OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“KREDIT AXBOROTI MILLIY INSTITUTINING MAʼLUMOTLAR BAZASINI ShAKLLANTIRISh HAMDA BANKLARARO KREDIT BYuROSI VA TIJORAT BANKLARIGA KREDIT AXBOROTINI TAQDIM ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 30-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1562-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 11-martdagi 7/2-son “Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosi va tijorat banklariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1562, 2006-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 16-son, 135-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-yanvar,
1/5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 5-son, 52-modda)