toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINI BOShQARISh TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-dekabrdagi 306-sonli “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida boshqarish tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-avgust,
404-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-avgustdagi 404-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 391-modda)