1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Notarial idoralarda NOTARIAL ISH YURITISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2170]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
1. Notarial idoralarda notarial ish yuritish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-dekabr,
308-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 308-mh-son buyrugʻiga ILOVA
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi va “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq notarial idoralarda notarial ish yuritish, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bogʻliq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga daʼvat etilgan huquqiy institutdir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
2. Notarial idoralarda notarial ish yuritishni tashkil etish mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
3. Notarial ish yuritishni toʻgʻri tashkil qilish uchun notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius javobgardir.
Notarial ish yuritish va (yoki) arxiv ishlarini olib borish davlat notarial idoralarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) rahbarining buyrugʻi bilan notarial idora xodimlaridan biriga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarda esa notariusning buyrugʻi bilan notariusning oʻziga yoki xodimlaridan biriga yuklanadi.
Notarial ish yuritish va (yoki) arxiv ishlarini olib borish yuklatilgan shaxs (bundan keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) ishdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtkazilganda hujjatlar yangi tayinlangan xodimga dalolatnoma asosida topshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” va “Notariat toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq notarial idoralarda notarial ish yuritish va notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
Notarial harakatlar boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjat matni yuridik va jismoniy shaxslarning talablariga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda yoziladi.
6. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma talablariga asosan rasmiylashtiriladi.
7. Hujjat turining nomi (maʼlumotnoma, hisobot va boshqa) har bir hujjatda (xatdan tashqari) koʻrsatiladi.
8. Hujjatlar matni A4 (210 x 297) va A5 (148 x 210) formatdagi varagʻining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda yoziladi. Bunda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
matn qora rangda, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm, tepa va pastdan 2 sm sahn qoldirib yoziladi;
matn xatboshisi 6 harfdan iborat joy tashlab boshlanadi;
hujjatning birinchi betidan tashqari boshqa betlarining tepa qismi oʻrtasiga “2” raqamidan boshlab tartib raqami qoʻyiladi;
matn 1,2 qatorlararo oraliq (interval)da yoziladi.
9. Notarial idoraning ish yurituvi bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar tegishliligiga qarab tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga va fuqarolarga yuboriladi.
Hujjat yuborilayotganda tashkilotning nomi bosh kelishikda, mansabdor shaxsning lavozimi va familiyasi hamda fuqaroning familiyasi joʻnalish kelishigida yoziladi.
Hujjat yuborilayotgan tashkilotning manzili uning nomidan keyin yoziladi. Hujjat fuqaroga yuborilganda esa uning manzili, keyin uning ismi, otasining ismi bosh harflari va familiyasi yoziladi.
Javob xatlarida javobi joʻnatilayotgan hujjatning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
10. Rasmiylashtirilgan hujjatlar matnida keltirilgan sanalar raqamlar bilan ifodalanadi. Sanalar arab raqamlari bilan bir satrda va quyidagi izchillikda yoziladi: yil, kun, oy (rus tilida tayyorlangan hujjatlarda kun, oy, yil koʻrinishida).
11. Hujjatlarda ilova mavjud boʻlganda ular quyidagicha rasmiylashtiriladi:
agar ilova hujjat matnida koʻrsatilgan boʻlsa, ilovadagi varaqlar soni koʻrsatiladi;
agar ilova hujjat matnida koʻrsatilmagan boʻlsa, ilovalar nomi sanab koʻrsatiladi;
agar yozishmalar bir nechta manzilga yuborilayotgan boʻlib, ulardan biriga ilova yuborilsa, bu holda ilovaning kimga tegishliligi koʻrsatiladi.
Agar ilovalar risolalangan boʻlsa, varaqlar soni koʻrsatilmaydi.
12. Bitta yoʻllanma xat bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan hujjatlarni yuborish va kirim qilish taqiqlanadi.
13. Barcha joʻnatilayotgan hujjatlar notarius tomonidan imzolanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatni imzolashda notarial idora nomi, notariusning ismi va otasining ismi bosh harflari hamda familiyasi yoziladi.
Hujjatlarni “uning oʻrniga” degan soʻzlar, shuningdek lavozimning nomi oldiga qiya chiziq qoʻyib imzolashga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. Hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va rasmiylashtirish
14. Notarial idorada ijro qilinishi lozim boʻlgan barcha hujjatlar, shu jumladan arizalar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Notarial idora faoliyatiga tegishli boʻlmagan xatlar, shaxsiy yozishmalar, tabriknomalar, taklifnomalar va shunga oʻxshash yozishmalar roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Hujjatlar ijro etilganidan keyin mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi notarial idora hujjatlar yigʻmajildlarining namunaviy nomenklaturasida koʻrsatilgan yigʻmajildga tikiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
15. Notarial idoralarda hujjatlarni roʻyxatga olish va ularning ijrosini nazorat qilish uchun “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (bundan keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) foydalaniladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
16. Roʻyxatga olingan hujjatlarning birinchi betida (chap tomon pastki qismida) notarial idoraning shtampi bosiladi hamda hujjatning kirim raqami va uning qabul qilingan sanasi yoziladi.
17. Hujjatlarning yetishmasligi yoki ularning yaroqsiz holatda ekanligi aniqlansa, masʼul shaxs tomonidan bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va notarius tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi hujjatni joʻnatuvchiga hujjatlarni ilova qilgan holda yuboriladi.
18. Kelib tushgan hujjatlarning konverti uning joʻnatuvchisi manzilini hamda hujjatning joʻnatilgan va qabul qilib olingan vaqtini uning konverti boʻyicha aniqlash mumkin boʻlgan hollardagina saqlanadi va konvert hujjatlarga ilova qilinadi.
Fuqarolarning ariza, shikoyat va takliflari kelib tushgan konvertlar yoʻq qilinmaydi hamda ushbu hujjatlar bilan birgalikda saqlanadi.
19. Agar hujjatlar adashib joʻnatilgan boʻlsa, ular yangi konvertlarda avvalgi konvert ilova qilingan holda tegishli manzillarga yuboriladi yoki shaxsan hujjatning joʻnatuvchisiga qaytariladi.
20. Notarial idoraga kelib tushgan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin notarius shu kunning oʻzida uni ijro etish va ijro muddati toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi.
21. Hujjat unda koʻrsatilgan barcha masalalar hal qilinib, uning joʻnatuvchisiga javob berilganda ijro etilgan deb hisoblanadi. Ijro etilgan hujjatga ularning ijrosi va yigʻmajildga tikilishi haqida belgi qoʻyiladi.
Agar hujjatning ijro qilinganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlmasa, hujjatning ijro qilinganligi haqidagi belgi uning birinchi varagʻining pastki qismiga yoki joy boʻlmaganda hujjatning birinchi varagʻi orqa tomoniga qoʻyiladi, shuningdek, “yigʻmajildga” degan soʻz va ijro etilgan hujjat tikilishi lozim boʻlgan yigʻmajildning raqami yozib qoʻyiladi.
22. Joʻnatilayotgan hujjat Tizimda roʻyxatdan oʻtkaziladi va unga tegishli tartib raqami beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
23. Notarial idoralarda hujjatlar pochta aloqasi, elektron pochta, xat-hujjat tashuvchi xodim orqali joʻnatiladi yoki shaxsan uning joʻnatuvchisiga (uning vakiliga) topshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
IV. Hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazorat
24. Roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha hujjatlarning ijro etilishi ahvolini nazorat qilish adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatlarning ijrosi yuzasidan tegishli maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari hamda boshqa yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan topshiriqlar nazoratga olinadi.
Notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan boshqa hujjatlarning ijrosi ham nazoratga olinishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
26. Hujjatlarning ijrosi boʻyicha nazorat Tizim yordamida olib boriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
V. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasini tuzish va yigʻmajildlarni shakllantirish
27. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi amalga oshiriladigan barcha notarial harakatlarni inobatga olgan holda shakllantiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
28. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi notarial idoraning nomi koʻrsatilgan holda adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar (bundan keyingi oʻrinlarda notarial arxiv deb yuritiladi) bilan kelishiladi.
Notarial idoralarning hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi notarius tomonidan mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan hujjatlar yigʻmajildlarining namunaviy nomenklaturasidan kelib chiqib tasdiqlanadi.
Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi bir kalendar yil davomida amalda boʻladi va har yili yangidan tasdiqlanadi. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi ikki nusxada tuziladi. Birinchi nusxa adliya boshqarmasida yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasida, ikkinchi nusxasi esa notarial idorada saqlanadi. Notarial idorada saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasidan ish nusxasi sifatida foydalaniladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
29. Yigʻmajildlar quyidagicha shakllantirilishi va yuritilishi zarur:
yigʻmajildlarga faqat ijro etilgan va toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlarni joylashtirish;
bitta masalaning hal qilinishiga taalluqli barcha hujjatlarni ularning ilovalari bilan birgalikda joylashtirish;
yigʻmajildlarda bir kalendar yilga oid hujjatlarni guruhlash (yildan-yilga oʻtuvchi hujjatlar yigʻmajildlari bundan mustasno);
yigʻmajild varaqlarining jami 250 varaqdan oshmasligi, agar ortsa, mazkur yigʻmajildning navbatdagi jildini yuritish.
30. Notarial idoraning ish yurituvidagi barcha hujjatlar ijro etilganidan keyin tegishli yigʻmajildlarga turkumlashtiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
32. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish, meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni toʻlash, meros mol-mulkni qoʻriqlash choralarini koʻrish haqidagi arizalar, shuningdek, kreditorlarning talabnomalari alohida meros ishlari shakliga keltiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Meros ishi yigʻmajildiga mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan arizalar boʻyicha merosni rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Agar meros ishini rasmiylashtirish joriy yilda tugallanmasa, u keyingi yilga mazkur raqam bilan oʻtadi va u qayta roʻyxatga olinmaydi.
33. Yozishmalar kalendar yil davri boʻyicha guruhlanadi va xronologik tartibda ketma-ket turkumlanadi, javob hujjati soʻrov hujjatidan keyin joylashtiriladi.
Hisobot yili tugagach, yigʻmajildlar boʻshatiladi va ularning har biri alohida tikiladi. Bunda yigʻmajildlar muqovalanadi, ularning nomlari yoziladi, varaqlarga tartib raqamlari beriladi hamda hujjatlarning roʻyxati tuziladi.
34. Yillik rejalar va hisobotlar qachon tuzilganligidan qatʼi nazar, mazmunan qaysi yilga taalluqli boʻlsa, oʻsha yilning yigʻmajildiga qoʻyiladi.
VI. Hujjatlarning notarial idorada saqlanishi va notarial arxivlarga topshirish
(VI boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
35. Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxiv ishini yuritishi shart.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach notarial arxivlarga topshirilishi kerak.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
36. Joriy ish yuritish reyestrlari, meros ishlari yigʻmajildlari va tugallangan yigʻmajildlar notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri taʼsiridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini taʼminlaydigan shkaflarda turadi.
37. Yigʻmajildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(37-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
38. Kalendar yil tugashi bilan masʼul shaxs yigʻmajildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Yigʻmajilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Yigʻmajild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa masʼul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qoʻyiladi.
Yigʻmajild muqovasidagi sana hujjatlar yigʻmajildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
Yigʻmajild muqovalari mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(38-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
39. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin masʼul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
40. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini koʻrib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
41. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqishda arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
42. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar roʻyxati toʻliq koʻrsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi aʼzolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qoʻyiladi.
43. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1933-moddasi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan oʻz — 2019-yil 1-yanvardan kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan oʻz 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2170-3, 26.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
Notarial idoralarda notarial ish yuritish qoidalariga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga hujjatlarni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida DALOLATNOMA
___________________
_________________________
(tuzilgan vaqti)
(tuzilgan joyi)
T/r
Yigʻmajildlarning turi
Yigʻmajildlarning sanasi
Yigʻmajildlarning nomenklatura boʻyicha tartib raqami
Yigʻmajildlarning soni
Yigʻmajildlarning soni
Jami yigʻmajildlar soni ______________________________________________________________________
(raqamlar va soʻzlar bilan)
Notarius
_________
_____________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
___________
(imzo)
Ekspert komissiyasi aʼzolari:
_________
_____________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
_________
_____________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
_________
_____________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
____________ (sana)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170-4, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 503-modda; 2011-y., 40-son, 434-modda; 2015-y., 6-son, 72-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son; 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)