1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA” 2011 YIL 15 APRELDAGI OʻRQ-283-SON QONUNI)
Oʻzbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-iyun,
163-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda):
a) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi birinchi xatboshidagi “yuridik shaxs” soʻzlari “notijorat tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarida:
“Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisi va maxsus davlat belgisi yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda sugʻurta qildiruvchi ularning dublikatlarini olish huquqiga ega. Bunda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining dublikatlar berish uchun xarajatlarini toʻlangan sugʻurta mukofoti summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlashi kerak”;
“harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va tekshiruv yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmatni oʻtaganlar”;
76-bandning birinchi xatboshidagi “jabrlanuvchiga” soʻzidan oldin “yoki noqonuniy yoʻl bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilganda” soʻzlari qoʻshilsin;
80-banddagi “Sugʻurtalovchilar” soʻzidan keyin “va Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi” soʻzlari qoʻshilsin, “sugʻurtalovchi tomonidan” soʻzlari esa chiqarib tashlansin;
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasi namunasining 10-bandidagi “vakillari” soʻzi “filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 234-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)