toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
RESPUBLIKA IChKI ISTEʼMOLChILARIGA REALIZATSIYA QILINADIGAN PAXTA TOLASIGA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 16-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2327]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 10-maydagi 94, 2018-46-sonli “Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilinadigan paxta tolasiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2327-1, 29.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 561-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilinadigan paxta tolasiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-yanvar,
4-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-yanvar,
2012-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 20-yanvardagi 4, 2012-1-son qaroriga
ILOVA
Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilinadigan paxta tolasiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ–1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 561-modda) muvofiq paxta tolasini respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 359-modda) 1-bandiga muvofiq paxta tolasini qayta ishlovchi respublika korxonalariga (bundan buyon matnda respublika ichki isteʼmolchilari deb yuritiladi) paxta tolasini realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari (bundan buyon matnda TIAISV kompaniyalari deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi (bundan buyon matnda OʻzRTXB deb yuritiladi) orqali erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi.
Respublikaning alohida ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqlaridagi korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra paxta tolasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari (bundan buyon matnda “Paxtasanoat” HAB deb yuritiladi) bilan toʻgʻridan toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida realizatsiya qilinishi mumkin.
2. Paxta tolasini respublika ichki isteʼmolchilariga TIAISV kompaniyalari va OʻzRTXB orqali realizatsiya qilish va paxta tolasi uchun hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
II bob. Paxta tolasini “Paxtasanoat” HABga realizatsiya qilishda paxta tozalash zavodlari tomonidan hisobvaraq- fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini aks ettirish
3. Paxta tozalash zavodlari tomonidan respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilish uchun moʻljallangan paxta tolasini “Paxtasanoat” HABga realizatsiya qilish konditsion ogʻirlikda ulgurji preyskurant narxlarda qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 foiz stavkasi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi.
4. Hisobvaraq-fakturalar paxta tozalash zavodlari tomonidan paxta tolasi boʻyicha “Paxtasanoat” HABning naryadlari asosida yoziladi.
Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilish uchun moʻljallangan paxta tolasi boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni paxta tozalash zavodlari tomonidan toʻldirish shakli va misoli mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
III bob. Respublika ichki isteʼmolchilariga paxta tolasini realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB va TIAISV kompaniyalari tomonidan hisobvaraq-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini aks ettirish
5. Paxta tolasini respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oluvchi vositachilik haqidan kelib chiqqan holda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqaradi.
6. Paxta tolasini OʻzRTXB orqali va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalari boʻyicha respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilishda, shuningdek paxta tolasini TIAISV kompaniyalari orqali respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan yozib beriladigan hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish shakllari va misollari mazkur Nizomning 2 va 2a-ilovalarida keltirilgan.
“Paxtasanoat” HAB yozib berilayotgan hisobvaraq-fakturada paxta tolasi qiymatini va qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini tegishincha ajratib koʻrsatgan holda vositachilik haqi summasini alohida satrlarda ajratib koʻrsatadi.
Bunda, hisobvaraq-fakturalar mazkur Nizomga muvofiq qatʼiy amal qilgan holda maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
7. TIAISV kompaniyalari paxta tolasini respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilishda hisobvaraq-fakturada “Paxtasanoat” HAB hisobvaraq-fakturalarida koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini, shuningdek kompaniyaning vositachilik haqidagi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ajratib koʻrsatadilar.
Paxta tolasini respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilishda TIAISV kompaniyalari tomonidan hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish shakli va misoli mazkur Nizomning 2b-ilovasida keltirilgan.
IV bob. Paxta tolasi boʻyicha hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi
8. “Paxtasanoat” HAB va TIAISV kompaniyalari tomonidan yozib beriladigan hisobvaraq-fakturada ajratib koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 218-moddasida nazarda tutilgan tartibda respublika ichki isteʼmolchilari tomonidan hisobga olinadi.
9. Agar respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilinayotgan paxta tolasining jahon bahosi (15 foiz miqdoridagi chegirmani chiqarib tashlagan holda), preyskurant bahosidan (qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda) past boʻlsa, hisobga olinishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi preyskurant bahosidan emas, haqiqatda realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib, hisob-kitob yoʻli bilan quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Qoʻshilgan qiymat soligʻi = Jahon bahosi (chegirmani hisobga olgan holda) x 20/120
Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya
qilinadigan paxta tolasiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab
chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Paxta tolasini keyinchalik respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilish uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga realizatsiya qilishda paxta tozalash zavodlari tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI

20__ yil 4-yanvardagi 10/1-010-son naryadga

20__ yil 5-yanvardagi 104/007-son
‎ HISOBVARAQ-FAKTURA

Etkazib beruvchi: OAJ “Qorakoʻl”
‎Manzil: 106000, Qorakoʻl sh., Nurafshon koʻch., 1
‎Telefon: 56-57-321
‎Hisob raqami:
‎Bank:
‎Bank kodi:
‎STIR:
‎XXTUT:
Sotib oluvchi: “Buxoro Paxtasanoat” HAB
‎Manzil: 105004, Buxoro sh., Gʻijduvony koʻch., 16
‎Telefon : 223-00-64
‎Hisob raqami:
‎ Bank:
‎Bank kodi:
‎STIR:
‎XXTUT:
‎‎
Tovarlar nomi‎‏
Oʻlchov birligi‎‏
Miqdori Oʻlchov birligi narxi (soʻm) Etkazib berish qiymati QQSsiz‎‏
QQS‎‎ Etkazib berishning QQS hisobga olingan holda qiymati‎‏
stavkasi‎ summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
‎1. Paxta tolasi,
‎5 tur, birinchi nav, oʻrta sinf

‎kg

‎500,0

‎1 605, 058

‎802 530

20‎

‎160 506

‎963 036

2. Paxta tolasi,
‎5 tur, ikkinchi nav, oliy sinf ‎

kg‎

1500,0‎

1 637, 158‎

2 455 737‎

20‎

491 147‎

2 946 884‎

JAMI‎

2000,0‎

3 258 267‎

651 653‎

3 909 920‎

‎‎Jami toʻlashga: uch million toʻqqiz yuz toʻqqiz ming toʻqqiz yuz yigirma soʻm.
Rahbar ____________________‎‎ Oldim _______________________________________‎‎
Bosh buxgalter ___________________

(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)‎

‎‎M.Oʻ.
‎‎ ‎‎20__ yil “___” _______________ dagi
‎‎Tovarni berdim _____________________________ ‎‎______-son ishonchnoma boʻyicha

(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)‎‎

‎‎___________________________________

‎‎‎(tovar oluvchining F.I.O.)

Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya
qilinadigan paxta tolasiga qoʻshilgan qiymat soligʻini
hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Paxta tolasini OʻzRTXB orqali va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI

2011-yil 28-dekabrdagi Eks-155-son xabarnomaga

2012-yil 9-yanvardagi 101-00001-son
‎HISOBVARAQ-FAKTURA

‎‎yuklab joʻnatish sanasi 29.12.2011-y.
‎kurs 1796.22
Etkazib beruvchi: “Buxoropaxtasanoat hududiy birlashmasi” OAJ Sotib oluvchi: TASh. BUM, F-KA GPO “DAVLAT BELGISI”
Manzil: 705004 Buxoro sh., A. Gʻijduvoniy koʻchasi, 16‎‎ Manzil: 111104 Tosh. vil. Tosh. r/n Yu-abad, p, Darxan‎‎
Telefon: 223-00-64 Telefon: 124-94-77,124-52-80
Hisob raqami: 20210000900578884008‎‎ Hisob raqami: 21596000800447895001‎‎
Valyuta hisob raqami: 20210840300578884002 Valyuta hisob raqami: ‎‎
ATB “Mikrokredit bank” Buxoro vil. amaliyot boʻlimi MFO: 00109‎‎ Toshkent sh. MB HKM BB‎‎
STIR: 200851795 ‎‎

XXTUT: 97400‎‎

MFO 00014
‎‎STIR: 201689900

XXTUT: 15310

‎‎

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi‎

Oʻlchov birligi‎

Miqdori‎‎

1 tonna uchun narx AQSh dollarida‎

1 tonna uchun QQSsiz ulgurji preysk�rant narxi‎

Mahsulot qiymati‎

QQS‎‎

QQS hisobga olingan holda mahsulot qiymati‎

Etkazib berish qiymati‎

Netto‎

Kondits. ogʻirligi‎

stavka‎

summa‎

1 nav, 4 tur, sinfi oliy, AQSh doll. qiymati

‎milliy valyutadagi ekvivalenti, soʻm ‎‏

kg‎

13 503,00‎

2 078,33‎

28 063,69‎

3 733 137,91‎

shu jumladan milliy valyutadagi ulgurji-preyskurant boʻyicha narxi‎

kg‎

14 224,00‎

2 664 500,00‎

31 267 374,60‎

20 %‎

6 253 474,92‎

37 520 849,52‎

37 520 849,52‎

‎‏1 nav, 4 tur, sinfi yaxshi, AQSh doll. qiymati milliy valyutadagi ekvivalenti, soʻm

kg‎

37 791,30‎

2 058,54‎

77 794,90‎

3 697 590,72‎

shu jumladan milliy valyutadagi ulgurji-preyskurant boʻyicha narxi‎

kg‎

39 809,00‎

2 639 120, 00‎

86 675 100,67‎

20 %‎

17 335 020,13‎

104 010 120,80‎

104 010 120,80‎

Tashish boʻyicha xarajatlar*‎

492 520,85‎

0%‎

492 520,85‎

492 520,85‎

“Sifat” xarajatlari*‎
Qabul qilish*‎

287 988,60‎

20 %‎

57597,72‎

345 586,32‎

345 586,32‎

Yuklab joʻnatish*‎
Saqlash*‎

121 997,05‎

20%‎

24399,41‎

146 396,46‎

146 396,46‎

Vositachilik haqi‎

737 140,47‎

20 %‎

147 428,10‎

884 568,57‎

884 568,57‎

Jahon va ulgurji-preyskurant qiymat orasidagi farq (ijobiy)‎

46 745 274,01‎

Jami:‎ ‎‎AQSh dollari

105 858,59

soʻm‎

190 145 316,53

Jami toʻlashga:‎ ‎‎Bir yuz besh ming sakkiz yuz ellik sakkiz dollar 59 tsent
Bir yuz toʻqson million bir yuz qirq besh ming uch yuz oʻn olti soʻm 53 tiyin‎‎
* Agar ushbu xizmatlar QQS toʻlovchisi boʻlgan korxonalar tomonidan koʻrsatilgan boʻlsa va hisobvaraq-fakturalarda QQS summasi ajratib koʻrsatilgan boʻlsa, QQS aks ettiriladi.
‎‎Jami toʻlashga: uch million toʻqqiz yuz toʻqqiz ming toʻqqiz yuz yigirma soʻm.
Rahbar ____________________‎‎ Oldim _______________________________________‎‎
Bosh buxgalter ___________________

(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)‎

‎‎M.Oʻ.
‎‎ ‎‎20__ yil “___” _________________ dagi
‎‎Tovarni berdim _____________________________ ‎‎______-son ishonchnoma boʻyicha

(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)‎‎

‎‎_______________________________________

‎‎‎(tovar oluvchining F.I.O.)

Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilinadigan
paxta tolasiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va
toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Paxta tolasini TIAISV kompaniyalari orqali respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI

2011-yil 28-dekabrdagi Eks-155-son xabarnomaga

2012-yil 9-yanvardagi 101-00001-son
‎HISOBVARAQ-FAKTURA

‎‎yuklab joʻnatish sanasi 29.12.2011-y.
‎kurs 1796.22
Etkazib beruvchi: “Buxoropaxtasanoat hududiy birlashmasi” OAJ Sotib oluvchi: GAVK “Uzprommashimpeks” 11
Manzil: 705004 Buxoro sh., A. Gʻijduvoniy koʻchasi, 16‎‎ Manzil:100077, Toshkent sh., Mustaqillik shoh koʻchasi, 107
Telefon: 223-00-64 Telefon:238-54-33
Hisob raqami: 20210000900578884008‎‎ Hisob raqami:20210000400600100001
Valyuta hisob raqami: 20210840300578884002 Valyuta hisob raqami:
ATB “Mikrokredit bank” Buxoro vil. amaliyot boʻlimi MFO: 00109‎‎ MFO:
STIR:200851795 ‎ XXTUT:97400‎ STIR: 200523256 XXTUT: 72100
‎‎

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi‎

Oʻlchov birligi‎

Miqdori‎‎

1 tonna uchun narx AQSh dollarida‎

1 tonna uchun QQSsiz ulgurji preyskurant narxi‎

Mahsulot qiymati‎

QQS‎‎

QQS hisobga olingan holda mahsulot qiymati‎

Etkazib berish qiymati‎

Netto‎

Kondits. ogʻirligi‎

stavka‎

summa‎

1 nav, 4 tur, sinfi oliy, AQSh doll. qiymati

‎milliy valyutadagi ekvivalenti, soʻm ‎‏

kg‎

13 503,00‎

2 078,33‎

28 063,69‎

3 733 137,91‎

shu jumladan milliy valyutadagi ulgurji-preyskurant boʻyicha narxi‎

kg‎

14 224,00‎

2 664 500,00‎

31 267 374,60‎

20 %‎

6 253 474,92‎

37 520 849,52‎

37 520 849,52‎

‎‏1 nav, 4 tur, sinfi yaxshi, AQSh doll. qiymati milliy valyutadagi ekvivalenti, soʻm

kg‎

37 791,30‎

2 058,54‎

77 794,90‎

3 697 590,72‎

shu jumladan milliy valyutadagi ulgurji-preyskurant boʻyicha narxi‎

kg‎

39 809,00‎

2 639 120, 00‎

86 675 100,67‎

20 %‎

17 335 020,13‎

104 010 120,80‎

104 010 120,80‎

Tashish boʻyicha xarajatlar*‎

492 520,85‎

0%‎

492 520,85‎

492 520,85‎

“Sifat” xarajatlari*‎
Qabul qilish*‎

287 988,60‎

20 %‎

57597,72‎

345 586,32‎

345 586,32‎

Yuklab joʻnatish*‎
Saqlash*‎

121 997,05‎

20%‎

24399,41‎

146 396,46‎

146 396,46‎

Vositachilik haqi‎

737 140,47‎

20 %‎

147 428,10‎

884 568,57‎

884 568,57‎

Jahon va ulgurji-preyskurant qiymat orasidagi farq (ijobiy)‎

46 745 274,01‎

Jami:‎ ‎‎AQSh dollari

105 858,59

soʻm‎

190 145 316,53

Jami toʻlashga:‎ ‎‎Bir yuz besh ming sakkiz yuz ellik sakkiz dollar 59 tsent
Bir yuz toʻqson million bir yuz qirq besh ming uch yuz oʻn olti soʻm 53 tiyin‎‎
* Agar ushbu xizmatlar QQS toʻlovchisi boʻlgan korxonalar tomonidan koʻrsatilgan boʻlsa va hisobvaraq-fakturalarda QQS summasi ajratib koʻrsatilgan boʻlsa, QQS aks ettiriladi.
Rahbar ____________________‎‎ Oldim _______________________________________‎‎
Bosh buxgalter ___________________

(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)‎

‎‎M.Oʻ.
‎‎ ‎‎20__ yil “___” _______________ dagi
‎‎Tovarni berdim _____________________________ ‎‎________-son ishonchnoma boʻyicha

(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)‎‎

‎‎________________________________________

‎‎‎(tovar oluvchining F.I.O.)

Tovarni berdim ________________________
Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilinadigan
paxta tolasiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va
toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA
TIAISV kompaniyalari orqali paxta tolasini respublika korxonalariga realizatsiya qilishda hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI

20__yil “___” ____________ dagi ____-son
‎tovar yuklab joʻnatish hujjatiga

20__yil “___” ____________ dagi _________-son
‎ HISOBVARAQ-FAKTURA

Etkazib beruvchi: Oʻzmarkazimpeks
‎Manzil:
‎Telefon:
‎Hisob raqami:
‎MFO
‎shahar (tuman)____________
‎Etkazib beruvchining identifikatsiya raqami
‎(STIR)
‎XXTUT boʻyicha kod _____________
Sotib oluvchi: Respublika korxonasi
‎Manzil:
‎Telefon:
‎Hisob raqami:
‎MFO
‎shahar (tuman)____________
‎Sotib oluvchining identifikatsiya raqami
‎(STIR)
‎XXTUT boʻyicha kod _____________

1 AQSh doll. = 1800 soʻm.‎‎

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi ‎‏
Oʻlchov birligi‎‏
‎‏
Miqdori‎
‎‏
Oʻlchov birligi narxi‎
‎‏
Etkazib berish qiymati QQSsiz‎
QQS‎‎ ‎‏
Etkazib berishning QQS hisobga olingan holda qiymati (soʻm) ‎

stavkasi‎

summasi‎

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎

1. Paxta tolasi,
‎5 tur, 1 nav, oʻrta sinf ‎

tonna‎ 50,0‎ 1984,00 AQSh doll. ‎ x‎ x‎ x‎ 99 200,00 AQSh doll. ‎
milliy valyutadagi
‎ekvivalenti‎

1 tonnaga
‎3 571 200,0 soʻm‎

“Paxtasanoat” HABning 20__ y. “___” ___________dagi ____-sonli
‎hisobvaraq-fakturasi asosida netto ogʻirlik boʻyicha
‎qayta hisob-kitobdagi preyskurant narx boʻyicha

2. Paxta tolasi,
‎5 tur, 1 nav, oʻrta sinf ‎

tonna‎ 1‎ 1 tonnaga
‎2 503 320 soʻm ‎
1 tonnaga
‎2 503 320 soʻm ‎
20%‎ 1 tonnaga
‎500 664 soʻm ‎
1 tonnaga QQS hisobga olingan holda preyskurant narxi 3 003 984 soʻm ‎

2.1. Paxta tolasi, 5
‎tur, 1 nav, oʻrta sinf‎

tonna‎ 50,0‎ 1 tonnaga QQS hisobga olingan holda preyskurant narxi 3 003 984 soʻm ‎ 125 166 000 soʻm ‎ 20%‎ 25 033 200 soʻm ‎ 150 199 200 soʻm ‎

2.2. “Paxtasanoat” HAB mukofoti ‎

%‎ Paxta tolasini preyskurant narx boʻyicha yetkazib berish qiymatidan 1,5%‎ 1 877 490 soʻm ‎ 20%‎ 375 498 soʻm ‎ 2 252 988 soʻm ‎

3. Oʻzmarkazimpeks mukofot haqi‎

%‎ Chel el valyutasidagi qiymatidan 0,5%‎ 744 000 soʻm ‎ 20%‎ 148 800 soʻm ‎ 892 800 soʻm = 99 200,00 AQSh doll. x 0,5% x AQSh doll. kurs ‎

Jami toʻlashga‎‎

Toʻqson toʻqqiz ming ikki yuz AQSh doll.‎‎

Rahbar ____________________ Oldim _________________________________
‎‎Bosh buxgalter _______________

‎‎(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)

M.Oʻ

20__ yil “___” _________ dagi

‎‎Tovarni berdim ______________________________

________-son ishonchnoma boʻyicha

‎‎(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)

__________________________________

‎‎(tovar oluvchining F.I.O.)

��
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 7-son, 74-modda)