1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.08.00 Boshqa tijorat tashkilotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 16-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2012-yil 23-martda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Ushbu Qonunning maqsadi oilaviy tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy tadbirkorlik oila aʼzolari tomonidan tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Oilaviy tadbirkorlik oʻz ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi.
Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
4-modda. Oilaviy korxona
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida boʻlgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.
Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona oʻz mulkida alohida mol-mulkka ega boʻlishi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Oilaviy korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha qonunga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki yetarli boʻlmaganda oilaviy korxonaning majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar boʻladi.
Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni yollashni amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan oʻrtacha yillik sonidan koʻp boʻlishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz boʻlmasligi kerak.
Oilaviy korxona toʻliq firma nomiga ega boʻlishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega boʻlishga haqli. Oilaviy korxonaning toʻliq firma nomi uning toʻliq nomini va “oilaviy korxona” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak. Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “oilaviy korxona” degan soʻzlarni yoki “OK” abbreviaturasini oʻz ichiga olishi kerak.
5-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilari
Oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin emas.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda oilaviy korxona nomidan uning boshligʻi ish koʻradi.
Oilaviy korxona ishtirokchilaridan biri uning boshligʻi boʻlishi mumkin, unga oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan ish muomalasida oʻz nomlaridan ishtirok etish huquqini beradi.
Oilaviy korxona boshligʻi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki uzoq vaqt boʻlmagan taqdirda, u oʻz vazifasini vaqtincha bajarib turish vakolatini oilaviy korxonaning qolgan ishtirokchilari bilan kelishgan holda ulardan biriga berishga haqli.
2-bob. Oilaviy korxonani tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
7-modda. Oilaviy korxonani tashkil etish tartibi
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona, agar uning taʼsis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, nomuayyan muddatga tashkil etiladi.
8-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oilaviy korxonaning yuqori boshqaruv organidir.
Oilaviy korxona ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
oilaviy korxonaning taʼsis shartnomasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
oilaviy korxona boshligʻining oilaviy korxona moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotini koʻrib chiqish;
taʼsis shartnomasiga muvofiq oilaviy korxonaning foydasini taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
oilaviy korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Oilaviy korxona ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlariga taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.
9-modda. Oilaviy korxonaning taʼsis shartnomasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxonaning taʼsis hujjati mazkur korxonaning barcha ishtirokchilari tomonidan tuziladigan taʼsis shartnomasidir.
oilaviy korxona boshligʻining va oilaviy korxona boshqa ishtirokchilarining familiyasi, ismi, otasining ismi hamda yashash joyi (manzili);
oilaviy korxona ustav fondining miqdori;
oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkni belgilash tartibi;
oilaviy korxonaning firma nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
oilaviy korxona ishtirokchilari oʻrtasida tadbirkorlik faoliyatidan olingan foydani, shuningdek oilaviy korxona tugatilganda mol-mulkni taqsimlash tartibi;
oilaviy korxona ishtirokchilarining oilaviy korxona foydalanishiga berilayotgan mol-mulki roʻyxati;
oilaviy korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimning miqdori;
oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi;
oilaviy korxona ishtirokchilari muhim deb hisoblaydigan boshqa shartlar.
Taʼsis shartnomasi oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
Oilaviy korxona boshligʻi oʻzgargan, ishtirokchi oilaviy korxona tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirgan (undan chiqib ketgan), er va xotin oʻrtasidagi nikoh bekor qilingan yoki oilaviy korxona ishtirokchisi vafot etgan va bu hollar oilaviy korxona balansiga berilgan oilaviy korxona ishtirokchilarining mol-mulki roʻyxatida oʻzgarishlarga sabab boʻlgan taqdirda, taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi. Bunda oilaviy korxonani qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinmaydi.
10-modda. Oilaviy korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona kichik tadbirkorlik subyektlari uchun nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi PQ–2646-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchini oilaviy korxona sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablar belgilashga haqli emas.
Ariza beruvchini oilaviy korxona sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga oilaviy korxonani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi va maʼnaviy zarar uchun kompensatsiya toʻlaydi.
11-modda. Oilaviy korxonaning ustav fondi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki oʻzga shaxsga oʻtkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi. Yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas.
Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning ustav fondiga korxona taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda oʻzlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi.
Oilaviy korxonaning ustav fondi korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining oʻn baravari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
3-bob. Oilaviy korxonaning hamda uning ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
12-modda. Oilaviy korxonaning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona quyidagi huquqlarga ega:
mustaqil ravishda tovarlar ishlab chiqarishga (ishlar bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) doir faoliyatni tashkil etish, ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tasarruf etish va ularga narx belgilash;
mustaqil ravishda oʻz moliyaviy mablagʻlarini shakllantirish va qarz mablagʻlarini jalb etish, shu jumladan dastlabki (boshlangʻich) kapitalni shakllantirish uchun kreditlar olish;
lizing va sugʻurta xizmatlaridan foydalanish;
shartnomalar tuzish, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish va realizatsiya qilish uchun shartnomalar tuzish;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
oʻz firma nomi yozilgan muhrlardan, blankalardan va shtamplardan foydalanish hamda tovar belgisiga (xizmat koʻrsatish belgisiga) ega boʻlish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
Oilaviy korxona:
tuzilgan shartnomalar boʻyicha zimmasiga olgan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishi;
oilaviy korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilashi, ular bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi;
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlishi;
joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi haqida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart.
Oilaviy korxona qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
13-modda. Oilaviy korxona boshligʻining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy korxona nomidan ishonchnomasiz ish koʻrish;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan oilaviy korxona faoliyatiga bogʻliq boʻlgan shartnomalar tuzish;
mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish va shtatlarni tasdiqlash;
ishonchnomalar berish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Oilaviy korxona boshligʻi:
oilaviy korxonani shaxsan boshqarishi va uning kundalik faoliyatini tashkil etishi;
oilaviy korxonaning mol-mulki bilan bogʻliq yirik bitimlar tuzishda ishtirokchilarning roziligini olishi;
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishini taʼminlashi;
buxgalteriya hisobi yuritilishini taʼminlashi shart.
Oilaviy korxona boshligʻi qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
14-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy korxonani boshqarishda, qarorlar qabul qilishda, moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish;
oilaviy korxona taʼsis shartnomasining shartlariga bogʻliq holda foydadan oʻz ulushini olish;
oilaviy korxona tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish;
agar oilaviy korxonaning taʼsis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oilaviy korxona tarkibidan chiqishda oilaviy korxona mol-mulki qiymatining bir qismi ustav fondiga oʻzi kiritgan mol-mulk miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib berilishi yoki shunday qiymatdagi mol-mulk natural holda oʻziga ajratib berilishi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Oilaviy korxona ishtirokchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxonaning mol-mulki:
oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkdan;
qarz mablagʻlari va kreditlar hisobiga olingan mol-mulkdan;
tovarlarni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan olingan va oilaviy korxonani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan daromadlardan, shuningdek bu daromadlar hisobiga olingan mol-mulkdan;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardan tarkib topadi.
16-modda. Oilaviy korxonaning faoliyati amalga oshiriladigan joy
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar, shu jumladan ishlab chiqarish, xoʻjalik binolari va boshqa imoratlar oilaviy korxona faoliyati amalga oshiriladigan joydir.
Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni ulardan oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun moʻljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi, bundan faoliyatning ayrim turlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
17-modda. Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirish shartlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud boʻlganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalar kavlab olishni, shuningdek yuridik shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliq yoki yagona yer soligʻi toʻlash nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tugʻdiradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin boʻlmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni koʻp kvartirali uyning turar joylarida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oilaviy korxona faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan normalar va qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerak.
18-modda. Oilaviy korxona mahsulotini realizatsiya qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.08 Naqd pul bilan hisob-kitob;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni naqd pulli va (yoki) naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha realizatsiya qilishi mumkin. Oilaviy korxona mahsulotini realizatsiya qilish u ishlab chiqarilgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
19-modda. Oilaviy korxonada hisob va hisobot
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxonada hisob va hisobot, shuningdek uning faoliyati ustidan statistika kuzatuvlari kichik tadbirkorlik subyektlari uchun nazarda tutilgan tartibda yuritiladi.
5-bob. Oilaviy korxonada mehnat. Oilaviy korxona ishtirokchilari va yollanma xodimlarining ijtimoiy muhofazasi
20-modda. Oilaviy korxonada mehnatga oid munosabatlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona ishtirokchilarining shaxsiy mehnatini amalga oshirish shartlari ular oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi.
Oilaviy korxona (ish beruvchi) va oilaviy korxonaning yollanma xodimi oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi.
Oilaviy korxona oilaviy korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari uchun mehnat haqi, mukofotlar hamda kompensatsiyalarning shakllarini, tizimini va miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari va yollanma xodimlarining mehnat haqi taraflarning kelishuviga koʻra, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
22-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilarining va yollanma xodimlarining ijtimoiy muhofazasi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oilaviy korxona korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlarini, ijtimoiy muhofaza choralarini taʼminlashi shart hamda ularning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Oilaviy korxona korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilanganiga nisbatan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
Oilaviy korxonada ishtirokchilar va yollanma xodimlarning ishlagan vaqti davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladigan mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida mehnat stajiga qoʻshiladi.
Oilaviy korxona oilaviy korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari hayotiga yoki sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha oʻz fuqarolik javobgarligini ish beruvchi sifatida qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartib asosida sugʻurtalashi shart.
6-bob. Oilaviy korxona faoliyati erkinligining kafolatlari
23-modda. Oilaviy korxonani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Davlat oilaviy korxonaning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Davlat organlari oilaviy korxonani rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashishi shart.
Davlat organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
foydalanilmayotgan yashash uchun moʻljallanmagan joylar ularda tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar koʻrsatishni) tashkil etish uchun oilaviy korxonaga ijaraga berilishini;
ishlab chiqarish maydonlari qurish uchun oilaviy korxonaga yer ajratilishini;
oilaviy korxona ishlab chiqarish obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini;
oilaviy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun maxsus joylar berilishini taʼminlaydi.
24-modda. Oilaviy korxona mol-mulkining natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Oilaviy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202, 203 va 204-moddalariva Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi.
25-modda. Oilaviy korxona faoliyatining erkinligi
Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin.
Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan uning tomonidan texnologiyalarni, ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimentini tanlashda, mahsulot narxini hamda uni realizatsiya qilish yoʻnalishlarini belgilashda davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
26-modda. Oilaviy korxonaga soliq solish xususiyatlari
Oilaviy korxona qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda yagona soliq toʻlovini toʻlovchidir.
Oilaviy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin uning ishtirokchilari tasarrufiga oʻtadi hamda unga soliq solinmaydi.
Oilaviy korxona mehnat haqi fondidan ijtimoiy fondlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy toʻlovlar toʻlaydi. Oilaviy korxona oʻzi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati buyumlarini realizatsiya qilishdan olingan tushum boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi. Bunday buyumlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oilaviy korxonaga kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq etiladi.
Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi, bundan budjet mablagʻlaridan va markazlashtirilgan mablagʻlardan hamda resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq tekshirishlar mustasno.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning oʻzida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) haqini toʻlash aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti korxonalari zarur kommunikatsiya tarmoqlarining oilaviy korxona faoliyati amalga oshirilayotgan joygacha yetkazilishini hamda ulanishini aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida taʼminlaydi.
29-modda. Oilaviy korxonaga bank xizmati koʻrsatish va uni kreditlash
Oilaviy korxonaga bank xizmati koʻrsatish qonun hujjatlariga muvofiq bank bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Banklar belgilangan tartibda oilaviy korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarini ochadi hamda ularga xizmat koʻrsatadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43 (“Bank omonati”) va 44 (“Bank hisobvaragʻi”) boblari.
Oilaviy korxonani kreditlash bank yoki boshqa kredit tashkiloti bilan tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Oilaviy korxonaga kreditlar berishda banklar, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafolat beruvchi boʻlishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil boʻlishi mumkin.
Oilaviy korxonani tugatish uning ishtirokchilarining yoki sudning qaroriga koʻra, shuningdek agar unda oilaviy korxonaning yagona ishtirokchisi qolgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Oilaviy korxona tugatilayotganda boʻshatilayotgan ishtirokchilar va yollanma xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
Oilaviy korxonalar oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq assotsiatsiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
35-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2012-yil 27-apreldagi 82 (5502)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-aprel,
OʻRQ-327-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 188-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 28.12.2023-y., 03/23/890/0981-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)