1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.01.00 Kredit uyushmalari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN KREDIT UYUSHMALARI, MIKROKREDIT TASHKILOTLARI VA LOMBARDLAR FAOLIYATINI TEKSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 65-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 495-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-fevral,
4/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-fevraldagi 4/4-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 65-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 37-38-son, 372-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lombardlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 17-18-son, 149-modda) muvofiq Markaziy bank tomonidan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.
1. Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini (bundan keyingi oʻrinlarda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi) tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalarini amalga oshirish uchun tekshiruvlar oʻtkazadi.
2. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishni Markaziy bank tomonidan tekshirish oʻtkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy tuzilmasi (bundan keyingi oʻrinlarda tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) amalga oshiradi.
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tekshirish — nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni bevosita joyiga chiqib, ularning moliyaviy ahvoliga va faoliyatiga xos boʻlgan xavf-xatarlarga baho berish hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ahvolini tekshirish;
masofadan nazorat qilish — nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi muammolarni boshlangʻich davrida aniqlash maqsadida ular tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahliliga, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;
nazorat tartibida tekshirish — nobank kredit tashkilotlarida tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oʻtkazilgan avvalgi tekshirishda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ahvolini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish — nobank kredit tashkilotlarida tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oʻtkaziladigan yillik tekshirishlar rejasiga kiritilmagan tekshirish.
4. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga baho berish, ularning faoliyatida mavjud boʻlgan xavf-xatarlarni, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlar manfaatlari himoyasi taʼminlanganligini aniqlash va baholash;
nobank kredit tashkilotlarining iqtisodiy normativlarga rioya qilinishini, ularga nisbatan belgilangan meʼyorlarni toʻgʻri hisoblanishi ahvolini tekshirish. Bunda kapitalning yetarliligiga, aktivlar sifatiga, ularning toʻgʻri tasniflanishi va ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralarning oʻz vaqtida va toʻliq shakllantirilishiga, likvidlik masalalariga alohida eʼtibor berish lozim;
nobank kredit tashkilotlari tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar va maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish;
nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya ishi va hujjat aylanishini tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining umumiy qoidalariga rioya etilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini toʻgʻri yuritilishi va haqqoniyligi, aktivlar, majburiyatlar, kapital, pul oqimi, asosiy vositalar hisobining buxgalteriya andozalari va prinsiplariga mos ravishda aks ettirilishi ahvolini tekshirish;
nobank kredit tashkilotlarida ichki nazoratni joriy etish hamda amalga oshirilishi ahvolini tekshirish;
nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan talablariga rioya qilinishi ahvolini tekshirish.
6. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilmaning nobank kredit tashkilotlarida oʻtkazgan tekshirish hisoboti (dalolatnomasi) faqat Markaziy bankning nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish maqsadlarida ishlatilishi mumkin.
7. Oʻtkazilgan tekshirish natijalari nobank kredit tashkilotlarini qonun hujjatlariga muvofiq oʻz moliyaviy hisobotlarini har yilgi tashqi audit tekshiruvidan oʻtkazish majburiyatidan ozod etmaydi.
9. Rejali tekshirishlar reja asosida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini aniqlash hamda uning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida tekshirishlar kompleks tarzda oʻtkaziladi.
10. Tekshirish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni nobank kredit tashkilotlari tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish oʻtkazilishi mumkin.
11. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati yillik rejaga asosan yilda bir marotaba tekshirishdan oʻtkaziladi, qonun hujjatlarida boshqa muddatlar koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
13. Quyidagi hollarda rejadan tashqari tekshirishlar oʻtkaziladi:
nobank kredit tashkiloti qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi tegishli qarorlari asosida;
masofadan nazorat qilish natijalariga koʻra nobank kredit tashkilotlari moliyaviy holatining barqaror emas deb topilishi va omonatchilar hamda kreditorlar manfaatlariga xavf-xatar tugʻdirishi mumkin boʻlgan holatlar mavjudligida;
14. Tekshirish muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak. Rejadan tashqari tekshirishlarda, istisno tariqasidagi hollarda Markaziy bank farmoyishi asosida bu muddat koʻpi bilan 30 kunga uzaytirilishi mumkin.
15. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmi va xususiyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
16. Nobank kredit tashkilotlarida tekshirishlar oʻtkazish rejasi kalendar yili boshlangunga qadar tuziladi va Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
17. Tekshirishlarni rejalashtirishda masofadan nazorat qilish natijasi boʻyicha xulosalari inobatga olinadi.
IV. Tekshiruvchi mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari
18. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
tekshirish oʻtkazilayotgan nobank kredit tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq binolarga va xizmat xonalariga erkin kirib-chiqish;
tekshirish oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
nobank kredit tashkilotlarining xodimlari bilan suhbatlar oʻtkazishga, ulardan tekshirish davomida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha maʼlumotlar va tushuntirishlar olish, shuningdek, qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik yoki ularni talab darajasida bajarmaslik holatlari yuzasidan yozma tushuntirishlar talab qilish;
tekshirish hisobotini (dalolatnoma) nobank kredit tashkilotlari imzolashdan bosh tortganda yoki uni imzolash asossiz kechiktirilganda tekshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan imzo qoʻyilib, Markaziy bank rahbariyatiga imzodan bosh tortganligini asoslantirgan holda bildirishnoma kiritish.
Tekshiruvchi mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagilarga majburdir:
tekshiruv natijalarini hisobot (dalolatnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan nobank kredit tashkiloti ixtiyorida qoldirish;
tekshirishning oʻz vaqtida hamda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
tekshirish davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan bank, tijorat va xizmat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozuv kiritish.
V. Nobank kredit tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
20. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan Markaziy bankning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini koʻrsatishni talab qilish va tanishish;
tekshirish oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning tekshirish oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
oʻz faoliyatlari tekshirilishi toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma)ning bir nusxasini olish;
qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Nobank kredit tashkilotlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga majburdir:
tekshiruvchi mansabdor shaxslarga tekshirish oʻtkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
tekshirish boshlanish kunining oʻzidayoq nobank kredit tashkilotining kengashi aʼzolarini, taʼsischilarini oʻtkaziladigan tekshirish toʻgʻrisida xabardor qilish;
tekshiruvchi mansabdor shaxslarga amaliy yordam koʻrsatish uchun biriktiriladigan xodimlarni tayinlash;
tekshirish oʻtkazish uchun zarur boʻladigan hujjatlarni taqdim etish.
Nobank kredit tashkilotlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
VI. Tekshirish natijalarini rasmiylashtirish tartibi
22. Nobank kredit tashkilotlarida oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha hisobot (dalolatnoma) ikki nusxada tuziladi.
23. Hisobotning (dalolatnoma) ikkala nusxasi ham tekshiruvchi mansabdor shaxslar, tekshirilgan nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Hisobot (dalolatnoma)ning bir nusxasi tekshirilgan nobank kredit tashkilotida qoldiriladi.
24. Tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma) Markaziy bankning tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organi tomonidan koʻrib chiqiladi.
25. Nobank kredit tashkilotida oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma) Markaziy bankning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.
VII. Yakuniy qoida
26. Mazkur Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.