1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI MARKAZIY APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 26-noyabrdagi 263-son qarorini bajarish yuzasidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash va innovatsiyalar darajasi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Agentlik markaziy apparati tuzilmasida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va innovatsiya texnologiyalari bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizomning 16-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Maqomiga ko‘ra bosh direktor vazirga, bosh direktorning birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosarlariga va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 23-avgustdagi 404-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 86-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-dekabr,
306-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-dekabrdagi 306-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining
TUZILMASI
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 489-modda)