1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qaroriga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayoniga innovatsiyaviy texnologiyalar hamda ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni keng tatbiq etishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni ishonchli muhofaza qilish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hamda Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi tashkil etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-oktabrdagi PQ-2637-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 520-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bosh direktoriga boshqaruv xodimlarining umumiy belgilangan soni doirasida markaziy apparatning tuzilmasiga zarur hollarda oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-oktabrdagi PQ-2637-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 520-modda)
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hamda Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi;
Butunjahon intellektual mulk tashkilotida hamda intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bir oy muddatda:
Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun kiritsin;
intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Oʻquv markazining tuzilmasini hamda Ustavini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uning yuqori malakali mutaxassislar va zarur moddiy-texnika bazasi bilan butlanishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi intellektual mulk obyektlari huquqiy egalarining huquqlarini muhofaza qilish yuzasidan sudlarga beriladigan daʼvo arizalari boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy manziliga joylashtirilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchinin yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchinin yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 227-modda; 2016-y., 45-son, 520-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)