toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2170-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 308-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 503-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
569-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 569-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 13-bandning birinchi xatboshisidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
2. 15-banddagi “mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakldagi tegishli daftarlar yuritiladi” degan soʻzlar ““Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (bundan keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) foydalaniladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Joʻnatilayotgan hujjat Tizimda roʻyxatdan oʻtkaziladi va unga tegishli tartib raqami beriladi.”.
4. 23-banddagi “pochta aloqasi,” degan soʻzlardan keyin “elektron pochta,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 24-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hujjatlarning ijrosi yuzasidan tegishli maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.”.
6. 26-banddagi “nazorat kartochkalari” yoki tegishli nazorat ish jildlari” degan soʻzlar “Tizim” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 27-banddagi “harakatlar, shuningdek reyestrlar, kitoblarni” degan soʻzlar “harakatlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 28-bandning birinchi xatboshisidagi “notarial arxivlar” degan soʻzlar “idoraviy notarial arxivlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 31-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
10. 32-bandning birinchi xatboshisidan “, ularning har biriga alohida indeks beriladi va tegishli hujjatlar yigʻma jildlariga tikiladi, shundan soʻng, mazkur Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq Meros ishlarini roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi hamda unga shu kitobdagi tegishli tartib raqami beriladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. VI bob nomidagi “notarial arxivlarga” soʻzlar “idoraviy notarial arxivlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “notarial arxivlarga” soʻzlar “idoraviy notarial arxivlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 37-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
14. 38-bandning beshinchi xatboshisidagi “14” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
15. 42-bandning birinchi xatboshisidagi “15” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin.
16. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
17. 2 — 13 ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
18. 14-ilovaning ilova belgisidagi “14” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
ilova belgisidagi “15” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
nomidagi “notarial arxivlarga” soʻzlar “idoraviy notarial arxivlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalariga
1-ILOVA
Davlat notarial idoralari hujjatlar yigʻmajildlarining namunaviy
NOMENKLATURASI
1. Ish yuritish boʻyicha
1-1. Yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruq va koʻrsatmalari.
1-2. Notarial amaliyotni umumlashtirish boʻyicha hujjatlar.
1-3. Notarial idorani tekshirish natijalari haqida maʼlumotnoma va dalolatnomalar.
1-4. Shaxsiy tarkib boʻyicha buyruqlar, mehnat shartnomalari va boshqa hujjatlar.
1-5. Boshqa tashkilotlar bilan yozishmalar.
1-6. Notarial arxivga topshirilgan hujjatlarning roʻyxati va topshirish dalolatnomalari
1-7. Xalqaro shartnomalar boʻyicha yozishmalar.
1-8. Boshqa hujjatlar.
2. Notarial harakatlarning turlari boʻyicha
2-1. Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar va ularni tasdiqlash uchun asos boʻlgan hujjatlar.
2-2. Garov (ipoteka) shartnomalari hamda ularni tasdiqlash uchun asos boʻlgan hujjatlar.
2-3. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar va ularni tasdiqlash uchun asos boʻlgan hujjatlar.
2-4. Boshqa shartnomalar.
2-5. Ishonchnomalar.
2-6. Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar.
2-7. Meros ishlari.
2-8. Ijro xatlarini yozish va unga tegishli boʻlgan hujjatlar.
2-9. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalar berishga oid hujjatlar.
2-10. Boshqa notarial harakatlar.
3. Notarial harakatni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlar boʻyicha
3-1. Tugallanmagan meros ishlari boʻyicha hujjatlar.
3-2. Meros mol-mulkini qoʻriqlash choralarini koʻrish boʻyicha arizalar.
3-3. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish yoki rad etish haqidagi qarorlar.
3-4. Hujjatlarni ekspertizaga joʻnatish haqidagi qarorlar.
3-5. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2170-3/2378-son)