toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 28.09.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
1) “Respublika qishloq xoʻjalik korxonalarini qoʻshimcha qiymatdan budjetga soliq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-maydagi PF-412-son Farmoni;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
3) “Xorijiy sarmoyalari boʻlgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son Farmonining 2-bandi;
4) “Xorijiy sarmoyalari boʻlgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son Farmonga qisman oʻzgartish kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1870-son Farmoni;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
7) “Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish shkalasini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 31-dekabrdagi PF-2472-son Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 14-may,
PF-2841-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)