1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
BUYRUgʻI
MAʼLUMOTLARNI UZATISH TARMOQLARIDA INTERNET-PROVAYDERLARNING TARMOQLARARO OʻZARO HAMKORLIGINI TARTIBGA SOLISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 18-noyabrda 1423-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning, telekommunikatsiyalar operatorlarining, shu jumladan maʼlumotlar uzatish tarmoqlari operatorlarining tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish, Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlarining yagona tartibini belgilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.