toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA QIShLOQ XOʻJALIK KORXONALARINI QOʻShIMChA QIYMATDAN BUDJETGA SOLIQ TOʻLAShDAN OZOD QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazku Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 14-maydagi PF-2841-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklariga, dehqon va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalariga davlat tomonidan qoʻshimcha madad berish maqsadida:
1. Qishloq xoʻjalik korxonalari 1992-yilning 1-iyunidan boshlab qoʻshimcha qiymatdan soliq toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklariga va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalariga soliq toʻlashdan ozod boʻlish hisobiga olingan qoʻshimcha mablagʻlarni asosan ish haqini oshirishga sarflash, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarida mehnat haqi jamgʻarmasining 70% ga yetkazilishini taʼminlash tavsiya qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Farmon bajarilishini tashkil etish yuzasidan 3 kun muddat ichida qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-may,
PF-412-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 7-son, 279-modda)