1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.04.00.00 Hudud / 19.04.03.00 Chegara masalalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.07.00 Migratsiya masalalari. Kirish va chiqish]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Bitim
DAVLAT ChEGARASI ORQALI OʻTKAZISh PUNKTLARI TOʻGʻRISIDA
2007-yil 18-oktabr, Ashxobod
LexUZ sharhi
Ushbu Bitim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-dekabrdagi PQ–759-sonli “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan
(2008-yil 7-yanvardan kuchga kirgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchi,
fuqarolarni, transport vositalarini, yuklarni, tovarlarni, hayvonlarni va boshqa mulkni oʻzbek-turkman chegarasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish zaruratiga amal qilib,
noqonuniy migratsiya, qurol, narkotik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlari kontrabandasini aniqlash va oldini olish, shuningdek epidemiya va epizootiyalar tarqalishining oldini olish boʻyicha birgalikda va oʻz vaqtida choralar koʻrish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Shaxslarning va transport vositalarining oʻzbek-turkman davlat chegarasini kesib oʻtishlari va shuningdek tovarlarni, hayvonlarni va boshqa mulklarni olib oʻtkazish uchun Tomonlar davlat chegarasidan xalqaro, ikki tomonlama va soddalashtirilgan, ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan ilovasida koʻrsatilgan oʻtkazish punktlarini (bundan keyin-oʻtkazish punktlari) oʻrnatadilar.
Xalqaro oʻtkazish punktlari shaxslarni, transport vositalarini, tovarlarni, yuklarni, hayvonlarni va boshqa mulkni oʻtkazishga xizmat qiladi.
Ikki tomonlama punktlar Tomonlar davlatlarining fuqarolarini, transport vositalarini, tovarlarini, yuklarini, hayvonlarini va boshqa mulkini oʻtkazishga xizmat qiladi.
Soddalashtirilgan oʻtkazish punktlari Tomonlar davlatlarining yayov yuruvchi fuqarolarini oʻzbek-turkman davlat chegarasidan oʻtkazish uchun xizmat qiladi.
Oʻtkazish punktlarining ishi (ish rejimi) Tomonlarning kelishuvlariga muvofiq ushbu Bitimning ilovasiga binoan, kechayu kunduz yoki sutkaning yorugʻ vaqti davomida amalga oshiriladi.
Ish rejimiga rioya etishni nazorat qilish va shuningdek fuqarolarni, transport vositalarini, tovarlarni, yuklarni, boshqa mulkni va hayvonlarni oʻtkazish tartibi Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari kelishuviga koʻra oʻrnatiladi.
4- modda
Fuqarolarning, transport vositalarining, yuklarning, tovarlarning, boshqa mulkning va hayvonlarning chegara, bojxona tomonidan nazorati va zarurat tugʻilganda nazoratning boshqa turlari (bundan keyin-nazorat) oʻtkazish punktlarida Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga va ular ishtirok etayotgan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
5- modda
Oʻtkazish punktining tegishli faoliyatini taʼminlash uchun Tomonlardan har biri oʻz davlati hududida zarur infratuzilma yaratadi.
6- modda
Yangi oʻtkazish punktlarini ochish, mavjudlarini bekitish (shu jumladan soddalashtirilgan oʻtkazish punktlari) yoki maqomini va ish rejimini oʻzgartirish Tomonlar diplomatik kanallari orqali kelishiladi va mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan bayonnomalar bilan rasmiylashtiradilar.
7- modda
Mazkur Bitim kuchga kirgan sanadan 30 kun davomida Tomonlar uning qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq vakolatli organlar va ularning vazifalari toʻgʻrisida bir-birlarini yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Tomonlar oʻz vaqtida bir-biriga diplomatik kanallar orqali vakolatli organlarining nomlari yoki ularning vazifalarida har qanday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabar beradilar.
Mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha vakolatli organlar bevosita birgalikda harakat qiladilar.
8- modda
Tomonlar qaroriga koʻra, favqulodda hollarda (epidemiya, epizootiya, tabiiy ofat va h.k.), Tomonlar vaqtincha fuqarolarni, transport vositalarini, yuklarni, tovarlarni, boshqa mulkni va hayvonlarni chegara orqali oʻtkazishni toʻxtatib qoʻyishlari mumkin.
Bu holda bunday choralarni qoʻllagan Tomon oldindan, kechi bilan 24 soat ilgari, boshqa Tomonni bunday choralar qoʻllagani yoki bekor qilingani toʻgʻrisida xabardor qiladi.
9-modda
Mazkur Bitim Tomonlarning oʻzlari ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
10-modda
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra mazkur Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, ular alohida bayonnomalar koʻrinishida rasmiylashtiriladi va mazkur Bitimning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
11-modda
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda bahslar va kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Tomonlar ularni muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal qiladilar.
12-modda
Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi xabarnoma olingan kundan kuchga kiradi va 5 yil davomida amal qiladi. Agar tomonlardan biri navbatdagi besh yillik muddat tugunga qadar 6 oy ilgari boshqa Tomonni Bitim amalini toʻxtatish istagi borligi toʻgʻrisida yozma xabardor qilmasa, har safar uning amali navbatdagi 5 yil muddatga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ashxobod shahrida 2007-yil 18-oktabrda (Garashsizlik) ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish uchun rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida Bitimga ILOVA
Davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasining oʻtkazish punktlarining nomlari
Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan oʻrni
Turkmanistonning oʻtkazish punktlarining nomlari
Turkmanistondagi joylashgan oʻrni
Oʻtkazish punktlarining maqomi
Ish rejimi
1.
Boldir— temir yoʻli
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani
Okdaryo — temir yoʻli
Lebap viloyati Koytendog etrapi Okdaryo stansiyasi
Xalqaro
Kechayu kunduz
2.
Tallimarjon—temir yoʻli
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani
Tellimerjen—avto yoʻli
Lebap viloyati Turkmanbashi etrapi
Ikki tomonlama
Kunning yorugʻ vaqti
3.
Tallimarjon—temir yoʻli
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani
Tellimerjen—temir yoʻli
Lebap viloyati Turkmanbashi etrapi Tellimerjen stansiyasi
Xalqaro
Kechayu kunduz
4.
Olot—avto yoʻli
Buxoro viloyati Olot tumani
Farap—avto yoʻli
Lebap viloyati Farap etrapi
Xalqaro
Kechayu kunduz
5.
Xojidavlat — temir yoʻli
Buxoro viloyati Olot tumani
Farap—temir yoʻli
Lebap viloyati Farap etrapi Farap stansiyasi
Xalqaro
Kechayu kunduz
6.
Doʻstlik—avto yoʻli
Xorazm viloyati Xazorasp tumani
Gaz odjak — avto yoʻli
Lebap viloyati Birata etrapi
Xalqaro
Kunning yorugʻ vaqti
7.
Pitnak—temir yoʻli
Xorazm viloyati Xazorasp tumani
Gazodjak —temir yoʻli
Lebap viloyati Birata etrapi
Xalqaro
Kechayu kunduz
8.
Shovot—avto yoʻli
Xorazm viloyati Shovot tumani
Dashoguz—avto yoʻli
Dashoguz viloyati S.Niyazov etrapi
Xalqaro
Kunning yorugʻ vaqti
9.
Hoʻjayli—avto yoʻli
Qoraqalpogʻiston Resp�blikasi Hoʻjayli tumani
Kunya—Urganch —avto yoʻli
Dashoguz viloyati Kunya—Urganch etrapi
Xalqaro
Kunning yorugʻ vaqti
10.
Shovot—temir Yoʻli
Xorazm viloyati Shovot tumani (449-razyezd)
Dashoguz— temir yoʻli
Dashoguz shahri Dashoguz stansiyasi
Xalqaro
Kechayu kunduz
11.
Naymankoʻl — temir yoʻli
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Hoʻjayli tumani
Galkinish — temir yoʻli
Dashoguz viloyati Koneurgench etrapi Taxiatash stansiyasi
Xalqaro
Kechayu kunduz
12.
Djumurtau — temir yoʻli
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani
Gubadag — temir yoʻli
Dashoguz viloyati Gubadag etrapi Gubadag stansiyasi
Xalqaro
Kechayu kunduz
(ilova “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida 2007-yil 18-oktabrda imzolangan Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2015-yil 8-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)