1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 54-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 22-mayda 227-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inspeksiya oʻtkazuvchi tarkibiy boʻlinmalari tomonidan tijorat banklari va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” (yangi tahrirda) (roʻyxat raqami 889, 2000-yil 4-fevral) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-mart,
8/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 12-martdagi 8/1-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 54-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshiruv) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1. Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshiruv)lar oʻtkazadi.
2. Banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazishni Markaziy bank tomonidan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy tuzilmasi (bundan buyon matnda tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) amalga oshiradi.
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
rejali inspeksiya qilish (tekshirish) — banklar va ularning filiallarini haqiqiy moliyaviy ahvolini va bank faoliyatiga xos boʻlgan xavf-xatarlarni bevosita joyiga chiqish orqali oʻrgangan holda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida bir vaqtda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishini koʻzda tutuvchi nazorat turi;
masofadan nazorat qilish — muammolarni boshlangʻich davrida aniqlash maqsadida banklar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahlili, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;
nazorat tartibidagi tekshirish — bank va (yoki) uning filiallarida tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan avvalgi inspeksiya (tekshirish)da aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ahvolini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish — bank va (yoki) uning filiallarida tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oʻtkaziladigan yillik tekshirishlar rejasiga kiritilmagan tekshirish.
4. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan banklar va ularning filiallari faoliyatini tekshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
banklar va ularning filiallarini moliyaviy holatiga baho berish, ularning faoliyatida mavjud boʻlgan xavf-xatarlarni, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlar manfaatlari himoyasi taʼminlanganligini aniqlash va baho berish;
banklar va ularning filiallari faoliyatiga xos tavakkalchilikni baholash, iqtisodiy normativlarga rioya qilinishi, ularga belgilangan meʼyorlarning toʻgʻri hisoblanishi ahvolini tekshirish. Bunda tashqi omillarning bank moliyaviy holatiga taʼsirini aniqlash nuqtai nazaridan hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boshqaruvi, daromadlari hamda likvidliligiga baho berishda “CAMEL(S)” tizimiga muvofiq holda tekshirish;
banklar va ularning filiallarida buxgalteriya apparatining tuzilishi, buxgalteriya ishi va hujjat aylanishini tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining umumiy qoidalariga rioya etilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini toʻgʻri yuritilishi va haqqoniyligi, kapital, aktivlar, majburiyatlar, pul oqimi, asosiy vositalar hisobining va balansdan tashqari hisobvaraqlarning buxgalteriya andozalari tamoyillariga mos ravishda yuritilishi hamda bank moliyaviy holatiga foiz stavkasi, chet el valyuta kursi, kredit, likvidlilik, tavakkalchilik va boshqa omillarning taʼsirini alohida tekshirish;
avvalgi inspeksiya (tekshirish) natijalari boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini taʼminlash hamda bank reytingini belgilash yuzasidan takliflar berish;
6. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilmaning banklar va ularning filiallarida oʻtkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti faqat Markaziy bank tomonidan oʻzining tarkibiy boʻlinmalariga banklar va ularning filiallari faoliyatini nazorat qilish maqsadida beriladi, inspeksiya (tekshirish) hisobotini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxslar eʼtiboriga yetkazish hollari bundan mustasno.
7. Banklar va ularning filiallarida oʻtkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlangan taftishlarni hamda moliyaviy hisobotlarning tashqi audit tekshiruvini oʻtkazish majburiyatidan ozod etmaydi.
10. Har bir bank faoliyati yilda bir marotaba rejali inspeksiya (tekshirish)dan oʻtkaziladi, qonun hujjatlarida boshqa muddatlar koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
11. Rejali inspeksiya (tekshirish) davri avvalgi inspeksiya (tekshirish) davri tugagan sanadan navbatdagi inspeksiya (tekshirish) boshlangan oyning birinchi sanasigacha boʻlgan davrni qamrab oladi.
Oxirgi ikki yil davomida barqaror moliyaviy holatga (shu davr davomida reytingi “CAMEL(S)” tizimiga muvofiq birga teng boʻlgan holat) ega boʻlgan, ushbu davrda barcha iqtisodiy normativlarga rioya qilib kelgan, nazorat tartibida oʻtkazilgan tekshirishlar natijasi boʻyicha qoniqarli baholangan hamda tashqi audit tekshiruvining ijobiy xulosasiga ega boʻlgan banklar faoliyati ikki yilda bir marta rejali inspeksiya qilinishi (tekshirilishi) mumkin.
12. Rejali inspeksiya (tekshirish)lar va rejadan tashqari tekshirishlar davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni banklar va ularning filiallari tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirishlar oʻtkazishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi tegishli qarorlari asosida;
masofadan nazorat qilish natijalariga koʻra banklar moliyaviy holatining barqaror emas deb topilishi va omonatchilar hamda kreditorlar manfaatlariga xavf-xatar tugʻdirishi mumkin boʻlgan holatlar mavjudligida;
banklar va ularning filiallari tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi haqida Markaziy bankka kelgan maʼlumotlar, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslar murojaatlari asosida.
15. Inspeksiya (tekshirish) muddati 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda inspeksiya (tekshirish) muddati Markaziy bank farmoyishi asosida uzaytirilishi mumkin.
16. Inspeksiya (tekshirish) muddati bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmi, uning filiallari tarmogʻining kengligini inobatga olgan holda belgilanadi.
III. Inspeksiya (tekshirish) oʻtkazishni rejalashtirish
17. Banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish rejasi kalendar yili boshlangunga qadar tuziladi va Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
18. Inspeksiya (tekshirish)lar oʻtkazish rejasi tasdiqlangandan soʻng tashkil topgan banklar va ularning filiallari faoliyatining rejali inspeksiyasi (tekshiruvi) keyingi kalendar yil rejasiga kiritiladi.
19. Inspeksiya (tekshirish)larni rejalashtirishda masofadan nazorat qilish natijalari boʻyicha xulosalari inobatga olinadi.
Bunda masofadan nazorat qilish natijalari asosida banklarning moliyaviy koʻrsatkichlarida salbiy holatlar kuzatilishi, moliyaviy holatining yomonlashuvi aniqlanganda, tasdiqlangan rejaga belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Bunda banklar va ularning filiallarini rejali inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishiga ilova qilinadigan tegishli inspeksiya (tekshirish) savolnomasiga muvofiq bank operatsiyalari tanlov asosida amalga oshiriladi.
22. Banklar va ularning filiallarini inspeksiya (tekshirish)dan oʻtkazuvchi tekshiruv guruhining tarkibi va uning rahbari, bajariladigan ishlar hajmi va xususiyati, filiallar tarmogʻining kengligi inobatga olingan holda Markaziy bank farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.
23. Zarur hollarda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazuvchi tekshiruv guruhi tarkibiga banklar va boshqa tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
24. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruhga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, tekshiruv guruhi aʼzolarining bilimi va tajribasini hisobga olgan holda, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi.
25. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruh aʼzolari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va inspeksiya (tekshirish) hisobotini tuzadi.
26. Tekshiruv guruhining inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank hamda uning filiallari tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarni oʻz vaqtida yoki umuman bajarmaslik inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishiga qarshilik koʻrsatilgan deb hisoblanadi va bunday holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
27. Dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari hamda inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank yoki uning filiali rahbari, bosh buxgalteri yoki boshqa xodimlari tomonidan imzolanadi.
Bunda bank yoki uning filiali rahbari, bosh buxgalteri yoki boshqa xodimlari dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan hollarda, dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari va tekshiruv guruhning kamida bir aʼzosi tomonidan imzolanadi.
28. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filialiga maʼlumot uchun, ikkinchisi esa inspeksiya (tekshirish)ni tayinlagan Markaziy bankka yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi boshligʻiga tegishli choralar koʻrish uchun topshiriladi.
avtomatlashtirilgan bank va axborot tizimlaridan zarur maʼlumotlarni tanlash rejimida foydalanish hamda ushbu maʼlumotlarning elektron nusxalarini olish;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni talab qilish;
banklar va ularning filiallari rahbari va xodimlaridan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa olish, lozim boʻlganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etilishini talab qilish;
bank va uning filiallarining rahbarlari va xodimlari bilan suhbatlar oʻtkazishga, ulardan inspeksiya (tekshirish) davomida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha maʼlumotlar va tushuntirishlar olish, shuningdek qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganlik yoki ularni talab darajasida bajarmaslik holatlari yuzasidan yozma tushuntirishlar talab qilish;
inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va uning filiallari rahbarlari yoki xodimlari imzolashdan bosh tortganda yoki uni imzolash asossiz kechiktirilganda tekshiruv guruhi rahbari va aʼzolari tomonidan imzo qoʻyilib, bu haqda Markaziy bank rahbariyatiga bildirishnoma kiritish.
inspeksiya (tekshirish)ni oʻz vaqtida hamda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
inspeksiya (tekshirish) davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan bank, tijorat va xizmat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozuv kiritish;
inspeksiya (tekshirish) davomida bank va uning filiallaridan foydalanish uchun olingan hujjatlar va mulklarni but saqlanishini hamda inspeksiya (tekshirish) yakunlangandan soʻng qaytarilishini taʼminlash.
tekshiruv guruhidan Markaziy bankning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini koʻrsatishni talab qilish va tanishish;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning inspeksiya (tekshirish) oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
oʻz faoliyatlari inspeksiya qilinishi (tekshirilishi) toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;
inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini olish;
qonunda belgilangan tartibda inspeksiya (tekshirish) natijalari ustidan shikoyat qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Banklar va ularning filiallari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
tekshiruv guruhiga inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
tekshiruv guruhiga amaliy yordam koʻrsatish uchun biriktiriladigan xodimlarni tayinlash;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni berish;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa berish, lozim boʻlganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etish.
34. Inspeksiya (tekshirish) hisoboti uch nusxada tuzilib, ularning har biri tekshiruv guruhi rahbari va aʼzolari, inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan bank yoki uning filiali rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
35. Bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri inspeksiya (tekshirish) hisobotini imzolashni rad etgan taqdirda, ularning bu haqdagi asoslantirilgan fikr va eʼtirozlari bayon etilgan tushuntirish xati taqdim etilishi shart.
36. Inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri tomonidan imzolashning rad etilishi inspeksiya (tekshirish) hisobotini Markaziy bankning Banklarda oʻtkazilgan tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organiga taqdim etilmasligiga asos boʻlmaydi.
37. Markaziy bankning Banklarda oʻtkazilgan tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organi imzolanmagan inspeksiya (tekshirish) hisobotini koʻrib chiqish jarayonida bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri tushuntirish xatida keltirilgan asoslangan fikr va eʼtirozlarni inobatga olishi shart.
banklar yoki ularning filiallariga — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
Markaziy bankning Banklarda oʻtkazilgan tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organiga — inspeksiya (tekshirish) natijasi boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini oʻrganish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini koʻrish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun;
Markaziy bankning Banklarni inspeksiya qilish departamentiga maʼlumot uchun.
39. Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasining farmoyishi asosida oʻtkazilgan banklar va ularning filiallaridagi inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
banklarning filiallariga — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga — bank filiallarida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalarini koʻrib chiquvchi ishchi organ yigʻilishida xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini muhokama qilish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini koʻrish uchun;
40. Inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish davomida bank va (yoki) uning filialida zudlik bilan tegishli choralar qoʻllanilishini taqozo qiladigan holatlar aniqlanganda, tekshiruv guruhi tomonidan inspeksiya (tekshirish) muddati tugashini kutmagan holda oraliq dalolatnoma tuziladi va Markaziy bankka taqdim etiladi.