toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
DAVLAT ULUSHLARINI BOSHQARISH BOʻYICHA ISHONCHLI BOSHQARUVCHILAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI MONITORINGINI YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMGA OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHA KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1394-4]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 140-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 42-son, 417-modda) muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2004-yil 21-iyuldagi 01/06-15-sonli (roʻyxat raqami 1394, 2004-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 30-son, 351-modda) qarori bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-oktabr,
01/12-18/09-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 505-modda)