toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PUL MUOMALASINI MUSTAHKAMLASH VA “SO‘M-KUPON”NING XARID QUVVATINI OSHIRISH BORASIDA KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Pulning barqaror muomalada bo‘lishi, “So‘m-kupon”ning xarid quvvatini oshirish hamda Markaziy bankning oltin-valyuta zaxirasini yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shu yilning 15-aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida Rossiya Banki pullarining muomalada bo‘lishi hamda ularning yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan barcha to‘lov turlariga qabul qilinishi taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 310-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir hafta muddatda 1-bandga muvofiq savdo-sotiq va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, soliq solishni takomillashtirish tartibi to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
3. Belgilab qo‘yilsinki, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga keltirilgan tovarlar bo‘yicha ular sotib olingan mablag‘larning manbalari deklaratsiyada ko‘rsatilmaydi.
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zulgurjibirjasavdo”, “O‘zbeksavdo” uyushmasi bilan birgalikda tovarlarning taqdim etiladigan ro‘yxati asosida tegishli valyutalarning nisbatlarini muntazam va xolisona aniqlash uchun ichki, Rossiya hamda o‘rta Yevropa bozorlaridagi narxlarni hisobga oluvchi avtomatlashtirilgan tizimni vujudga keltirsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda korxonalarning xorijiy valyutalar, jumladan, sobiq SSSR respublikalarining milliy valyutalari bilan operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisob-kitobi hamda hisoboti Tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
shu yil 15-apreldan boshlab doimiy ishlaydigan O‘zbekiston respublika valyuta birjasining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
vakolatli banklar, Ichki ishlar vazirligi, Aloqa vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘rta Osiyo temir yo‘l boshqarmasi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi hamda boshqa idoralar bilan birgalikda aholiga valyutani almashtirib beradigan joylar tarmog‘ini tashkil qilib, ularning ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi)
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 10 kun muddatda Markaziy bankka oltin va boshqa valyuta resurslarini sotish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
8. Chet el valyutasidagi daromaddan Respublika valyuta jamg‘armasiga 10 foiz miqdorida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli valyuta jamg‘armalariga 5 foiz miqdorida to‘lab kelingan soliq 1994-yilning 15-aprelidan boshlab bekor qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-yanvardagi 1-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan kuchini yo‘qotdi)
10. Moliya vazirligi Markaziy bank va Milliy bank bilan birgalikda bir hafta muddatda chet el valyutasida mahsulot sotishdan, shu jumladan, barter yo‘li bilan tuzilgan bitimlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar)dan tushadigan, boshqa moddiy boyliklarni sotish hamda savdo-sotiqdan tashqari ishlardan tushadigan valyuta daromadini Markaziy bankka majburiy tarzda sotish Tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 15-16-son, 129-modda)
12. Markaziy bank va Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda valyuta nazorati to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsinlar, unda korxonalar eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida chet el valyutasidagi mablag‘larning harakati tegishli tarzda nazorat qilinishini va bunday mablag‘larning chet ellardagi banklarda beruxsat saqlanishi imkoniyati istisno etilishini ta’minlash ko‘zda tutilsin.
13. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar va tashkilotlar sobiq SSSR respublikalarining banklarida subschyot hisob-kitob varaqalarini ochgan bo‘lsalar, ularning zimmasiga mazkur subschyot hisob varaqalaridagi mavjud mablag‘lar va ularning harakati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining tegishli xizmat ko‘rsatuvchi banklariga majburiy tartibda muntazam axborot berib turish majburiyati yuklansin.
14. Moliya vazirligi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni ko‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan birgalikda, respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturini e’tiborga olgan holda, davlatning qiymatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish muddatlarini belgilasin.
15. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv bilan birgalikda ikki hafta muddatda, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, savdo korxonalari va tashkilotlarini 1995-yilning 1-yanvariga qadar ularning buyurtmalariga muvofiq kassa apparatlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
“O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatga kassa apparatlaridan foydalangan holda savdo-sotiqni amalga oshirish tartibini ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-dekabrdagi 621-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi)
16. “O‘zbeksavdo” uyushmasiga chet ellardan xalq iste’mol mollari olib kelishni tashkil qilish uchun ilova*ga muvofiq xom ashyo resurslari ajratib berilishi uchun idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar rahbarlarining zimmasiga shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
* Ilova rus tilida beriladi.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari iste’mol mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirishning mahalliy manbalarini qidirib topish va pulli xizmatlar ko‘rsatish, aholining erkin pul mablag‘larini safarbar etish asosida aholining to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyojini tovar resurslari bilan mutanosib holga keltirishni va o‘zlariga qarashli hududda pul emissiyasining kamaytirilishini ta’minlasinlar.
18. Vazirliklar va idoralar normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsinlar.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-aprel,
195-son