniqtirilgan taqdirda sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab tuman (shahar) hokimi bir hafta muddatda fermer xoʻjaligi yer maydonini zaxiraga olib qoʻyish va fermer xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, qarorga muvofiq fermer xoʻjaligi ishlarini boshqarish yuzasidan barcha vakolatlar tugatish komissiyasiga oʻtadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Tugatilgan fermer xoʻjaligining yer maydoni olib qoʻyiladi va keyinchalik qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa talabgorlarga tanlov asosida beriladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
24. Fermer xoʻjaligini tugatishda mulk huquqi bilan unga qarashli boʻlgan imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer maydonini olib qoʻyishga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tuman (shahar) hokimining qarori asosida mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng qiymatli mol-mulk berish va uning koʻrgan zararlarini qoplash, yer uchastkasida sarflangan xarajatlar yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplash tegishli yer maydonini uni uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer xoʻjaligi, boshqa qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tuman (shahar) hokimining yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish haqidagi qarori yetkazilgan zarar summasi yoki yer uchastkasida sarflangan xarajatlar qiymati tegishli qishloq xoʻjaligi tashkilotining bankdagi hisobvaragʻida koʻringandan yoki qishloq xoʻjaligi tashkilotiga boshqa shaklda toʻliq qoplab berilgandan soʻng qabul qilinadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/501/1205-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
25. Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomining buzilishi va xoʻjalik faoliyatining samarasiz yuritilishi aniqlangan holatlar asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
IV. Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining qarzlarini toʻlash mexanizmi
26. Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining qarzlarini toʻlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
27. Fermer xoʻjaligi ixtiyoriylik asosida tugatilganda uning qarzlarini toʻlash tugatuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
28. Kreditorlarning talablarini toʻliq qondirishning imkoni yoʻqligi aniqlangan taqdirda, tugatuvchi fermer xoʻjaligini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. Fermer xoʻjaligi bankrot deb topilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi va bundan keyingi tartibot toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
29. Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, uning budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzlarini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
30. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan fermer xoʻjaligining mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beriladi.
31. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar, shuningdek uni qoʻllashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining, shuningdek xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 56-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2016-y., 6-son, 57-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 21.12.2019-y., 09/19/1024/4183-son; 25.08.2020-y., 09/20/501/1205-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)