|
Hujjat 07.01.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
|
T/r |
Faoliyat turining nomi |
| I | Chakana savdo: |
| 1 | Oziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (oʻsimlik moyi va alkogolli mahsulotlarni sotish bundan mustasno) |
| 2 | Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chakana sotish |
| 3 | Nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish (neft mahsulotlarining barcha turlarini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlarni, kino va video mahsulotlarini, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno) |
| 4 | Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish (turgʻun shoxobchalarda aralash savdo qilish) |
| 5 | Tovarlarni import qilish va chakana sotish* |
| II |
Qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxat boʻyicha xalq badiiy hunarmandchiligi va dekorativ-amaliy sanʼat buyumlarini tayyorlash. |
| III | Maishiy xizmatlar, II boʻlimda nazarda tutilganlaridan tashqari: |
| 6 | Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar |
| 7 | Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek dazmollash xizmatlari |
| 8 | Gilam va gilam buyumlarini taʼmirlash va tozalash |
| 9 | Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarini, toʻqimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni taʼmirlash va tikish, trikotaj buyumlarni toʻqish |
| 10 | Hayvonlar terilari, moʻyna, toʻqimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va boʻyash |
| 11 | Yakka buyurtmalar boʻyicha poyabzal tayyorlash va tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash |
| 12 | Attorlik buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash |
| 13 | Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash |
| 14 | Kalitlar tayyorlash |
| 15 | Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va taʼmirlash |
| 16 | Motam gulchambarlari, sunʼiy ranglar, girlyand tayyorlash |
| 17 | Toʻsiqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash |
| 18 | Eshik, deraza va yogʻochdan boshqa buyumlar tayyorlash, mebeldan tashqari |
| 19 | Inventarni (xoʻjalik, sport, baliqchilik va hokazo inventar) taʼmirlash va tayyorlash |
| 20 | Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash |
| 21 | Mebelni yigʻish va taʼmirlash |
| 22 | Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash |
| 23 | Yakka buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini tozalash, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlash |
| 24 | Optika, soatlarni taʼmirlash va oʻymakorlik ishlari |
| 25 | Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini taʼmirlash, oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish |
| 26 | Transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qoʻriqlash signallarini taʼmirlash va oʻrnatish, yuvish, tekislash, kuzovga himoya va bezak qoplamalari qoplash, salonni tozalash va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar) |
| 27 | Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari |
| 28 | Shisha va oynalarni qirqish, shishaga badiiy ishlov berish |
| 29 | Binolarga oyna oʻrnatish xizmatlari |
| 30 | Jamoat hojatxonalari xizmatlari |
| 31 | Hammom va sauna xizmatlari |
| 32 | Turar joylarni yigʻishtirish xizmatlari |
| 33 | Hovlilar va bogʻlarga qarash xizmatlari, shuningdek koʻkalamzorlashtirish ishlari |
| 34 | Bogʻlar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish |
| 35 | Videoga olish va fotosuratga olish xizmatlari |
| IV | Faoliyatning boshqa turlari: |
| 36 | Milliy shirinliklar, non-bulka va qandolatchilik buyumlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda oʻrindiqlar tashkil etmasdan donalab sotiladigan taomlarning alohida turlarini tayyorlash |
| 37 | Oʻlchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish |
| 38 | Qurilish, taʼmirlash va bezash boʻyicha alohida ishlarni bajarish (kapital qurilish, qurilish-montaj ishlari boʻyicha yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatishdan tashqari) |
| 39 | Repetitorlik xizmatlari |
| 40 | Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari |
| 41 | Bolalarning oʻyinchoq avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlar |
| 42 | Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, taʼmirlash va ulardan foydalanish |
| 43 | Dizayn boʻyicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek chizmachilik-grafika ishlari |
| 44 | Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter oʻyinlarini tashkil etish, shuningdek kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va koʻpaytirish bilan bogʻliq xizmatlar |
| 45 | Tashrif qogʻozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish |
| 46 | Muqovalash ishlari |
| 47 | Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish |
| 48 | Sugʻurta agentlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar |
| 49 | Toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish |
| 50 | Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish |
| 51 | Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (toʻy, yubiley, tugʻilgan kun va hokazolar) |
| 52 | Koʻylak va kostumlarni, shuningdek ularga aksessuarlarni prokatga berish |
| 53 | Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari) |
| 54 | Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari |
| 55 | Toʻgaraklar tashkil etish va yuritish |
| 56 | Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar) |
| 57 | Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari |
| 58 | Mol soʻyish xizmatlari |
| 59 | Uy hayvonlariga qarash xizmatlari |
| 60 | Veterinariya faoliyati |
| 61 | Yuklarni avtomobil transportida tashish |
| 62 | Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish |
| 63 | Oʻsimlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni yetishtirish, yigʻishtirish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish |
| 64 | Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish |
| 65 | Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va sotish |
| 66 | Shisha idishlar va ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish xizmatlari (metall chiqindilaridan tashqari) |