toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI APPARATI TUZILMASIGA QISMAN OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA” 2011 YIL 24 OKTYABRDAGI PQ-1630-SON HAMDA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TUZILMASIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA” 2012 YIL 13 YaNVARDAGI PQ-1686-SON QARORLARI)
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-yanvardagi PQ-1686-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-fevral,
48-son
Vazirlar Mahkamasining
2012-yil 23-fevraldagi 48-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 5-martdagi 112-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 16-modda) 4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 5-bandining birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 92-son qaroriga 4-ilovadagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va” soʻzlari “tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankiga aʼzoligi toʻgʻrisida” 2003-yil 27-avgustdagi 371-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga 5-ilovadagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va” soʻzlari “tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Malayziya bilan investitsiya hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-apreldagi 167-son qarori ilovasidagi birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Azimov R. S.‎

—‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri, ishchi guruh rahbari‎

Gʻaniyev E. M.‎

—‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari”.‎
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyundagi 358-son qarorida:
1, 7, 23, 24 va 46-ilovalardagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va” soʻzlari “tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13, 18, 28, 44-ilovalardagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyuldagi 600-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan 2018-yilning 13-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son)
19. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan imtiyozlarning ragʻbatlantiruvchi rolini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 1-maydagi 74-son qaroriga ilovadagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻkotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
22. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-martdagi 61-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini ochish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 34-bandidagi “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
24. Vazirlar Mahkamasining “Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-iyundagi 175-son qaroriga ilovadagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumatga qarashli moliyaviy tashkilotlar va donor mamlakatlarning mablagʻlarini jalb etish va ulardan samarali foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 12-avgustdagi 229-son qarorida:
a) 1-ilovada:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va” soʻzlari “tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi Nizom) 7-bandidagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va” soʻzlari “tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4.1-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“lavozimi boʻyicha‎

—‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri oʻrinbosari”;‎
g) 4.2-ilovaning toʻqqizinchi xatboshi, 4.3-ilovaning oʻninchi xatboshi va 4.4-ilovaning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“lavozimi boʻyicha‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi”.‎
26. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 16-martdagi 46-son qaroriga ilovadagi birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ibragimov Gʻ.I.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Gʻaniyev E.M.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari”.‎
27. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 29-bandning ikkinchi xatboshidagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va” soʻzlari “tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 34-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“34. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish sohasida Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining oʻzaro faoliyatini muvofiqlashtiradi”.
Vazirlar Mahkamasining
2012-yil 23-fevraldagi 48-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari hamda Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qarori 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari kompleksining rahbari maqomi va vazifalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 15-dekabrdagi 315-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 82-modda, 17-son, 194-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son, 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)