1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “BUXORO, NAVOIY VA QASHQADARYO VILOYATLARIDAGI YERLARNI MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yer va suv resurslarini boshqarish infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
2006-yil 24-iyulda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar kengashi “Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish uchun 60,2 mln. AQSh dollari miqdorida, shu jumladan OTBning odatdagi resurslaridan 32,6 mln. AQSh dollari miqdorida besh yillik imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda uzish muddati 25 yil hamda OTBning Maxsus fondidan — 18,515 mln. maxsus qarz olish huquqlari (MQH) miqdorida (ekvivalenti 27,6 mln. AQSh dollariga teng), sakkiz yillik imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda uzish muddati 32 yil boʻlgan ikki turdagi qarz ajratishni maʼqulladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
mazkur loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 15,6 mln. AQSh dollarini, shu jumladan soliqlar, bojxona toʻlovlari va majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etish tarzida 11,6 mln. AQSh dollari hamda fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalari (benefitsiarlar)ning ulushi — ekvivalenti 0,4 mln. AQSh dollarini tashkil etadi;
loyiha Buxoro viloyatining Buxoro, Jondor va Romitan tumanlarida; Navoiy viloyatining Qiziltepa, Xatirchi va Navbahor tumanlarida hamda Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Gʻuzor va Koson tumanlarida amalga oshiriladi (bundan buyon matnda — loyihaga kiritilgan tumanlar va viloyatlar deb yuritiladi).
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirishga javobgar ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Paxta-bank “Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtiruvchi moliyaviy agent hisoblanadi;
loyihani amalga oshirish davri (2007 — 2012-yillar)da qarz boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash OTB qarz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
OTB qarzini uzish va foizlarini toʻlash jadvallari 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hamda loyihaga kiritilgan tumanlar hokimlari zimmalariga loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, shuningdek OTB tartib-qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobot va hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash va taqdim etishni tashkil qilish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri OTB bilan tuzilgan qarz bitimlarini, shuningdek ushbu loyihaning “Xoʻjalik ichidagi tiklash ishlari” kichik komponenti doirasida tanlab olingan tijorat banklari bilan tuziladigan huquqlarni berish toʻgʻrisidagi bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida tuzilgan qarz bitimlari yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, loyihani amalga oshirish davrida loyihaga kiritilgan tumanlarda 2008-yil hosilidan boshlab tajriba tariqasida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar;
6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish topshiriqlari oʻrniga OTB bilan tuzilgan qarz bitimlari shartlariga muvofiq paxta xom ashyosi va bugʻdoy uchun davlat xarid kvotalari belgilanadi;
fermer xoʻjaliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan tasdiqlangan normativ hujjatlar tatbiq etiladi;
paxta xom ashyosi uchun xarid narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-sonli Farmonida belgilangan tartibda joriy qilinadi.
6. Loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (Sh. Mirziyoyev):
loyiha yechimlarini tatbiq etishni jadallashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda, ajratiladigan mablagʻlarni samarali oʻzlashtirish ustidan qattiq nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin;
loyihaning amalga oshirilishini muntazam koʻrib borsin va zarur hollarda uning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
mazkur loyiha doirasida uskunalarni yetkazib berish hamda irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va qayta tiklash ishlarini bajarishda tanlov tadbirlarini oʻtkazish uchun tender komissiyasi tarkibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
ikki hafta muddatda mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan muvofiqlashtirish va boshqarish vazifalarini Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta qurish loyihasini amalga oshirish agentligi zimmasiga yuklash boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etsin va zarur hollarda qarz bitimi shartlari boʻyicha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan shtat jadvali va har yilgi moliyalashtirish smetasiga muvofiq mutaxassislarni qoʻshimcha ravishda yollasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda, 2008-yildan boshlab, mazkur loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida erishilgan bitimga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, loyiha doirasidagi investitsiya davri mobaynida bevosita yetkazib beruvchilardan va pudratchilardan sotib olinadigan uskunalar, transport vositalari va boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar) soliqlardan, davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan va bojxona toʻlovlari (yagona ijtimoiy toʻlov va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Mazkur imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan ulushi hisoblanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 26-sentabrʼ,
PQ-698-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 26-sentabrdagi PQ-698-son qaroriga 4-ILOVA
“Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” loyihasi boʻyicha qarzni uzish va foizlarni toʻlash (oddiy kapital resurslaridan olingan qarz)
*Toʻlovlar miqdori LIBOR stavkasining oʻzgarishi va qarz mablagʻlarini oʻzlashtirishning haqiqiy sanasiga qarab aniqlashtiriladi.
**Foiz stavkasi 6,31% hisobida qabul qilingan.
***Qurilish vaqtidagi foizlar va majburiyat uchun komissiya qarz miqdoriga kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 26-sentabrdagi PQ-698-son qaroriga 5-ILOVA
“Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” TIA loyihasi boʻyicha qarzni uzish va foizlarni toʻlash (Osiyo taraqqiyot bankidan olingan qarz)
*Toʻlovlar miqdori qarz mablagʻlarini oʻzlashtirishning haqiqiy sanasiga qarab aniqlashtiriladi.
**OTBning Maxsus fonddan maxsus qarz olish huquqlari asosidagi qarz mablagʻlarini denominatsiya qilish toʻgʻrisidagi siyosatiga muvofiq, OTB bitimlari uchun (1,490700) ayriboshlash kursidan foydalangan holda qarz summasi Maxsus qarz olish huquqiga oʻtkazilgan.
***Qurilish vaqtidagi foizlar qarz miqdoriga kiritilgan.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 26-sentabrdagi PQ-698-son qaroriga 6-ILOVA
“Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
1.
Sh.M. Mirziyoyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, kengash raisi
2.
U.I. Barnoyev
—
qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, kengash raisi oʻrinbosari
3.
G.K. Saidova
—
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
A.A. Abduazizov
—
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
5.
B.B. Alixanov
—
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi
6.
Y.E. Tursunov
—
moliya vaziri oʻrinbosari
7.
M.A. Askarov
—
Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va TIA masalalari boʻyicha YATD mudiri oʻrinbosari
8.
S.B. Shermatov
—
Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari boʻyicha ATD bosh mutaxassisi
9.
Lavozimi boʻyicha
—
loyihada ishtirok etadigan tijorat banklarining boshqaruv raislari (tanlov natijalariga koʻra)
10.
Lavozimi boʻyicha
—
“Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” loyihasini boshqarish boʻyicha guruh rahbari, kengashning masʼul kotibi
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.