“TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 18-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2011-yil 25-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar”;
“Sugʻurta polisi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchining arizasiga koʻra uning dublikatini beradi. Bunda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining dublikatni berish uchun qilgan xarajatlarini toʻlangan sugʻurta mukofoti summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlashi kerak”;
beshinchi qismi toʻrtinchi xatboshisidagi “vakillarining”, “vakillarning” degan soʻzlar tegishincha “filiallarining”, “filiallarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 26-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi “sugʻurtalanmaganligi” degan soʻzdan keyin “yoki transport vositasi uni gʻayriqonuniy yoʻl bilan egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 29-moddaning ikkinchi qismidagi “yuridik shaxs” degan soʻzlar “notijorat tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 36-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar sugʻurta tovonining miqdorini aniqlash maqsadida sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining sabablari va holatlari toʻgʻrisidagi hamda yetkazilgan zarar haqidagi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va xulosalarni sugʻurtalovchilarning hamda Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 16-apreldagi 75 (5242)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 15-aprel,
OʻRQ-283-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 149-modda)