1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
AHOLINING KENG QATLAMI, ShU JUMLADAN YoSh OILALAR UChUN UY-JOY QURILIShINI VA REKONSTRUKSIYA QILIShNI MOLIYALAShTIRISh VA KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1727-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 15-sentabrdagi 24/6-son qarori (roʻyxat raqami 1727, 2007-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 425-modda) bilan tasdiqlangan Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 9-iyun,
17/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/3-son qaroriga ILOVA
Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band “asosiy” degan soʻzdan keyin “yoki ikkilamchi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 6-band “532-son qarori” degan soʻzlardan keyin “(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 12-son, 70-modda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 29-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(2007-yil 18-iyul, roʻyxat raqami 1697, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil,” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 1697, 2007-yil 18-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y.,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi VI bob bilan toʻldirilsin:
“VI. Yakuniy qoida
36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 281-modda)