toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 24-oktabrdagi 307-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 3.7-bandida:
a) uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qarori bilan” soʻzlari “davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat soliq inspeksiyalari hisobdan chiqarilgan umidsiz soliq qarzi summalarining hisobini yuritadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)