1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
“YOʻLOVChILAR VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLARNING XODIMLARIGA VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN XUSUSIY TADBIRKORLARGA QOʻYILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1626-4]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2021-yil 21-sentabrdagi 13-sonli ““Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1626-11, 30.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar tartibini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626, 2006-yil 5-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan “Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.