1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.03 Foydali modelga boʻlgan huquq;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
FOYDALI MODELGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PATENTI BERILISHI UCHUN TALABNOMALARNI TUZISH, TOPSHIRISH VA KOʻRIB CHIQISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1343-2]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 15-martdagi 14-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1343, 2004-yil 29-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 17-son, 202-modda) bilan tasdiqlangan Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.