1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.02.00 Poytaxt;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT VILOYaTIDA TURGAN JOYI BOʻYIChA HISOBGA OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21 mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2366 ]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 16-maydagi 79-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2804, 28.06.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 37-son, 375-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 16-son, 179-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-may,
74-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 20-maydagi 74-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda fuqarolar deb yuritiladi) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish (keyingi oʻrinlarda hisobga olish deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
2. Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan olti oygacha muddatga (oʻqish uchun taʼlim muassasasiga kelgan shaxslar uchun – oʻqish davriga) amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish, shuningdek doimiy ishga va ijtimoiy kafolatlarga ega boʻlish uchun asos hisoblanmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.
Hisobga qoʻyilgan fuqaro hisobga olish muddatidan ortiq boʻlmagan davrda vaqtincha ishga ega boʻlish huquqiga egadir.
3. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga oʻxshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning maʼmuriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
II bob. Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olishni rasmiylashtirish
4. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʻzi vaqtincha turgan joydagi militsiya tayanch punktiga (keyingi oʻrinlarda MTP deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun – tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va 35x45 mm oʻlchamli ikkita fotosurat;
mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi);
turar joy uchun hujjatlarning nusxalari;
hisobga olish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
5. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan keyin MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroning arizasini mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yuritiladigan “Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi”ga qayd etadi hamda shu kunning oʻzida mazkur Yoʻriqnomaning 4, 4a, 5 va 5a-ilovalariga muvofiq fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahri (Toshkent viloyatida) turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga qayd varagʻi (keyingi oʻrinlarda qayd varagʻi deb yuritiladi) beradi.
Qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan, qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
MTP profilaktika (katta) inspektori qayd varagʻini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta hisobga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
6. 16 yoshga toʻlmagan shaxsni hisobga olishni rasmiylashtirishda uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik turar joy maydoni bergan turar joy mulkdori (mulkdorlari) zimmasiga yuklanadi.
7. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroni hisobga olish yigʻma jildi ochadi va ularni ushbu yigʻma jildga tikib qoʻyadi.
Fuqaroga turar joy maydoni bergan turar joy mulkdorining yozgan arizasi (roziligi) MTPda yuritiladigan “Fuqarolarni qabul qilish kitobi”ga qayd etiladi.
8. Ariza beruvchining pasportida va turar joyning uy daftariga (propiska kartochkasiga) hisobga olish toʻgʻrisida belgi qoʻyilmaydi.
9. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olingan fuqaro hisobga olingan joyida yashashi kerak.
10. MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroga qayd varagʻini bergandan keyin besh kun ichida ushbu fuqaroni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Toshkent shahar IIBB deb yuritiladi) Manzil-maʼlumotnoma byurosidan, shuningdek bir hafta ichida uning qidiruvda emasligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb yuritiladi) Axborot markazidan tekshiradi.
Tekshirish natijasida hisobga olingan fuqaro qidiruvda boʻlganligi aniqlangan taqdirda MTP profilaktika (katta) inspektori zudlik bilan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda TShIIB deb yuritiladi) boshligʻiga bildirgi orqali maʼlum qiladi.
11. Taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan fuqarolar oʻqish davri uchun hisobga olinadi. Bunda, taʼlim muassasasi tomonidan fuqaroning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidan nusxa (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma boʻlgan taqdirda 35x45 mm oʻlchamli ikkita fotosurat) va turar joy bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tegishli MTPga taqdim etiladi. Agar fuqaro oliy oʻquv yurtiga qabul qilingan boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga hisobga olish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya ham yuboriladi.
12. Fuqaro taʼlim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, taʼlim muassasasining rozilik xati asosida fuqaro tanlagan joyi boʻyicha MTP tomonidan hisobga olinadi.
13. Fuqaroning taʼlim olishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilganda, fuqaro akademik taʼtil olganda yoki taʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlashtirilganda, ushbu muassasa tegishli qaror qabul qilib, muddati oʻtmagan qayd varagʻini taʼlim olgan fuqarodan olib, shu kunning oʻzida xabarnoma bilan birga tegishli MTPga yuboradi.
14. Profilaktika (katta) inspektori MTPda mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yuritiladigan “Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi”ga fuqaroning hisobga olinganligi bekor qilinganligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritib, bir kunda Toshkent shahar IIBB Manzil-maʼlumotnoma byurosiga mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq xabarnoma yuboradi.
15. Qayd varagʻi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda fuqaro hisobga olingan MTPga shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varagʻi yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi holatlarini koʻrsatib, qayd varagʻining dublikatini rasmiylashtirish toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
16. MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroning qayd varagʻi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelganligi yuzasidan yozgan arizasini qabul qilib, arizada koʻrsatilgan manzilda ushbu fuqaroning hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tekshiradi. Fuqaroning arizada koʻrsatilgan turar joyda hisobga olinganligi tasdiqlangan taqdirda ariza beruvchiga oʻsha kunning oʻzida qayd varagʻining dublikatini rasmiylashtirib beradi va mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yuritiladigan “Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi”ning “izoh” ustuniga “dublikat” deb qizil rangda yozib qoʻyadi.
17. Fuqaro hisobga olingan muddat davomida hisobga olingan turar joydan boshqa manzildagi turar joyga yashashga oʻtsa, yangi turar joyi boʻyicha MTPga mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni (ikkinchi va sakkizinchi xatboshida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari), mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq arizani, shuningdek avvalgi turar joyi boʻyicha hisobga olinganligini tasdiqlovchi qayd varagʻini taqdim etadi.
18. MTP profilaktika (katta) inspektori taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilib, mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yuritiladigan “Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi”ga qayd qiladi.
19. MTP profilaktika (katta) inspektori shu kunning oʻzida qayd varagʻida koʻrsatilgan muddatga yangi qayd varagʻini rasmiylashtirib beradi va eski qayd varagʻini fuqaroning oldingi hisobga olingan joyi boʻyicha MTPga yuboradi.
20. MTP profilaktika (katta) inspektori taqdim etilgan hujjatlar asosida yigʻma jild ochadi va bir vaqtning oʻzida Toshkent shahar IIBBning Manzil-maʼlumotnoma byurosiga mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq xabarnoma yuboradi.
III bob. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha qayta hisobga olish
21. Oxirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish masalasini koʻrib chiqish IIV Huquqbuzarlikni oldini olish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda IIV HOOBB deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun fuqaro qayd varagʻi muddati tugashidan kamida oʻn besh kun oldin turgan joyiga xizmat koʻrsatuvchi MTPga mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar (ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatdan tashqari) bilan birga mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq qayta hisobga olinishi yuzasidan ariza taqdim etadi.
Ariza mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq “Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha qayta hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi”ga qayd etiladi.
22. Ariza qayd etilgandan, hujjatlar oʻrganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin MTP profilaktika (katta) inspektori toʻplangan hujjatlar asosida fuqaroga mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandida nazarda tutilgan yigʻma jild ochadi va shu kunning oʻzida ularni TShIIB Huquqbuzarlikni oldini olish boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda HOOB deb yuritiladi) taqdim etadi.
23. TShIIB HOOB masʼul xodimi uch kun muddatda hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini tekshiradi hamda oʻrganish yakunlari boʻyicha ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, hisobga olishni takroran rasmiylashtirishning maqsadlarini va ariza beruvchining oldingi hisobga olish davridagi faoliyati turini, shuningdek turar joy maydoni beradigan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma tayyorlaydi.
24. TShIIB HOOB bir sutka mobaynida koʻrib chiqilgan materiallarni Toshkent shahar IIBBning va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati IIB deb yuritiladi) HOOBga yuboradi. Toshkent shahar IIBBning va Toshkent viloyati IIBning HOOB bir sutka mobaynida ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kompyuter bazasiga kiritadi va TShIIB HOOB maʼlumotnomasini oʻrganib, mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq xulosa tayyorlab, materiallarni IIV HOOBBga yuboradi.
25. IIV HOOBB materiallarni uch kun muddatda koʻrib chiqib, hisobga olishni takroran rasmiylashtirishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq qaror qabul qiladi va bir sutka mobaynida Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIB HOOBni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
26. Fuqaroning oxirgi hisobga olingan muddat davomida jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ikki va undan ortiq marotaba maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi uni qayta hisobga olinishini rad etish uchun asos boʻladi.
27. Toshkent shahar IIBB HOOB va Toshkent viloyati IIB HOOB bir sutka ichida IIV HOOBB qarorini ijro etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani tegishli TShIIB HOOBga yuboradi. TShIIB HOOB bir sutka mobaynida ushbu koʻrsatmani MTP profilaktika (katta) inspektoriga yetkazadi.
28. IIV HOOBBning qarori ijobiy boʻlgan taqdirda MTP profilaktika (katta) inspektori bir sutka mobaynida ariza beruvchini xabardor qiladi va belgilangan tartibda fuqaroga qayd varagʻini takroran rasmiylashtirib beradi, qaror salbiy boʻlgan taqdirda esa – ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi hamda uni ichki ishlar organi tomonidan belgilanadigan muddatda Toshkent shahridan va Toshkent viloyatidan chiqib ketish majburiyati toʻgʻrisida ogohlantiradi.
IV bob. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olingan fuqarolar toʻgʻrisida oʻzaro maʼlumotlar almashish
29. MTP profilaktika (katta) inspektori ariza beruvchiga qayd varagʻi berilgandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IIV belgilagan shakldagi MTPning kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
Fuqaro Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olinganda MTP profilaktika (katta) inspektori mazkur Yoʻriqnomaning 14-ilovasiga muvofiq ikki nusxada fuqaroning kelish varaqasini toʻldiradi hamda bir sutkada TShIIB HOOBga taqdim etadi.
30. TShIIB HOOB MTPdan olingan kelish varaqalarini haftasiga ikki marta Toshkent shahar IIBBning Manzil-maʼlumotnoma byurosiga yuboradi. Bir vaqtning oʻzida fuqarolarni hisobga olish toʻgʻrisidagi kelish varaqalari tegishli TShIIBning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda XChK va FRB deb yuritiladi) yuboriladi.
TShIIB XChK va FRB kelish varaqalaridagi maʼlumotlarni kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritgandan keyin ularni real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʻi boʻyicha IIV XChK va FRBning markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
31. IIV XChK va FRB har oyda maʼlumotlarni uzatish idoraviy tarmogʻi boʻyicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan fuqarolarning roʻyxatlarini (elektron shaklda) ularning doimiy yashash joyi boʻyicha tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining XChK va FRBlariga yuboradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining XChK va FRBlari fuqaroning doimiy yashash joyidagi TShIIB XOOBga fuqaroning Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida hisobga olinganligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
32. MTP profilaktika (katta) inspektori mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasiga muvofiq hisobotlarni har oyning yakunida TShIIB HOOBga taqdim etadi. TShIIB HOOBlari oʻz navbatida barcha MTPlarning hisobotlarini umumlashtirib, Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIB HOOBga taqdim etadi. Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB HOOBlari barcha TShIIB HOOBlarining hisobotlarini har oy yakuni boʻyicha umumlashtirib, keyingi oyning 5-sanasiga qadar IIV HOOBBga taqdim etadi.
V bob. Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish ishlari ustidan nazoratni tashkil etish
33. TShIIB rahbariyatining koʻrsatmasiga asosan TShIIB HOOB masʼul xodimlari MTP profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish borasida amalga oshirayotgan ishlarining ahvolini har oyda ikki marotaba oʻrganib chiqadi. Oʻrganish jarayonida profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi.
34. Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida ularning masʼul xodimlari har chorakda TShIIB HOOBlari hamda MTP profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish ishlarining ahvolini oʻrganib chiqadi va TShIIB HOOB hamda MTP profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilaydi.
35. IIV rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida IIV HOOBB masʼul xodimlari bir yilda kamida ikki marotaba Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB HOOBlari, TShIIB HOOBlari va MTPlar tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish ishlarining ahvolini oʻrganib chiqadi va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.
VI bob. Qayd varagʻini tayyorlash va hisobini yuritish
36. Qayd varaqlari himoyalangan maxsus blankada “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 120x80 mm oʻlchamda tayyorlanadi, seriya (Toshkent shahri uchun “TSh” seriya, Toshkent viloyati uchun “TV” seriya) va tartib raqamiga ega boʻladi.
Qayd varaqlari mazkur Yoʻriqnomaning 16-ilovasiga muvofiq IIV HOOBBda yuritiladigan “Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobi”ga kirim qilinib, Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBga tarqatiladi.
IIV HOOBBdan olingan qayd varaqlari Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB HOOBda mazkur Yoʻriqnomaning 16-ilovasiga muvofiq yuritiladigan “Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobi”ga kirim qilinib, TShIIB HOOBlarga tarqatiladi.
37. TShIIB HOOBlari tomonidan oʻz navbatida ushbu qayd varaqlar mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq yuritiladigan “Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobi”ga qayd qilinib, qatʼiy hisobi yuritiladi hamda xizmatda foydalanish uchun profilaktika (katta) inspektorlariga tarqatiladi. Profilaktika (katta) inspektorlari xizmatda foydalanish uchun olgan qayd varaqlarini belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlaydi.
Qayd varaqlariga bosiladigan muhr mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanib, nazorat litsenziyalash faoliyatini tashkil etish tizimi bilan kelishiladi hamda Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB HOOBlari tomonidan ichki ishlar organlarida yuritiladigan muhrlarni hisobga olish kitobi orqali MTPlarga tarqatiladi. Ushbu muhr profilaktika (katta) inspektori tomonidan belgilangan tartibda MTP seyfida saqlanishi taʼminlanadi.
VII bob. Yakuniy qoidalar
38. Mazkur Yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Turar joy boʻlmagan binolarga fuqarolarni hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaxslar toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
39. Mazkur Yoʻriqnomaning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
40. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Bosh prokuror R. QODIROV
2012-yil 30-aprel
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYaTOV
2012-yil 30-aprel
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
2012-yil 30-aprel
Xalq taʼlimi vaziri T. ShIRINOV
2012-yil 30-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
_________________ tuman (shahar) _____-son militsiya tayanch punkti
profilaktika (katta) inspektori
___________________________ ga
_________ yilda tugʻilgan fuqaro _____________________________
(F.I.O.)
_________________________ dan
A R I Z A
Meni (16 yoshga toʻlmagan farzandlarim bilan birga) jami ______ kishini ______________________ muddatga
qancha muddatga
tanishim (qarindoshim) ____________________________________________ ning quyidagi manzildagi:
(F.I.O.)
__________ tuman (shahar), ___________ mahallasi, __________ koʻchasi, ___ uy, ___ xonadoniga hisobga olishingizni soʻrayman.
Vaqtinchalik yashashga kelishdan maqsadim ___________________________________________________.
��Ariza beruvchining imzosi ___________ 20__ yil “____” ________________
____ seriyali _______-sonli qayd varagʻini oldim.
20__ yil “____” _____________. Ariza beruvchining imzosi _______________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
________________ tuman (shahar) _____-son militsiya tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori
___________________________ ga
_________ yilda tugʻilgan fuqaro _________________________ dan
(F.I.O
A R I Z A
(R O Z I L I K)
Men ______________________________________________________________ oʻzimga tegishli boʻlgan
____________________________________________________________ vaqtinchalik yashashiga roziman.
(F.I.O.)
Shaxsimni tasdiqlovchi va uy-joy hujjatlarining nusxalarini ilova qilaman.
Ariza beruvchining imzosi _______________
20__ yil “____” ________________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/ Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)
___-sonli militsiya tayanch punkti
Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish
K I T O B I
Boshlandi: 20____ yil “____” _____________
Tamom boʻldi: 20____ yil “____” ____________
Kitobning ichki koʻrinishi
Chap tomoni
T. r.
Ariza beruvchi va u bilan birga kelgan 16 yoshga toʻlmagan farzandlarining F.I.O., tugʻilgan sanasi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami
Ariza beruvchining doimiy turar joyi
Ariza qayd etilgan sana
Ariza beruvchi hisobga olingan turar joy
Oʻng tomoni.
Turar joy bergan mulkdorning doimiy yashash manzili, telefon raqami
Hisobga olingan shaxsning kelish varaqasi Manzil-maʼlumotnoma byurosiga yuborilgan sana
Qayd varagʻining raqami, berilgan sanasi va muddati
Hisobdan chiqarilgan sana
Izoh
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Old tomoni
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga TSh ____-son
9. Kelishdan maqsadi ______________________________________________________________________
10. ____ yil “____” _____________ gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati
11. Qayd varagʻini bergan organ ____________________________________________________________
12. Qayd varagʻini bergan mansabdor shaxsning imzosi
_____________________________________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “____” _____________________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4a-ILOVA
Old tomoni
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga TSh ____-son
QAYD VARAGʻI (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun)
9. Kelishdan maqsadi _____________________________________________________________________
10. ____ yil “___” ______________gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati
11. Qayd varagʻini bergan organ ____________________________________________________________
12. Qayd varagʻini bergan mansabdor shaxsning imzosi
_____________________________________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20__ yil “____” _____________________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ilova
Old tomoni
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga TV ____-son
9. Kelishdan maqsadi _____________________________________________________________________
10. ____ yil “____” ______________gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati
11. Qayd varagʻini bergan organ ____________________________________________________________
12. Qayd varagʻini bergan mansabdor shaxsning imzosi
_____________________________________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20__ yil “____” ______________________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5a-ilova
Old tomoni
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga TV ____-son
QAYD VARAGʻI (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun)
9. Kelishdan maqsadi _____________________________________________________________________
10. ____ yil “___” _______________gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati
11. Qayd varagʻini bergan organ ____________________________________________________________
12. Qayd varagʻini bergan mansabdor shaxsning imzosi
_____________________________________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20__ yil “____” _____________________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Manzil-maʼlumotnoma byurosiga
2. Tugʻilgan sanasi ____ yil “____” ______________
3. Tugʻilgan joyi _______________________________________________________________________
4. Hisobga olingan manzil _______________________________________________________________
5. Pasport seriyasi ____ raqami _________, _____________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan ________ yil __________ da berilgan
6. Hisobga olingan muddat ____________________
7. Muddatidan oldin hisobdan chiqarilishi sababi ____________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
________________ tuman (shahar) _____-son militsiya tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori
___________________________ ga
________ yilda tugʻilgan fuqaro _________________________ dan
(F.I.O.)
A R I Z A
Men (16 yoshga toʻlmagan farzandim _________________________________________________)
(F.I.O.)
20___ yil “____” _________________ dan hozirgi kunga qadar tanishim
(qarindoshim) ___________________________________________________ ning quyidagi manzildagi:
___________________ mahallasi ___________ koʻchasi ____ uy, _____ xonadonda hisobga olingan edim.
Menga (16 yoshga toʻlmagan farzandim ____________________________________________________ ga)
(F.I.O.)
yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha qayd varagʻi berilgan edi. Ushbu qayd varagʻini yoʻqotib qoʻyganligim (yaroqsiz holga kelganligi) sababli uning dublikatini rasmiylashtirib berishingizni soʻrayman.
Ariza beruvchining imzosi ______________
20__ yil “____” __________________
___ seriyali _______-sonli qayd varagʻini oldim.
20__ yil “____” ______________Ariza beruvchining imzosi _______________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
________________ tuman (shahar) _____-son militsiya tayanch punkti
profilaktika (katta) inspektori
___________________________ga
________ yilda tugʻilgan fuqaro _____________________________
(F.I.O.)
_________________________ dan
A R I Z A
Men (16 yoshga toʻlmagan farzandlarim bilan) jami ________ kishi,
20____ yil “____” ____________ dan hozirgi kunga qadar tanishim (qarindoshim) ________________________________________________________________________________ ning
(F.I.O)
quyidagi manzildagi: __________ tuman (shahar), __________ mahallasi ________, koʻchasi, ___ uy, ___ xonadonda hisobga olingan edim.
Menga (16 yoshga toʻlmagan farzandlarimga) yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha qayd varagʻi berilgan edi. Hozirgi kunda men quyidagi manzilga: __________ tuman (shahar), __________ mahallasi, __________ koʻchasi, ____ uy, _____ xonadonga yashash uchun oʻtganligim sababli meni (16 yoshga toʻlmagan farzandlarimni) mazkur manzil boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman.
Ariza beruvchining imzosi __________ 20__ yil “____” ________________
___ seriyali _______ sonli qayd varagʻini oldim.
20__ yil “____” ___________ Ariza beruvchining imzosi _______________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarlikni oldini olish bosh boshqarmasi boshligʻi
________________________________ ga
____ yilda tugʻilgan fuqaro
_______________________________ dan
(F.I.O.)
ARIZA
Meni 16 yoshga toʻlmagan farzandlarim bilan birga) jami _______ kishini
_____________ muddatga tanishim (qarindoshim) _________________________________________ning
quyidagi manzildagi: ___________ tuman (shahar), ___________ mahallasi, _________ koʻchasi, _____ uy,
____ xonadonga qayta hisobga olishingizni soʻrayman.
Vaqtinchalik yashashga kelishdan maqsadim ____________________________________________________
Ariza beruvchining imzosi __________ 20__ yil “____” _______________
___ seriyali _______-sonli qayd varagʻini oldim.
20__ yil “____” _____________ Ariza beruvchining imzosi _____________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/ Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)
___-sonli militsiya tayanch punkti
Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha qayta hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish
KITOBI
Boshlandi:
20____ yil “____” _________
Tamom boʻldi:
20____ yil “____” _________
Chap tomoni.
T. r.
Ariza beruvchining F.I.O., tugʻilgan sanasi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami
Ariza beruvchining doimiy turar joyi
Ariza qayd etilgan sana
Ariza beruvchining vaqtinchalik turar joyi
Oʻng tomoni.
Ariza beruvchi bilan birga hisobga olingan 16 yoshga toʻlmagan farzandlarining F.I.O., tugʻilgan sanasi
Vaqtinchalik turar joy bergan mulkdorning doimiy yashash manzili, telefon raqami
Qayta hisobga olingan shaxsning kelish varaqasi Manzil-maʼlumotnoma byurosiga yuborilgan sana
Qayd varagʻi raqami, berilgan sanasi va muddati
Hisobdan chiqarilgan sana
Izoh
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 11-ILOVA
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi / Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarlikni oldini olish boshqarmasi boshligʻi
________________________________ ga
(F.I.O.)
MAʼLUMOTNOMA
Men, ________________________________________________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi
(boʻlimi) Huquqbuzarlikni oldini olish boʻlimi (boʻlinmasi) (katta) inspektori,
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)
boshligʻi oʻr�nbosari ___________________
____________
(F.I.O.)
(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 12-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
____________________________
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi / Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarlikni oldini olish boshqarmasi boshligʻi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/ Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Huquqbuzarlikni oldini olish boshqarmasi (katta) inspektori,
_____________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) Huquqbuzarlikni oldini olish boʻlimi (boʻlinmasi)ning ________ yilda tugʻilgan fuqaro _______________________________________ ning qayta hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar yigʻma jildi bilan tanishib chiqib quyidagilarni aniqladim:
Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqaro _________________________________________________ ni
_____________________________ muddatga qayta hisobga olinishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi /
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Huquqbuzarlikni oldini olish boshqarmasi
(katta) inspektorining imzosi _________________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 13-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarlikni oldini olish bosh boshqarmasi boshligʻi
20____ yil “____” ____________________
Fuqaro _____________________________________________________________________________ ni
(F.I.O.)
qayta hisobga olish/ qayta hisobga olishni rad etish haqida
QAROR
Men, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarlikni oldini olish bosh boshqarmasi (katta) inspektori _______________________________________________________________________
(F.I.O., unvoni)
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/ Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarlikni oldini olish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan, _________________________ yilda tugʻilgan fuqaro ____________________ ning qayta hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar yigʻma jildi hamda xulosasi bilan tanishib chiqib quyidagilarni aniqladim:
fuqaro ___________________________, _______________ muddatga qayta hisobga olinsin/qayta hisobga olinishi rad etilsin.
Qabul qilingan qaror fuqaro ___________________________________________________ ga yetkazilsin.
Mazkur qaror ijro uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarlikni oldini olish boshqarmasiga yuborilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Huquqbuzarlikni oldini olish bosh boshqarmasi
(katta) inspektori ___________________________
____________
(F.I.O., unvoni)
(imzo)
20___ yil “____” _______________
“ROZIMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
IIV HOOBB boshligʻi
oʻrinbosari ___________________________
____________
(F.I.O., unvoni)
(imzo)
20___ yil “____” ________________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 14-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 15-ILOVA
20__ yilning ___oyi mobaynida Toshkent shahri/Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T.r.
Mintaqalar
Jami
Toshkent shahri/Toshkent viloyati tuman (shahar)lari
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2.
Andijon
3.
Buxoro
4.
Jizzax
5.
Navoiy
6.
Namangan
7.
Samarqand
8.
Sirdaryo
9.
Surxondaryo
10.
Fargʻona
11.
Xorazm
12.
Qashqadaryo
13.
Toshkent vil.
14.
Toshkent sh.
Jami
Hisobga olingan muddat
1.
1 oygacha
2.
3 oygacha
3.
6 oygacha
4.
Jami
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 16-ILOVA
Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobi
1-boʻlim. Kirim.
T. r.
Kirim qilingan hujjatning raqami va sanasi
Kimdan kelib tushdi
Soni
Seriyasi
Raqamlari dan gacha
Eslatma
2-boʻlim. Chiqim.
T. r.
Kirim qilingan hujjatning raqami va sanasi
Olib ketgan ichki ishlar organi nomi
Soni
Seriyasi
Raqamlari dan gacha
Eslatma
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 17-ILOVA
Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobi
1-boʻlim. Kirim.
T. r.
Kirim qilingan hujjat raqami va sanasi
Kimdan kelib tushdi
Soni
Seriyasi
Raqamlari dan gacha
Eslatma
2-boʻlim. Chiqim.
T. r.
Kirim qilingan hujjat raqami va sanasi
Qayd varaqlari blankalarini olgan militsiya tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori F.I.O., unvoni, lavozimi
Soni
Seriyasi
Raqamlari dan gacha
Qayd varaqlari blankalarini olgan xodim imzosi
Eslatma
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 18-ILOVA
Militsiya tayanch punkti muhrining
TAVSIFI
Muhrdan faqat fuqaroning turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga qayd varagʻini hamda er-xotinning kamida bir yil burgalikda yashayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani tasdiqlash uchun foydalaniladi.
Muhr Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tuman (shahar) Huquqbuzarlikni oldini olish boʻlim (boʻlinma)larining militsiya tayanch punktlariga biriktiriladi.
Muhr aylanasi boʻyicha oʻzbek tilida “Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi” soʻzlari boʻlib, markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va uning tagida tegishli militsiya tayanch punktining tartib raqami qoʻyiladi.
Militsiya tayanch punktining tartib raqami beshta raqamdan iborat boʻlib, quyidagi koʻrinishda yoziladi: 00-000.
Birinchi ikkita raqamga muhrning qaysi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlimi)ga tegishli ekanligi, keyingi uchta raqam esa qaysi militsiya tayanch punktiga tegishli ekanligini bildiradi. Masalan, 01-001, bunda, 01 — Uchtepa tumani, 001 — militsiya tayanch punkti raqami.
Muhr Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan markazlashgan holda tayyorlanib, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi orqali barcha militsiya tayanch punktlariga biriktiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 237-modda)