1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va respublikada pasport tizimini takomillashtirish, xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va hududida boʻlishini tartibga solish maqsadida:
1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
xorijiy fuqarolar, jumladan, MDHga aʼzo davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda yashash uchun berilgan guvohnomasi boʻlgandagina doimiy qayddan oʻtish huquqiga ega;
MDHga aʼzo davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida uch kundan ortiq boʻladigan fuqarolari istiqomat joyida vaqtinchalik qayddan oʻtishi shart;
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasi bilan kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vizada koʻrsatilgan muddat bilan vaqtincha qayd etiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasida Pasport tizimi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmon bilan tasdiqlangan Nizomga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida, jumladan MDHga aʼzo davlatlar fuqarolariga va xorijiy fuqarolarga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash uchun guvohnomalar berish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularni doimiy qayd etish masalalarini koʻrib chiqish uchun maxsus komissiyalar tuzilsin.
Mazkur hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
Ushbu masalalarni hal etishda komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun keluvchi shaxslarni turar-joy, ish va ijtimoiy kafolatlar bilan taʼminlash imkoniyatlari mavjudligiga alohida eʼtibor bersin.
4. Pasport tizimi qoidalariga, xorijiy fuqarolarning, jumladan, MDHga aʼzo davlatlar fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi hamda respublikada boʻlishi tartibiga qatʼiy amal qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-dekabrdagi PF-1027-sonli Farmoniga 1 va 2-ilovalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-martdagi 143-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
7. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 26-fevral,
PF-2240-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi 2240-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi
NIZOM
LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2016-yil 1-yanvardan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizom pasport berish va undan foydalanish, qayd etish, roʻyxatdan chiqarish tartibini, shuningdek pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlgan barcha fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga ega boʻlishlari shart. Harbiy xizmatchilar bunday pasportsiz yashaydilar. Harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar harbiy xizmatchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.04.00 Fuqarolik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish va qarorlarni ijro etish;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.01.00 Fuqarolikda xalqaro huquqiy masalalar]
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar. Ushbu Nizom normalari xorijiy fuqarolar, diplomatik, konsullik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning xodimlariga hamda ularning oila aʼzolariga tadbiq etilmaydi, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi xalqaro huquq normalari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalari”.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.14.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqishi]
3. Pasport xorijga joʻnab ketish chogʻida ham amal qiladi. Xorijga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega boʻlish va bekor qilinishi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
4. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti:
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlgan fuqarolariga;
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan shaxslarga;
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga beriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega boʻlish va bekor qilinishi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
Oʻzbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 49-son “Konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti butun Oʻzbekiston Respublikasida yagona namunada oʻzbek, rus va ingliz tillarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi va 32 betdan iborat boʻladi.
7. Pasportga oʻzbek, rus va ingliz tillarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — qoraqalpoq tilida ham) fuqaroning shaxsi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar yoziladi:
— familiyasi, ismi, otasining ismi;
— tugʻilgan yili, kuni, oyi;
— tugʻilgan joyi;
— millati;
— jinsi;
— shaxs oʻxshashligini aniqlash raqami.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Pasportga fuqaroning millati toʻgʻrisidagi yozuv uning ota-onasi millatiga qarab kiritiladi. Agar fuqaroning ota-onasi turli millatga mansub boʻlsa, birinchi marta pasport berilayotganda pasport oluvchining istagiga koʻra otasi yoki onasining millati yoziladi. Keyinchalik millat toʻgʻrisidagi yozuv fuqaroning yozma arizasiga muvofiq otasi yoki onasining millatiga almashtirilishi mumkin, ammo faqat bir marta oʻzgartiriladi.
Pasportda uning egasining imzosi, pasport bergan masʼul shaxs imzosi boʻlishi, shuningdek pasport berilgan vaqt va amal qilish muddati koʻrsatilishi lozim. Shuningdek pasportga:
— balogʻatga yetmagan bolalarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, kuni, oyi;
— harbiy xizmatga munosabati toʻgʻrisidagi;
— nikohdan oʻtish va nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi;
— pasport egasining yashaydigan va doimiy qayd etilgan joyi haqidagi;
— vaqtincha qayd etilgani toʻgʻrisidagi;
— chet elga chiqish uchun ruxsatnoma haqidagi;
— xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar haqidagi maʼlumotlar yoziladi.
Fuqarolarning roziligi bilan ularning pasportiga pasport egalarining qoni guruhi va rezusi toʻgʻrisidagi belgilar qoʻyiladi. Fuqaroning pasportiga ushbu Nizomda koʻzda tutilmagan yozuvlarni kiritish taqiqlanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga yozuvlarni:
— ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni — ichki ishlar organlari (xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar haqidagi yozuvdan hamda pasport egalarining koni guruhi va rezusi toʻgʻrisidagi belgilardan tashqari);
— harbiy xizmatga munosabati haqidagi maʼlumotlarni — mudofaa ishlari organlari, pasport almashtirilgan hollarda esa — ichki ishlar organlari ham;
— nikohni qayd etish va nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvlarni — fuqarolik holatini qayd etish organlari, pasport almashtirilgan hollarda esa — ichki ishlar organlari ham;
— pasportning amal qilish muddati, shuningdek pasport egasi bilan birga joʻnab ketayotgan uning balogʻatga yetmagan bolalari toʻgʻrisidagi yozuvlarni — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari;
— xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar toʻgʻrisidagi yozuvni — xorijiy mamlakatlarning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
— qon guruhi va rezusi haqidagi belgini — sogʻliqni saqlash muassasalari kiritadi.
9. 16 yoshga toʻlgan shaxsga ichki ishlar organlari tomonidan pasport beriladi va u 25 yoshga toʻlguniga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Fuqarolar 25 yoshga va 45 yoshga toʻlganda ichki ishlar organlari ularga yangi pasport beradi, unga oldingi pasportdagi maʼlumotlarning yangi pasport berish vaqtida haqiqiy boʻlganlarining hammasi kiritiladi.
45 yoshga toʻlgan fuqarolar pasportining amal qilish muddati cheklanmaydi.
Pasport unda koʻrsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
10. Quyidagilar pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini taʼminlash uchun masʼuldirlar:
— tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va oʻquv yurtlarining, mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlarning, qariyalar va nogironlar uylari va boshqa shunday muassasalarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rahbarlari;
— xususiylashtirilgan uy egalari va shaxsiy mulk huquqi bilan uylarga egalik qiluvchi shaxslar.
11. Pasport tizimi qoidalari bajarilishini ichki ishlar organlari va mahalliy hokimiyat organlari nazorat qiladilar.
II. PASPORT BERISH VA UNDAN FOYDALANISH TARTIBI
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
12. Pasport olish uchun fuqaro istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga quyidagilarni taqdim etadi:
— Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha ariza;
—tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (pasportni birinchi marta olish chogʻida);
— ilgari olingan pasport;
— 35x45 millimetr kattalikdagi ikkita oq-qora yoki rangli fotosurat.
13. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini olish chogʻida ilgari olgan pasportini doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi esa Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga topshirishga majburdir.
Pasportni fuqarolar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari, yoxud Oʻzbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari beradi va almashtiradi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.05.00 Harbiy xizmatdan boʻshatish]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan boʻshatilgan harbiy xizmatchilarga pasport harbiy bilet va shaxsiy guvohnoma asosida berilishi mumkin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarga pasportlar ichki ishlar organlari tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
16. Quyidagi hollarda pasport almashtiriladi:
— pasportning amal qilish muddati tugaganda;
— familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganida;
— millatini, tugʻilgan yilini oʻzgartirganda;
— yozuvlardagi chalkashlik aniqlanganda;
— viza va alohida belgilar uchun moʻljallangan varaqlar toʻlganda;
— foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.
Pasportni almashtirish uchun ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Familiyasi, ismi, otasining ismini oʻzgartirish, millatini, tugʻilgan yilini oʻzgartish yoki yozuvdagi chalkashlikka aniqlik kiritish maqsadida pasportni almashtirish uchun shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.14.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqishi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
17. Fuqaro tegishli yoshga toʻlgandan soʻng yoki familiyasi, ismi, otasining ismini, tugʻilgan yili va millatini oʻzgartirgan, yozuvdagi chalkashlik aniqlangan va pasport foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgandan soʻng bir oy muddatdan kechiktirmay, pasport aniq muddatga berilgan hollarda esa — pasportning amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uch kun muddatda pasport olish yoki uni almashtirish uchun hujjatlarni va fotosuratlarni taqdim etishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijga joʻnab ketadigan taqdirda, agar pasportning amal qilish muddati olti oydan kamroqni yoki kirish vizasidagi muddatni tashkil etsa, pasport almashtirilishi mumkin.
18. Ichki ishlar organlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasi tomonidan almashtirish tarzida yoki yoʻqolgan pasport oʻrniga beriladigan pasportga ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilishi kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
19. Pasport berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi (boj) olinadi. Toʻla davlat taʼminotida boʻlgan shaxslar poshlina toʻlashdan ozod qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
20. Fuqaro pasportni avaylab asrashi shart. Pasport yoʻqolgani haqida fuqaro doimiy qayd etilgan joyidagi ichki ishlar organlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga darhol xabar qilishi lozim. Ular esa fuqaroning arizasiga binoan belgilangan namunadagi maʼlumotnoma beradi. Maʼlumotnoma shaklini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi belgilaydi.
Fuqaro pasportini yoʻqotgan taqdirda unga ushbu Nizomda belgilangan tartibda pasport yoʻqolgani haqida ariza bergan kundan boshlab bir oy ichida yangi pasport beriladi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan shaxs pasportini ichki ishlar organlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
Fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilganda ularning pasportlari xizmatni oʻtash davrida saqlash uchun xizmatga chaqirilish joyidagi mudofaa ishlari organlariga, harbiy oʻquv yurtlariga qabul qilinganda esa, keyin ichki ishlar organlariga yoʻq qilishga yuborish uchun shu oʻquv yurtiga topshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.06.00.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (shuningdek, 03.02.08.00ga qarang)]
Vafot etganlarning pasportlari fuqarolik holatini qayd etish organlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining marhum borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshiriladi, ular esa oʻlim roʻyxatga olinganidan soʻng bir oy muddatdan kechiktirmay marhumning Oʻzbekiston Respublikasi hududida oxirgi istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun yuboradi.
Topib olingan pasport ichki ishlar organlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati]
22. Qamoqqa olingan, shuningdek ozodlikdan mahrumlikka, qamoq jazosiga mahkum etilgan shaxslar pasporti surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olib qoʻyiladi. Qamoqdan ozod qilingandan yoki jazoni oʻtab boʻlganidan soʻng pasport egasiga qaytariladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
23. Ushbu Nizomning 22-bandida koʻzda tutilgan hollardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini olib qoʻyish, shuningdek pasportni garovga yoki boshqa majburiyatlarni taʼminlash maqsadida qoldirish va olib qolish taqiqlanadi.
24. Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomni amalga oshirish uchun zarur shtamplar va blankalarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (roʻyxat. № 698, 09.04.1999-y.).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
25. Pasport olishga ariza blankalari va Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomni amalga oshirishda zarur boʻlgan boshqa blankalar uchun davlat poshlinasi olinmaydi.
III. QAYD ETISH, ROʻYXATDAN CHIQARISH
26. Fuqarolarni qayd etish — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi muayyan istiqomat joyida shaxsning doimiy yoki vaqtincha yashab turishi faktini ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olishdir.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
27. Shaxs muayyan istiqomat joyida doimiy yashash niyatida boʻlgan hollarda doimiy qayd etish amalga oshiriladi.
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy qayd etish huquqiga egadirlar:
— Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
— xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDHga aʼzo davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar ushbu toifadagi shaxslarda Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda yashash uchun berilgan guvohnomalari mavjud boʻlgan taqdirda.
28. Vaqtincha qayd etish shaxsning oʻzi belgilagan istiqomat joyida boʻlishi davrida amalga oshiriladi. Uch kundan olti oygacha davrdagi vaqtincha qayd etish fuqaroni doimiy istiqomat joyidagi roʻyxatdan chiqarmasdan amalga oshiriladi. 6 oydan koʻproq muddatga vaqtincha qayd etish shaxsni doimiy istiqomat joyidagi roʻyxatdan chiqargan holda amalga oshiriladi.
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha qayd etilishi lozim:
— Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bir joydan ikkinchi joyga vaqtincha yashash uchun kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
— MDHga aʼzo davlatlarning fuqarolari;
— MDHga aʼzo davlatlardan fuqaroligi toʻgʻrisida belgisi boʻlmagan sobiq SSSR pasportlari bilan kelgan shaxslar;
— Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari bilan kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
29. Oʻzbekiston Respublikasi hududining bir joyidan ikkinchi joyiga olti oygacha muddat bilan vaqtincha yashash uchun kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy istiqomat joyidagi roʻyxatdan chiqishni rasmiylashtirmagan holda vaqtincha qayd etiladilar va bunda pasportlarga qayd etish shtampi qoʻyiladi.
30. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa joyga olti oydan koʻproq muddatga vaqtincha yashash uchun joʻnab ketadigan (xizmat safarlariga, taʼtillarga, dala hovliga, dam olish yoki davolanishga ketadiganlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatdan chiqishlari va vaqtincha turadigan joyda qayd etilishlari shart.
31. Qayd etish va roʻyxatdan chiqarish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu organ haftasiga ikki marta odamlarning joʻnab ketishi va kelishi toʻgʻrisidagi varaqlarni hudud boʻyicha Manzil-maʼlumotnoma byurosiga yuborib turishi shart. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar mehmonxonalarning, davolash muassasalarining, sanatoriylar va dam olish uylarining masʼul shaxslari qayd etilishi lozim boʻlgan joylashgan shaxslarning soʻrovnoma-arizalarini hisobga olish uchun bir kun ichida oʻzi joylashgan hudud boʻyicha Manzil-maʼlumotnoma byurosiga yuborishlari shart.
32. Doimiy va vaqtincha qayd ettirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yoki vaqtincha istiqomat joyida quyidagilarni taqdim etadilar:
— belgilangan shakldagi ariza;
— Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
— tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma — 16 yoshga toʻlmagan, ota-onalaridan (vasiylar va homiylardan) alohida yashovchi shaxslar uchun;
— harbiy bilet yoki shaxsiy guvohnoma — kazarmalardan, kemalardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar uchun;
— davlat poshlinasi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
16 yoshga toʻlmagan, ota-onalari (vasiylari, homiylari) bilan birga yashaydigan bolalarni qayd etish tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar boʻyicha, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uy daftarlariga (qayd etish varaqchalariga) kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
MDHga aʼzo davlatlarning fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha yashash uchun MDHga aʼzo davlatlardan kelgan shaxslar ichki ishlar organlariga quyidagilarni taqdim etadilar:
— belgilangan shakldagi ariza;
— pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (ofitserning shaxsiy guvohnomasi);
— davlat poshlinasi toʻlanganligi toʻgʻrisida kvitansiya.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar]
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha qayd etish uchun quyidagilarni taqdim etadilar:
— belgilangan shakldagi ariza;
— milliy pasport yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi;
— Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasi;
— davlat poshlinasi toʻlanganligi toʻgʻrisida kvitansiya;
— taklif etuvchining yozma arizasi.
Xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDHga aʼzo davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, MDHga aʼzo davlatlardan kelgan shaxslar doimiy qayd etish uchun:
— belgilangan shakldagi arizani;
— Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnomani;
— davlat poshlinasi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyani taqdim etadilar.
Chegara hududida joylashgan aholi punktlarida qayd etish uchun ushbu hududga kirish toʻgʻrisida chegara hududiga joʻnab ketgunga qadar istiqomat joyida ichki ishlar organidan belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
33. Qayd etilishi lozim boʻlgan shaxslar kelgan kundan boshlab uch kun muddat ichida hujjatlarni qayd etish uchun ichki ishlar organlariga topshirishlari shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
Roʻyxatdan chiqish uchun hujjatlar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
34. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, shuningdek belgilangan tartibda berilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uy-joy maydonining qanchaligidan qatʼi nazar doimiy qayd ettirish huquqiga egadirlar:
— er-xotin — bir-birining uy-joy maydoniga;
— balogʻatga yetmagan va vasiylikdagi bolalar — ota-onalari va vasiylarining uy-joy maydoniga;
— oʻz oilalariga ega boʻlmagan yoki balogʻatga yetmagan bolalari boʻlgan, ammo nikohdan oʻtmagan balogʻatga yetgan farzandlar — ota-onalarining uy-joy maydoniga;
— ota-onalar — farzandlarining uy-joy maydoniga;
— balogʻatga yetmagan, ota-onasi boʻlmagan tugʻishgan aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek mehnatga layoqatsiz tugʻishgan aka-ukalar, opa-singillar, agar ularning oʻz oilalari boʻlmasa, yoshidan qatʼi nazar — akasi, ukasi, opasi, singlisining uy-joy maydoniga;
— ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda uy-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
— ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, oʻz oila aʼzolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
— muddatli xizmat tugagandan soʻng Qurolli Kuchlar safidan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar — oldingi istiqomat joyiga, yoki ota-onasi, yoxud boshqa qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
— ofitserlar tarkibidan zaxiraga yoki isteʼfoga boʻshatilgan shaxslar, Qurolli Kuchlarning va Milliy xavfsizlik xizmatining kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilari, Ichki ishlar vazirligining boshliqlar va oddiy xodimlari safida boʻlgan shaxslar (oila aʼzolari bilan) — belgilangan tartibda uy-joy olgunga (sotib olingunga) qadar qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga.
(34-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
Ushbu bandda koʻrsatilgan toifadagi shaxslar bilan bir qatorda quyidagilar ham uy-joy maydoni qanchaligidan qatʼi nazar vaqtincha qayd ettirish huquqiga ega:
— haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari bilan birga — belgilangan tartibda uy-joy olgunga (sotib olingunga) qadar muddatga boshqa shaxslar yoki harbiy qismning uy-joy maydoniga yoxud harbiy qism, harbiy oʻquv yurti yoki Mudofaa vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining oʻzga tashkiloti joylashgan yerga;
(34-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
— akademik litseylarning, kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilari, oʻquv yurtlarining talabalari, aspirantlari, doktorantlari, adyunktlari, ordinatorlari, kadrlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash yoxud malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, shuningdek ularning oila aʼzolari — oʻqish davrida oʻquv yurtlari va idoralarning, qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
— faoliyati doimiy harakat bilan bogʻliq shaxslar (kemalar ekipajlarining aʼzolari, geologiya va qidiruv partiyalarining, ekspeditsiyalarning xodimlari va shu kabilar) — ish davrida tegishli paroxodchiliklar, boshqarmalar, geologiya, qidiruv partiyalari va ekspeditsiyalarning asosiy bazalari, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar joylashgan manzilga.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
35. Qayd etish va roʻyxatdan chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi olinadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.04.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekistondan chiqishi va kirishi]
36. MDHga aʼzo davlatlarning fuqarolari ularning shaxsini yoki fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirish va unda harakat qilib yurish huquqiga egadirlar.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.11.00 Ishga qabul qilishni rad etish. Rad etishga yoʻl qoʻyilmasligi]
37. Chegara hududida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning istiqomat joyini tanlashida cheklashlar belgilab qoʻyiladi. Ushbu bandda koʻzda tutilgan cheklash amal qiladigan joylarda qayd etish ruxsat berilmagan shaxslar shu yerlarda joylashgan korxonalarga, muassasa va tashkilotlarga ishga qabul qilinishi mumkin emas hamda ular shu joyni yetti kun mobaynida tark etishlari lozim. Ular chiqib ketishdan boʻyin tovlagan hollarda ichki ishlar organlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda chiqarib yuboriladilar. Mazkur joylarda vaqtincha boʻlish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.05.00 Chet el fuqarolarining huquqiy holati]
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublikaning boshqa ayrim mintaqalarida aholi sogʻligʻini saqlash va xavfsizligini taʼminlash maqsadida shu joylarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlishi vaqtincha cheklab qoʻyilishi mumkin.
38. Xususiy uy-joy egasi uy-joy maydoni qanchaligidan qatʼi nazar oila aʼzolarini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash uchun belgilangan tartibda berilgan guvohnomaga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qayd ettirish huquqiga egadir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk]
Xususiy mulk tarzida oʻziga tegishli bir qancha uyning egasi ulardan faqat bittasiga qayd etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.09.00 (Кучини йукотган) Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari, tashkilotlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki]
39. Sudning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash uchun belgilangan tartibda berilgan guvohnomaga ega boʻlgan xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashab turgan uyidan koʻchirib yuborish yoki bunday uylardan foydalanish huquqi oʻz kuchini yoʻqotgani haqidagi qarori qonuniy kuchga kirishi munosabati bilan ularning yashash joyiga qayd etilishi bekor qilinishi lozim.
Qayd etish boshqa hollarda ham, qonunchilikda belgilangan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
40. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mazkur shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukmlar qonuniy kuchga kirganidan soʻng roʻyxatdan chiqariladi.
41. Vafot etganlar oʻlim roʻyxatga olingandan keyin qayd etishdan chiqariladi.
42. Qayd etish (roʻyxatdan chiqish) uchun lozim boʻlgan arizalar, uy daftarlari, manzil varaqalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qayd etish va roʻyxatdan chiqarishga taalluqli boshqa hujjatlarning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (roʻyxat. № 698, 09.04.1999-y.).
IV. PASPORT TIZIMI QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
43. Fuqarolar:
— pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan qayd ettirmay yashaganlik uchun, pasportni ataylab yaroqsiz holga keltirganlik hamda pasportlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanganlik, pasportni avaylab saqlamay uni yoʻqotganlik uchun;
— pasport tizimi qoidalariga rioya qilinishiga masʼul boʻlgan shaxslar fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, yoxud qayd etmay yashashiga yoʻl qoʻygani uchun, shuningdek fuqarolar oʻzlari egallab turgan uy-joy binolarida pasportsiz shaxslarning qaydsiz yashashiga yoʻl qoʻygani uchun;
— mansabdor shaxslar pasportsiz yoki pasporti haqiqiy boʻlmagan fuqarolarni, shuningdek qaydsiz yashayotgan fuqarolarni ishga qabul qilgani uchun;
— mansabdor shaxslar fuqarolarning pasportini qonunsiz olib qoʻygani yoki pasportni garovga olib qolgani uchun;
— chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishi vaqtincha, cheklangan joylarga kirish yoki unda yashash qoidalarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 223 va 224-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga 2-ILOVA
Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom:
— xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDHga aʼzo davlatlarning fuqarolariga;
— fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligining isbotiga ega boʻlmagan shaxslarga nisbatan tadbiq etiladi.
2. Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi, “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligining isbotiga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — ularning shaxsini ham tasdiqlovchi hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxsning huquqiy maqomini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi doirasida haqiqiydir.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasi xorijda uning egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi quyidagilarga beriladi:
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga — ular oʻn olti yoshga toʻlganlarida;
— ushbu Nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan va qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga;
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, ammo Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmagan yoki qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga.
4. Xorijiy shaxsga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomalari, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning istiqomat joyida beriladi.
5. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi, chet elga joʻnab ketuvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga beriladi.
II. XORIJIY SHAXSGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YASHASH GUVOHNOMASIDAGI, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YASHASH GUVOHNOMASIDAGI VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXS GUVOHNOMASIDAGI YOZUVLAR, ULARNING AMAL QILISH MUDDATLARI
6. Xorijiy shaxsga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash uchun beriladigan guvohnomalar, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha himoya vositalari boʻlgan maxsus blankalarda tayyorlanadi, Oʻzbekiston Respublikasining gerbiga ega boʻladi.
Yashash guvohnomalari 16 varaqdan, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi esa 10 varaqdan iboratdir.
7. Xorijiy shaxsga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomalari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan oʻzbek, rus, ingliz tillarida toʻldiriladi. Hujjatlarga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
a) xorijiy shaxsga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga beriladigan yashash guvohnomalarida:
— familiyasi, ismi, otasining ismi;
— tugʻilgan yili, kuni, oyi;
— tugʻilgan joyi;
— millati;
— Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kunidagi fuqaroligi;
— oilaviy ahvoli;
— Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kuni;
— kelishdan maqsad;
— yashash guvohnomasi kim tomonidan va qachon berilgan;
— yashash guvohnomasi qanday hujjatlarga asoslanib berilgan;
— yashash guvohnomasining amal qilish muddati va amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida;
— fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi kim tomonidan va qachon berilgan;
— birgalikda borayotgan balogʻatga yetmagan farzandlar haqida;
— vizalar haqida;
— fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddati toʻgʻrisida.
Shaxsning roziligi bilan, yashash guvohnomasida sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan yashash guvohnomasi egasining qon guruhi va qanday rezusga mansubligi toʻgʻrisida belgilar qoʻyiladi.
8. Xorijiy shaxsga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga beriladigan yashash guvohnomalarida, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasida kattaligi 35x45 millimetrli qora-oq yoki rangli fotosuratlar hujjat egasining va uni bergan masʼul shaxsning imzolari boʻlishi lozim.
III. XORIJIY FUQAROLARNING VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DOIMIY YASHASHGA RUXSATNOMA OLISH TARTIBI
9. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar organiga murojaat etib, quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
— Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha 2 nusxada ariza — soʻrovnomalar;
— arizachi doimiy yashash niyatida boʻlgan qarindoshlari (tanishlari) ning arizachi iltimosiga oʻz munosabatlari toʻgʻrisida notariat tomonidan tasdiqlangan arizalari, shuningdek qarindoshlar (tanishlar)ning uy-joyga egalik huquqini va unda yashovchi shaxslar sonini tasdiqlovchi hujjatlar;
— nikoh toʻgʻrisidagi, bolaning tugʻilganlik haqidagi hujjatlarning notariat tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
— hujjatlarni koʻrib chiqqanlik va rasmiylashtirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi toʻlanganligi toʻgʻrisida kvitansiya;
— kattaligi 35x45 millimetrli 2 ta fotosurat.
10. Hujjatlar qabul qilib olingandan keyin arizachilar oʻz iltimoslari qondirilishi rad etilgan taqdirda ular ichki ishlar organlari tomonidan belgilanadigan muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnab ketishlari lozimligi toʻgʻrisida tilxat olinib ogohlantiriladilar.
Qabul qilingan hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, viloyatlarning ichki ishlar boshqarmalariga va Toshkent shahar IIBBga yuboriladi, bu yerda taqdim etilgan hujjatlar va arizachining, taklif qiluvchi kishilarning shaxsiyatlari tekshiriladi, shuningdek ushbu masala boʻyicha milliy xavfsizlik organlarining fikri soʻraladi. Shu bilan birga mavjud hujjatlarning nusxalari arizachining iltimosi yuzasidan Maxsus komissiya uning mintaqada istiqomat qilishi va ishga joylashishi uchun real imkoniyatlar mavjudligini hisobga olgan holda xulosa chiqarishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tekshirish nihoyasiga yetib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Maxsus komissiyasining, shuningdek milliy xavfsizlik organlarining ijobiy xulosasi olinganidan soʻng rasmiylashtirilgan ishni arizachiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat berish toʻgʻrisidagi uzil-kesil qarorni qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligiga yuboradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur masalani hal etish chogʻida, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xulosasini soʻrab oladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni vakolatli organlarning har birida koʻrib chiqish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ijobiy qarori xorijiy fuqaroga, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga ushbu Nizomda belgilangan tartibda yashash guvohnomasini berish uchun asos hisoblanadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinishi mumkin. Shunday hollarda xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi hududini belgilangan muddatda tark etish taklif qilinadi, ular bosh tortishgan taqdirda esa mamlakatdan belgilangan tartibda chiqarib yuboriladilar.
IV. XORIJIY SHAXSGA, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSGA YASHASH GUVOHNOMALARINI VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXS GUVOHNOMASINI BERISH, ALMASHTIRISH VA AMAL QILISH MUDDATLARINI UZAYTIRISH TARTIBI
15. Xorijiy shaxs va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomalarini olish uchun ushbu Nizomning 3-bandidagi 2- va 4-xat boshida koʻrsatilgan shaxslar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
— Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha ariza;
— tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (birinchi marta olish chogʻida);
— xorijiy davlatning haqiqiy pasporti;
— vakolatli organlar tomonidan berilgan va arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat;
— kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat;
— istiqomat joyidan oila aʼzolari koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
— nikoh toʻgʻrisida guvohnoma.
16. Tuman (shahar) ichki ishlar organi ushbu Nizomning 3-bandidagi 2- va 4-xat boshida koʻrsatilgan toifadagi shaxslar taqdim etgan hujjatlarni mustaqil ravishda koʻrib chiqadi hamda yuqori ichki ishlar organi bilan kelishgan holda xorijiy shaxs yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday hollarda hujjatlarni koʻrib chiqishning ushbu Nizom III boʻlimida bayon etilgan tartibi talab qilinmaydi.
Mazkur hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 15 kundan oshmasligi kerak.
17. Xorijiy shaxslar uchun yashash guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi, ammo xorijiy davlat pasportining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak, 60 yoshga toʻlganda esa — xorijiy davlat pasporti amal qiladigan butun muddatga beriladi.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, 60 yoshga toʻlganda esa muddatsiz beriladi.
18. Yashash guvohnomasining amal qilish muddati 17-bandda belgilangan muddatlarga 5-martaga qadar uzaytiriladi, shundan soʻng u almashtiriladi.
19. Yashash guvohnomasi quyidagi hollarda almashtiriladi:
— familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganida;
— millatini, tugʻilgan yilini oʻzgartirganda;
— yozuvlardagi chalkashlik aniqlanganda;
— alohida belgilar uchun moʻljallangan varaqlar toʻlganda;
— amal qilish muddati tugaganda;
— foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.
20. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yashash guvohnomalarini almashtirish hamda ularning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun yashash guvohnomalarining amal qilish muddati tugashidan kechi bilan 10 kun avval istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
— belgilangan shakldagi ariza;
— yashash guvohnomasi;
— xorijiy davlatning haqiqiy pasporti;
— kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat.
Familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarishi, millati, tugʻilgan yili oʻzgartirilishi yoki yozuvdagi chalkashliklar aniqlanishi munosabati bilan yashash guvohnomasi almashtiriladigan hollarda mana shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.
21. Xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs yashash guvohnomasini olish yoxud uni almashtirish uchun tegishli yoshga yetgandan soʻng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganidan, millati, tugʻilgan yili oʻzgartirilgandan, yozuvlardagi chalkashliklar aniqlangandan va yashash guvohnomalari yaroqsiz holga kelgandan keyin bir oy muddatdan kechikmay hujjatlarni va fotosuratlarni taqdim etishlari lozim.
22. Yashash guvohnomasini almashtirish tartibida yoki yoʻqotilgani oʻrniga beriladigan shunday guvohnomaga ichki ishlar organlari tomonidan balogʻatga yetmagan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qayd etish, nikohdan oʻtish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi belgilar kiritilishi lozim.
23. Yashash guvohnomasini yoʻqotgan shaxs doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga yangi yashash guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etishi va davlat poshlinasi toʻlanganligi haqidagi kvitansiyani ilova qilishi shart. Bunday hollarda unga ushbu Nizomda belgilangan tartibda yangi yashash guvohnomasi beriladi.
24. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini olish uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
— Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha ariza;
— fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun yashash guvohnomasi;
— kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat.
25. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi 2 yil muddatga beriladi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddati ushbu bandda belgilangan muddatlarga 5-martaga qadar uzaytiriladi, shundan soʻng u almashtiriladi.
26. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi quyidagi hollarda almashtiriladi:
— familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganida;
— millatini, tugʻilgan yilini oʻzgartirganda;
— yozuvlarda chalkashlik aniqlanganda;
— alohida belgilar uchun moʻljallangan varaqlar toʻlganda;
— fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;
— foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.
27. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini almashtirish va uning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxslar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
— belgilangan shakldagi ariza;
— fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi;
— kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat.
Familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarishi, millati, tugʻilgan yili oʻzgartirilishi yoki yozuvdagi chalkashliklar aniqlanishi munosabati bilan fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasi almashtiriladigan hollarda mana shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxs chet elda boʻlgan paytda bu shaxs guvohnomasining amal qilish muddati tugagan hollarda u Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga murojaat qilishga haqlidir. Ana shu vakolatxona yoki muassasa Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi bilan kelishib olgandan soʻng fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddatini zarur muddatga uzaytirishi mumkin, ammo ikki yildan oshmasligi kerak.
28. Almashtirish tartibida yoki yoʻqotilgani oʻrniga beriladigan fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasida ichki ishlar organi tomonidan ikki yil muddatga chet elga chiqishga ruxsat beruvchi tegishli belgi qoʻyilishi lozim.
29. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi yoʻqolgani toʻgʻrisida fuqaroligi boʻlmagan shaxs u yoʻqotilgan joydagi ichki ishlar organiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga darhol maʼlum qilishi shart. Bunday hollarda ichki ishlar organi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga belgilangan tartibda yangi guvohnoma, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi esa — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha maʼlumotnoma beradilar.
30. Xorijiy shaxs va fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun yashash guvohnomalari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi quyidagi hollarda oʻz kuchini yoʻqotadi:
— xorijiy fuqaro doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketganida;
— fuqaroligi boʻlmagan shaxs chet elga joʻnab ketganida — fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddatini uzrli sabablarsiz uzaytirmagan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirishdan voz kechgan hollarda;
— xorijiy fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilganida yoki oʻz mamlakati fuqaroligidan chiqqanida;
— fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilganida;
— yashash guvohnomasini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini olish uchun mutlaqo yolgʻon maʼlumotlar yoxud soxta hujjatlar taqdim qilinganda.
31. Xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs vafot etgan hollarda yashash guvohnomalari yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi fuqarolik holatini qayd etish organlariga, chet ellarda esa — Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga topshiriladi, ular guvohnomani oʻlim roʻyxatga olingandan keyin qayd etish joyidagi ichki ishlar organlariga yuboradilar.
32. Hibsga olingan, shuningdek ozodlikdan mahrum etishga yoki qamoqqa hukm qilingan shaxsdan yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud organi tomonidan olib qoʻyiladi va uning istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga yuboriladi. Hibsdan ozod qilinganda yoki jazoni oʻtab boʻlgandan keyin yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi uning egasiga qaytariladi.
33. Yashash guvohnomasini va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berish hamda uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda davlat poshlinasi undirib olinadi.
Yashash guvohnomasini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berish va amal qilish muddatini uzaytirish uchun toʻla davlat taʼminotida boʻlgan shaxslar davlat poshlinasi toʻlashdan ozod qilinadilar.
34. Ushbu Nizomni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan gerbli va vizali muhrlarning, shtamplar, blanklarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
35. Topib olingan yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi ichki ishlar organlariga topshirilishi lozim.
36. Xorijiy fuqarodan va fuqaroligi boʻlmagan shaxsdan yashash guvohnomasini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini olib qoʻyish man etiladi (Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno), shuningdek garovga olib turish va boshqa shaxsga berish taqiqlanadi.
37. Xorijiy fuqaro va fuqaroligi boʻlmagan shaxs yashash guvohnomasini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini avaylab asrashlari shart.
38. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Nizomning talablarini buzganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladilar.
39. Mazkur Nizomning bajarilishi ichki ishlar organlari va joylardagi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimcha va oʻzgartishlar
1. Nizomning 3-bet yuqoridan 6-7-satrlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” deb tuzatilsin.
2. 6-bet yuqoridan 7-satrdagi “fuqarolikdan chiqqanligini” soʻzlari “fuqarolikdan voz kechganligini” deb tuzatilsin. Shu bet pastdan ikkinchi satrdagi “yoki shu hududda” soʻzlari “va shu hududda” deb tuzatilsin.
3. 7-bet pastdan 3 va 5-satrlardagi “Oliy Kengashi” soʻzlari “Oliy Majlisi” deb tuzatilsin.
4. 9-bet pastdan birinchi satrdagi “Prezidenti huzuridagi” soʻzlari olib tashlansin.
Shu bet pastdan 12-satr quyidagi yangi tahrirda berilsin:
“Iltimosnomalar boʻyicha materiallar ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan albatta xulosa olgan holda mazkur Nizom II (b) boʻli-”
6. 13-bet yuqoridan 5-satrdagi “bu vazirlik” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy Xavfsizlik xizmatidan xulosalar olib” degan soʻzlar qoʻshib qoʻyilsin.
7. Shu 13-bet pastdan 8-satrdagi “ichki ishlar organlari” soʻzlaridan keyin “yoxud konsullik muassasalari” degan soʻzlar qoʻshib qoʻyilsin. Yana shu bet pastdan 5-satrdagi “ichki ishlar organlari” soʻzlari oʻrniga “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi” soʻzlari yozilsin.
8. 14- bet pastdan 9-satrdagi “ariza boʻyicha hujjatlar” soʻzlari “ariza boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni koʻrib chiqish tartibi” deb yozilsin. Shu bet pastdan 7-satrdagi “rasmiylashtiriladi” soʻzi “amalga oshiriladi” deb tuzatilsin.
9. 17-bet pastdan 1-satr quyidagi yangi tahrirda yozilsin: “chiqish muddati bir oydan, umumiy muddati esa — fuqarolik masalalari boʻyicha hujjatlar ochilgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.”
10. 18-betning oxiriga mazmuni quyidagicha boʻlgan 5-band ilova qilinsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari va konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan shakllar boʻyicha fuqarolik masalalariga oid maʼlumotnomalarni beradilar.”