1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
MAʼLUMOTLARNI UZATISH TARMOQLARIDA INTERNET-PROVAYDERLARNING TARMOQLARARO OʻZARO HAMKORLIGINI TARTIBGA SOLISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1423-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2004-yil 12-noyabrdagi 374-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1423, 2004-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 45-46-son, 480-modda) bilan tasdiqlangan Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.