1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.09.00 (Кучини йукотган) Boshqa umumdavlat soliqlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
IShLATIB KELINAYOTGAN TOʻLIQ ESKIRGAN ASBOB-USKUNALAR UChUN TOʻLOVNI UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2199]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) 7-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-yanvar,
3-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-yanvar,
7-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-yanvar,
2011-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 25-yanvardagi 3, 7 va 2011-2-son qaroriga ILOVA
Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513- modda) 7-bandiga muvofiq ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni (keyingi oʻrinlarda toʻlov deb yuritiladi) undirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi, bundan mikrofirma va kichik korxonalar mustasno.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
toʻlov — unumli foydalanish muddati oʻtgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalardan foydalanganlik uchun budjetga toʻlov;
asbob-uskuna — mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat koʻrsatish) jarayonida foydalaniladigan mashina va asbob-uskunalar;
toʻliq eskirgan asbob-uskuna — bir vaqtning oʻzida quyidagi mezonlarga javob beradigan asbob-uskuna:
asbob-uskuna mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan asbob-uskunalar guruhi roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa;
asbob-uskuna boʻyicha yuz foizlik eskirish (amortizatsiya) hisoblangan boʻlsa;
asbob-uskuna mazkur Nizomning 5-bandi xususiyatlarini hisobga olgan holda unumli foydalanish muddatidan ortiq muddatlarda foydalanilayotgan boʻlsa;
asbob-uskunaning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati — uni sotib olish, qurish (barpo qilish) va tayyorlash, yetkazib berish hamda foydalanishga yaroqli holatga keltirish uchun sarflangan, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarga muvofiq qayta baholashlarni hisobga olgan holdagi haqiqiy xarajatlar qiymati.
II. Toʻlovchilar
3. Toʻlov toʻlovchilar boʻlib, tashkilot balansida asosiy vositalar sifatida hisobga olingan toʻliq eskirgan asbob-uskunalardan oʻzining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanayotgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
III. Uskunadan unumli foydalanish muddatini aniqlash
4. Asbob-uskunaning oʻrnatilgan unumli foydalanish muddati ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
5. Guruhlar boʻyicha asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi:
agar ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq oʻrnatilgan asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati texnik hujjatlarda koʻrsatilgan muddatlardan yuqori oʻrnatilgan boʻlsa, asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati texnik hujjat asosida hisobga olinadi;
agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbir haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq vakolatli organ tomonidan asbob-uskunani texnik diagnostikadan oʻtkazish natijasida, uning foydalanish muddati uzaytiriladigan boʻlsa, asbob-uskunaning oʻrnatilgan unumli foydalanish muddati uzaytirilgan muddatni hisobga olgan holda aniqlanadi.
IV. Toʻlov hisoblash uchun baza
6. Toʻlov hisoblash uchun baza boʻlib, mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan meʼyorlarga javob beradigan asbob-uskunaning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati hisoblanadi, bundan quyidagilar mustasno:
moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga koʻra olingan asbob-uskuna, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi muddati davomida;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan asbob-uskuna.
V. Toʻlov miqdori va uni hisoblash tartibi
7. Toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi.
8. Toʻlov summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
P = Pst x S / 100, bu yerda:
P — toʻlov summasi;
Pst — asbob-uskunaning hisobot davri oxiridagi boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati (31-dekabr);
S — foizda belgilangan toʻlov miqdori.
Masalan, mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mezonlarga javob beradigan asbob-uskunaning hisobot davri oxiridagi (yaʼni, 31-dekabr holatiga) boshlangʻich qiymati 50 000 ming soʻmni tashkil etadi, 2011-yil uchun toʻlov miqdori esa 0,25 foiz miqdorida belgilangan. U holda budjetga toʻlanadigan toʻlov summasi 125 ming soʻmni tashkil etadi (50 000 x 0,25 / 100).
VI. Hisobot davri
9. Hisobot davri boʻlib kalendar yil hisoblanadi.
VII. Hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlovni toʻlash
10. Toʻliq eskirgan asbob-uskunadan foydalanilganlik uchun toʻlov hisob-kitobi-maʼlumotnomasi mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraliga qadar soliq boʻyicha hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi.
11. Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskuna uchun toʻlov, Hisob-kitob-maʼlumotnomani taqdim etish muddatidan kechiktirmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetga oʻtkaziladi.
VIII. Toʻlovni hisobga olish
12. Budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik schyoti boʻyicha amalga oshiriladi.
Hisoblangan toʻlov summasi quyidagicha aks ettiriladi:
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debyoti;
(6400) budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish schyotining krediti.
Budjetga oʻtkazilgan toʻlov summasi quyidagicha aks ettiriladi:
(6400) budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish schyotining debeti;
pul mablagʻlarini hisobga olish schyotining krediti.
IX. Toʻlovchining javobgarligi va davlat soliq xizmati organlarining nazorati
13. Toʻlovchilar toʻlovning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgardirlar.
14. Toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
15. Toʻlovni oʻz vaqtida budjetga oʻtkazmaganlik uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya hisoblanadi.
Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Toʻlov undiriladigan asbob-uskunalar roʻyxati va ularning unumli foydalanish
MUDDATLARI
Asbob-uskunalar
Kodlar (Shifrlar)
Unumli foydalanish muddati (yillarda)
Kuchlanish asbob-uskunalari
40
Teplotexnik asbob-uskunalar
400
25
Turbina asbob-uskunalari
401
33
Elektrodvigatellar va dizel-generatorlar
402
20
Kompleks qurilmalar
403
22
Ichki yonuv dvigatellari
404
10
Boshqa kuchlanish asbob-uskunalari
407
19
Ishchi asbob-uskunalar
41 — 46
Metall kesuvchi asbob-uskunalar
410
12
Quymachilik ishlab chiqarishi uchun asbob-uskunalar
411
20
Temirchilik va presslash asbob-uskunalari
412
20
Abraziv metallar va olmos ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar
413
12
Kompressor asbob-uskunalari
414
19
Nasoslar
415
10
Gaz tozalovchi uskunalar va ventilatsion mashina va asbob-uskunalari
416
14
Yuk koʻtarish-transport va yuklash-tushirish asbob-uskunalari
417
25
Yer va kon ishlari uchun asbob-uskunalar
418
15
Gidromexanizatsiya asbob-uskunalari
419
12
Beton va pardozlash ishlari uchun asbob-uskunalar
420
8
Yoʻl qurilishi asbob-uskunalari
421
23
Qoziq qoqish ishlari uchun asbob-uskunalar
422
14
Kabel (oʻrash) oʻtkazish uchun asbob-uskunalar
423
33
Suv osti texnik ishlari uchun asbob-uskunalar
424
21
Elektrogazosvarka va kesish uchun asbob-uskunalar
425
15
Maydalash, saralash va boyitish uchun asbob-uskunalar
426
20
Geologiya-qidiruv asbob-uskunalari
427
10
Yer osti va ochiq togʻ ishlari uchun asbob-uskunalar
428
12
Texnologik jarayonlar uchun moʻljallangan barcha turdagi maxsus sigʻimlar
429
16
Qora metallurgiya asbob-uskunalari
430
20
Rangli metallurgiya asbob-uskunalari
431
20
Kimyo sanoati va mineral oʻgʻitlar sanoati asbob-uskunalari
432
18
Issiqlik almashinuvchi uskunalar, kimyo sanoati pechi va boshqa maxsus asbob-uskunalar
433
15
Neft va gaz qazish va burgʻulash uchun asbob-uskunalar
434
18
Neftni qayta ishlash sanoati asbob-uskunalari
435
13
Neftkimyo sanoati asbob-uskunalari
436
16
Gaz sanoati asbob-uskunalari
438
20
Elektron sanoati asbob-uskunalari
440
9
Qurilish materiallari sanoati asbob-uskunalari
441
17
Oynachilik sanoati asbob-uskunalari
442
16
Kabel sanoati asbob-uskunalari
443
18
Oʻrmon sanoati asbob-uskunalari
444
10
Yogʻochni qayta ishlash sanoati asbob-uskunalari
445
11
Sellyuloza-qogʻoz sanoati asbob-uskunalari
446
18
Poligrafiya sanoati asbob-uskunalari
448
13
Yengil sanoat asbob-uskunalari
449
13
Oziq-ovqat sanoati texnologik asbob-uskunalari
450
13
Goʻsht va sut sanoati asbob-uskunalari
451
13
Meditsina va mikrobiologiya sanoati asbob-uskunalari
460
16
Izoh: asbob-uskunalar kodlari (shifrlari) 1990-yildagi asbob-uskunalarning yagona amortizatsiya normalariga (UYaAN) muvofiq keltirilgan.
Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yuridik shaxs shtampi
___________________________________tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga
Soliq toʻlovchi __________________________________________________________
(korxona, tashkilot nomi)
INN
Telefon ____________________
Toʻlovchi manzili ________________________________________________________