1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
BANK USTAV KAPITALI MIQDORINI, AKSIYADORLAR TARKIBINI, BANK NOMI VA MANZILINI OʻZGARTIRISh, USTAVGA KIRITILGAN OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 573-3]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirish davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga ((Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 454-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 9-noyabrdagi 426-sonli qarori (roʻyxat raqami 573, 1998-yil 19-dekabr) bilan tasdiqlangan “Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini oʻzgartirish, ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.