1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 27-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, ilova qilinayotgan roʻyxatga kirmagan tadbirkorlik faoliyati turlari bilan jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmasdan belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning faqat yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin boʻlgan ayrim turlari bundan mustasno”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-oktabr,
363-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 20-son, 157-modda; 2003-y., 3-son, 27-modda)