toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2021
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI
AGENTLIGI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
YOʻLOVChILAR VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLARNING XODIMLARIGA VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN XUSUSIY TADBIRKORLARGA QOʻYILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 5-oktabrda 1626-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2021-yil 21-sentabrdagi 13-sonli ““Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1626-11, 30.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida” qarorining 1-bandiga asosan buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2004-yil 26-apreldagi 65-sonli va 2006-yil 11-iyuldagi 71-sonli buyruqlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi
boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-sentabr,
98-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan litsenziyalar olishga hujjatlar taqdim etish va avtomobil transportida tegishli tashishlarni amalga oshirishda qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Malaka talablari yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida shu jumladan xalqaro yoʻllarda xavfsiz tashishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bilim hamda koʻnikmalarning mavjud boʻlishidan iborat.
2. Malakaviy talablar litsenziya olishga hujjatlarni taqdim etish va avtomobil transportida tijorat tashishlarini amalga oshirishda, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar yuridik shaxslarning xodimlariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qoʻyiladi.
II. YuRIDIK ShAXS XODIMLARINING NOMENKLATURASI VA ULARGA QOʻYILADIGAN MALAKA TALABLARI
3. Malaka talablari xodimlarning quyidagi nomenklaturasiga qoʻyiladi:
yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari;
tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar boʻlgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbarining oʻrinbosari;
tashishlar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha mutaxassis;
avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyroʻgʻiga (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
31. Bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs uchun malaka talablari, avtotransport xizmatlarining ulushi yuridik shaxs aylanmasi yillik hajmining 50 va undan koʻp foizini tashkil etganda, yuridik shaxs rahbari va uning bevosita tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar boʻlgan oʻrinbosariga qoʻyiladi.
Avtotransport xizmatlarining ulushi yuridik shaxs aylanmasi yillik hajmining 50 foizidan kam boʻlgan taqdirda, malaka talablari yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari va uning tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar boʻlgan oʻrinbosariga qoʻyiladi.
4. Quyidagilar yoʻlovchilar va yuklarni tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxs xodimlarining, shuningdek yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning malakasiga muvofiq kelishini tasdiqlaydi:
a) avtomobil yoʻnalishida oliy kasbiy maʼlumoti toʻgʻrisida diplom, besh yildan kam boʻlmagan ish staji va malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligida (bundan buyon — Agentlik) attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida ijobiy xulosaning mavjudligi — yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari va tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar boʻlgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbarining oʻrinbosari uchun;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyroʻgʻi (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
b) avtomobil yoki texnik yoʻnalishda oliy kasbiy maʼlumoti toʻgʻrisida diplomning hamda tashishlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida Agentlikda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida ijobiy xulosaning mavjudligi tashishlar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha mutaxassis uchun;
v) Agentlikda va/yoki Agentlikning hududiy boshqarmalarida tashishlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida ijobiy xulosa — yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkor uchun;
g) tegishli toifadagi avtotransport vositasini boshqarishga belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlangan huquqning mavjudligi — haydovchilar uchun.
41. Avtomobil ixtisosligi boʻyicha oliy maʼlumoti boʻlmagan, maxsus uskuna bilan jihozlangan maxsus axlat tashish avtomobillarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish boʻyicha kommunal xizmatlar koʻrsatish bilan band boʻlgan yuridik shaxs rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari uchun malakalari muvofiq kelishini tasdiqlovchi hujjat boʻlib, Agentlikda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi ijobiy xulosa bilan bir qatorda, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi diplom va uch yildan kam boʻlmagan ish staji yoki oʻrta maʼlumot toʻgʻrisidagi attestat va besh yildan kam boʻlmagan ish stajining mavjudligi xizmat qiladi. Xuddi shunday talablar tashishlar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha mutaxassislar uchun ham qoʻyiladi.
42. Yuridik shaxslar xodimlarini (yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari, tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar boʻlgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbarining oʻrinbosari va tashishlar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha mutaxassisni) attestatsiyadan oʻtkazish Agentlikning Attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni attestatsiyadan oʻtkazish Agentlikning attestatsiya komissiyasi tomonidan yoki ularning xohishiga koʻra Agentlik hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
43. Agentlikning attestatsiya komissiyasi Agentlik, Agentlikka qarashli boʻlinmalar, Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil, elektr transporti va yoʻl xoʻjaligi xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining 5 nafardan kam boʻlmagan miqdordagi masʼul xodimlaridan shakllantiriladi hamda Agentlik boshligʻi oʻrinbosarlarining biri tomonidan boshqariladi.
(43-band Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyroʻgʻi (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
Agentlik hududiy boshqarmasining attestatsiya komissiyasi boshqarma xodimlari orasidan 3 kishidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiriladi va boshqarma boshligʻi tomonidan boshqariladi.
44. Attestatsiya komissiyasining ishi (hujjatlarni qabul qilish va ularning dastlabki tahlili, attestatsiya komissiyasi majlisi bayonnomasini yuritish va hokazolar) Agentlik boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadigan attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan tashkillashtiriladi.
Hududiy boshqarmalar attestatsiya komissiyasining ishini tashkil etish Agentlik hududiy boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadigan attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
45. Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari (bundan keyin Komissiya):
yuridik shaxslar xodimlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
attestatsiya uchun savollar roʻyxatini tayyorlaydi;
attestatsiya kunlarini tayinlaydi va attestatsiyadan bir hafta oldin bu haqda attestatsiyadan oʻtishga ariza bergan shaxslarni xabardor qiladi;
attestatsiyani oʻtkazadi;
attestatsiya natijalarini rasmiylashtiradi.
5. Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan Komissiya ishining reglamenti, attestatsiya uchun savolnoma va attestatsiyadan oʻtayotgan shaxs bilimlarini baholash tartibi oldindan, kamida ikki hafta oʻtmasdan Agentlikning veb-saytida joylashtiriladi va attestatsiyadan oʻtishni rejalashtirayotgan manfaatdor shaxslar tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
6. Attestatsiya uchun savollar yuklar, yoʻlovchilar va bagajni avtomobil transportida tashish qoidalarini, tashishlar xavfsizligini taʼminlashga doir, ularni bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish choralarini bilishni aniqlash zaruratidan kelib chiqib shakllantirilishi kerak.
Savollar tashuvchi tomonidan amalga oshiriladigan avtomobil transportida tashish turiga bogʻliq holda farqlanadi:
yuklarni tashish boʻyicha;
yoʻlovchilarni tashish boʻyicha;
xalqaro tashish boʻyicha;
aralash tashish boʻyicha.
Savollar turidan birini tanlash attestatsiya qilinayotgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
7. Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar bilan shugʻullanayotgan tashuvchi korxonalarning xodimlari hamda yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar xalqaro avtomobilda tashishlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro konvensiyalari, shartnomalari va bitimlari meʼyorlarini, chegaralarni kesib oʻtish qoidalarini, xalqaro qonun hujjatlari meʼyorlaridan tafovut qilgan hollarda qabul qilinadigan, transport vositalarining vazn va oʻlcham parametrlariga qoʻyiladigan talablar va taomillarni, “Xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshiradigan transport vositalari ekipajlarining ishiga taalluqli boʻlgan Yevropa bitimi (TVEB)”ga koʻra xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshiradigan haydovchilarning mehnat qilish va dam olish rejimiga qoʻyiladigan talablarni va hokazolarni ham bilishlari kerak.
71. Attestatsiyadan oʻtish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) erkin shakldagi ariza;
b) Mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha anketa;
v) 4 va 41-bandlarga muvofiq talab etiladigan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari.
Anketa yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻldirilishi kerak.
Anketa yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻldirilishi kerak.
Anketaning barcha savollariga toʻliq va batafsil javoblar berilishi lozim, anketaning birorta ustuni toʻldirilmagan holda qoldirilmasligi kerak. Bitta boʻlsa ham toʻldirilmagan ustun mavjud boʻlgan taqdirda, butun anketa toʻliq toʻldirilmagan deb hisoblanadi va qoʻshimcha ishlov berish uchun qaytariladi.
Hujjatlar Komissiyaga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ularning olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan taqdim etiladi.
Hujjatlar Komissiya kotibi tomonidan roʻyxatga koʻra qabul qilinadi, uning bir nusxasi yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkorga hujjatlarni qabul qilish sanasi toʻgʻrisida belgi bilan yuboriladi (topshiriladi);
g) mehnat daftarchasi va tegishli lavozimga tayinlash haqidagi buyruq nusxalari (yuridik shaxslar xodimlari uchun).
Shaxs tomonidan attestatsiya (qayta attestatsiyalash) uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiya tomonidan qabul qilingan kundan boshlab Agentlik arxivida besh yilgacha saqlanadi.
(71-band Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyroʻgʻiga (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
91. Komissiya aʼzolari taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama koʻrib chiqadilar.
Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga shubha uygʻotgan taqdirda, Komissiya yuridik shaxs xodimi va yakka tartibdagi tadbirkordan attestatsiya oʻtkazilishidan oldin taqdim etilgan hujjatlar nusxasini solishtirish maqsadida hujjatlarning asl nusxasini soʻrashga haqlidir.
Quyidagi:
notoʻgʻri maʼlumotlarni;
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni;
toʻliq hajmda taqdim etilmagan hujjatlarni taqdim etgan shaxslar attestatsiyaga qoʻyilmaydi.
Hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan taqdirda, yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor attestatsiyadan oʻtish uchun hujjatlarni yetishmaydigan materiallar bilan besh ish kunidan kam boʻlmagan muddatda toʻldirishga haqlidir.
Taqdim etilgan hujjatlarga oid eʼtirozlar boʻlmagan taqdirda, ariza taqdim etgan yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor attestatsiyaga qoʻyiladi.
Uzrli sabablarsiz ikki marta ketma-ket kelmagan attestatsiyaga daʼvogar yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor attestatsiyaga qoʻyilganlar roʻyxatidan chiqariladi, bunda u taqdim etgan hujjatlar qaytarib beriladi.
(91-band Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
92. Komissiya kotibi attestatsiyaga qoʻyilgan shaxslarning maxsus jurnalini yuritadi.
10. Yoʻlovchilar va yuklarni tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari hamda yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yakka tadbirkorlar vaqti-vaqti bilan (uch yilda kamida bir marotaba) oʻz malakalarini Agentlik tasdiqlagan maxsus dasturlar boʻyicha oshirib, malakaviy imtihon topshirishlari kerak.
II1. ATTESTATSIYA OʻTKAZISh
101. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazishning Komissiya tomonidan tayinlangan muddatida attestatsiyadan oʻtkaziladiganlar roʻyxatiga kiritilgan yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor attestatsiyadan oʻtish uchun koʻrsatilgan joyga keladi.
Attestatsiya, Komissiya faoliyatining xolisonaligini taʼminlash maqsadida, video yozuv uchun videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan xonalarda oʻtkaziladi.
Begona shaxslarning Komissiya yigʻilishida ishtirok etishi taqiqlanadi.
(101-band Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
102. Komissiya savolnoma boʻyicha savollar bergan holda attestatsiyadan oʻtayotgan shaxsni tinglash va (yoki) test sinovi yoʻli bilan (attestatsiyadan oʻtayotgan shaxsning tanloviga koʻra) attestatsiya oʻtkazadi. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtish paytida attestatsiyadan oʻtayotgan shaxslarga maʼlumot tusiga ega, maxsus va boshqa adabiyotlardan, biror-bir yozuvlardan, shuningdek uyali yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanish man qilinadi. Koʻrsatib oʻtilgan talablar buzilgan taqdirda, attestatsiyadan oʻtishga daʼvogar attestatsiyalanayotgan shaxs attestatsiyadan chetlatiladi. Attestatsiyadan chetlatilgan attestatsiyalanayotgan shaxs attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblanadi.
104. Attestatsiya natijalariga koʻra Komissiya quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) malaka talablariga javob beradi;
a1) komissiya tavsiyalarini bajarish va 6 oydan keyin attestatsiyani qayta oʻtkazish sharti bilan malaka talablariga javob beradi;
b) malaka talablariga javob bermaydi.
105. Attestatsiya natijalari attestatsiyadan oʻtayotgan shaxsga bevosita attestatsiya tugaganidan soʻng maʼlum qilinadi va ovoz berishda ishtirok etgan Komissiya raisi va aʼzolari hamda kotib tomonidan imzolanadigan Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Attestatsiyadan oʻtayotgan shaxsga mazkur Nizomga 2-ilovaga binoan shakl boʻyicha attestatsiya varagʻi beriladi.
Attestatsiya varaqlarining blankalari qatʼiy hisobdagi hujjatlar hisoblanadi, himoyalanish darajasiga ega. Attestatsiya varaqlarining blankalari Agentlikning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” DIChBda bosmaxona usulida tayyorlanadi. Attestatsiya varaqlari blankalarining hisobi, but saqlanishi va maqsadga muvofiq foydalanilishi uchun Komissiya rahbari javobgar boʻladi
106. Tegishli malaka talablariga javob beradi deb topilgan attestatsiyadan oʻtayotgan shaxsning attestatsiya varagʻi tegishli litsenziya olishga asos boʻlib hisoblanadi.
Malaka talablariga javob beradi deb topilgan attestatsiyadan oʻtayotgan shaxslarning attestatsiya varagʻining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi.
(106-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(106-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
107. Attestatsiya yakunlariga koʻra malaka talablariga javob bermaydi deb topilgan, yoʻlovchilar va yuklarni tashish bilan band boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlari va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar attestatsiyaga qaytadan qoʻyiladilar.
108. Komissiya quyidagi hollarda navbatdan tashqari attestatsiyani tayinlash va oʻtkazishga haqli:
a) avtotransport vositalaridan foydalanishda litsenziat tomonidan qonun hujjatlari, tashish qoidalari, ekologik talablari va ekipirovkaga rioya etilmagan taqdirda;
b) litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda;
v) tashuvchining haydovchisi aybi bilan oʻlim oqibatiga sabab boʻlgan yoʻl transport hodisasi sodir etilganda.
Komissiya yuridik shaxs xodimi va yakka tartibdagi tadbirkorga Agentlikda navbatdan tashqari attestatsiya oʻtkazilishi muddatini yozma ravishda xabar qiladi.
(108-band Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan oʻz kuchga kiradi — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
109. Komissiya kotibi attestatsiyadan oʻtgan shaxslar reyestrini yuritadi (bundan keyin reyestr). Attestatsiyadan oʻtgan shaxslar reyestri qogʻozli tashuvchilarda (tikilgan va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlangan, tikilgan sahifalar miqdori koʻrsatilgan jurnallar shaklida) ham, kompyuter dasturiga kiritilgan yozuv koʻrinishidagi elektron tashuvchilarda ham yuritiladi.
(109-band Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan oʻz kuchga kiradi — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
Jurnal va kompyuter dasturida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning quyidagi maʼlumotlari koʻrsatiladi:
attestatsiyadan oʻtgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
attestatsiyadan oʻtgan shaxsning yashash joyi va pasport maʼlumotlari;
attestatsiya varagʻi berilgan joy, raqami, berilgan sanasi va amal qilishi tugaydigan muddat;
attestatsiya varagʻi olingan sana va attestatsiya varagʻini olgan shaxsning imzosi;
Komissiya reyestrga kiritish lozim deb topgan istalgan qoʻshimcha axborotni oʻz ichiga olgan izoh.
Qogʻoz shakldagi yozuvlar bilan elektron shakldagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, qogʻoz shakldagi yozuvlar ustuvorlikka egadir.
Qogʻoz shakldagi yozuvlar reyestri Agentlik tomonidan yagona nusxada yuritiladi.
Reyestr Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(109-band Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
II2. ATTESTATSIYA VARAQLARINI QAYTA RASMIYLAShTIRISh
1010. Attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
litsenziat (yuridik shaxs) qayta tashkil etilganda, uning nomi oʻzgarganda;
jismoniy shaxsning (yakka tartibdagi tadbirkorning) familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda;
attestatsiya qilingan shaxsning ish joyi oʻzgarganda.
1011. Attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish uchun attestatsiya komissiyasiga mazkur Nizomning 71-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Bunda attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish uchun attestatsiyadan oʻtish talab etilmaydi.
1012. Attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish asosiy attestatsiya varagʻining amal qilish muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.
1013. Attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish, ularni attestatsiya komissiyasi aʼzolari va attestatsiya qilingan shaxs tomonidan imzolash ariza qabul qilinganidan keyin besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
II3. ATTESTATSIYA QILINGAN ShAXS BOShQA TAShKILOTGA OʻRINDOShLIK ASOSIDA IShGA QABUL QILINIShIDA ATTESTATSIYA VARAQLARINI RASMIYLAShTIRISh
1014. Attestatsiya varaqlarini rasmiylashtirish uchun boshqa tashkilotga oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxs attestatsiya komissiyasiga mazkur Nizomning 71-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Attestatsiya qilingan shaxs boshqa tashkilotga oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilinayotganda attestatsiya varagʻini olish uchun attestatsiyadan oʻtish talab etilmaydi.
1015. Attestatsiya varaqlarini rasmiylashtirish, ularni attestatsiya komissiyasi aʼzolari va boshqa tashkilotga oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxs tomonidan imzolash ariza qabul qilinganidan keyin besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
1016. Attestatsiya varagʻini rasmiylashtirish asosiy ish joyi boʻyicha attestatsiya varagʻining amal qilish muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.
III. Malaka talablariga nomuvofiqlik uchun javobgarlik, attestatsiya varaqasi muddatini toʻxtatish va bekor qilish
11. Qonunchilik bilan belgilangan litsenzion talablar va shartlarning bir qismi hisoblangan malaka talablariga nomuvofiqlik uchun tashuvchilarga nisbatan, ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki tugatish koʻrinishida taʼsir choralari qoʻllanadi.
111. Yuridik shaxs xodimi va yakka tartibdagi tadbirkor uzrli sabablarsiz ikki marta ketma-ket navbatdan tashqari attestatsiyaga kelmagan taqdirda, attestatsiya varaqasining amal qilish muddati toʻxtatiladi.
Attestatsiya varaqasining amal qilish muddati toʻxtatilganligi haqida Komissiya yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorni yozma ravishda Komissiya qarori nusxasi va u tomonidan navbatdan tashqari attestatsiya muddati haqidagi xabarni olganligi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtish zarurligi toʻgʻrisidagi xat ilova qilingan holda xabardor qiladi.
112. Attestatsiya varaqasini notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan taqdirda, attestatsiya varaqasining amal qilish muddati Komissiya tomonidan u olingan sanadan boshlab bekor qilinadi.
(III-boʻlim Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
IV. Yakuniy qoidalar
12. Komissiya qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat arizasi bilan murojaat etish mumkin.
13. Mazkur Nizomni buzganlikda ayblanuvchi shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
(IV-boʻlim Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. Qosimov
2006-yil 5-sentabr
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. Abidov
2006-yil 5-sentabri
Nizomga
1-ILOVA

Attestatsiyadan oʻtayotgan shaxsning surati*

_________________________________toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

(attestatsiyadan oʻtayotgan shaxsning F.I.O.)

SOʻROVNOMASI

1. Attestatsiyadan oʻtayotgan shaxs toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar

T/r‎

Savollar

Javoblar

1.‎

Familiyasi

2.‎

Ismi

3.‎

Otasining ismi

4.‎

Tugʻilgan joyi va sanasi


‎2. Soʻnggi 5 yil uchun bandlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

(maʼlumotlar har bir tashkilot boʻyicha alohida keltiriladi)

T/r‎

Savollar

Javoblar

5.‎

Tashkilot, ish (oʻqish) davri

__________________________________________

(tashkilot nomi)
“___” ____________ y. dan
“___” ___________ y. gacha

__________________________________________
(egallagan lavozimi)

Tashkilot, ish (oʻqish) davri

__________________________________________
(tashkilot nomi)
‎“___” ____________ y. dan
‎“___” ___________ y. gacha
‎__________________________________________
(egallagan lavozimi)

Tashkilot, ish (oʻqish) davri

__________________________________________
‎ ‎(tashkilot nomi)‎‎
‎“___” ____________ y. dan
‎‎‎ “___” ___________ y. gacha
‎‎__________________________________________ (egallagan lavozimi)

Tashkilot, ish (oʻqish) davri

__________________________________________
‎ ‎ (tashkilot nomi)
‎“___” ____________ y. dan
‎‎“___” ___________ y. gacha
‎‎__________________________________________ ‎‎‎‎
(egallagan lavozimi)


3. Taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

T/r‎ ‎

Savollar

Javoblar

6. ‎

Taʼlim

________________________________________

(oʻquv muassasasining nomi)
‎“___” _____________________________
y. dan
“___” ____________________________ y. gacha ‎_________________________________________
(olingan ixtisoslik, daraja)


Taʼlim shakli (keraklisining tagiga chizilsin):


a) kunduzgi; b) sirtqi; v) kechki.
Diplom yoki oʻquv muassasasinitugatganligi toʻgʻrisidagi boshqa hujjatning seriyasi va raqami
‎‎‎Seriyasi ____________ Raqami _____________ ‎


4. Qoʻshimcha maʼlumotlar

T/r‎ ‎ ‎

Savollar

Javoblar

7.‎

Attestatsiyadan oʻtayotgan shaxs faoliyatining soʻnggi 5 yilida tashuvchining asosiy moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari

(Tashuvchi tashkilot rahbari va uning oʻrinbosarlari tomonidan toʻldiriladi) rentabellik foyda (zarar)

8.‎

Tashishlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralar (attestatsiyadan oʻtayotgan shaxs faoliyatining soʻnggi 5 yili uchun)

9.‎

Tashuvchi tashkilot haydovchilari aybi bilan yoʻl qoʻyilgan YTHlar soni, attestatsiyadan oʻtayotgan shaxs faoliyatining soʻnggi 5 yili uchun

10‎.

Yuridik shaxsning tovarlar, ishlar, xizmatlar aylanmasi yillik hajmi — mln. soʻm, shu jumladan, avtotransport xizmatlari — mln. soʻm

11.‎

Oʻrindoshlik tartibida ishlayotgan shaxsga nisbatan har bir korxonadagi ish vaqti davomiyligi (soatlar, daqiqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotni koʻrsatgan holda toʻldiriladi

‎‎
‎‎
Soʻrovnoma toʻldirilgan sana 20___ y “____” __________
‎‎

________________________________________________
‎ (F.I.O.) ‎‎

_______________________(attestatsiyadan oʻtayotgan shaxsning imzosi)

M.Oʻ.

‎‎________________________________________________
‎ ‎ (F.I.O.)

______________________(rahbar imzosi)

* 3,5 x 4,5 sm. hajmdagi rangli surat.
Nizomga
2-ILOVA

_________‎_________-son ATTESTATSIYA VARAGʻI

‎‎_______________________________________________________________(attestatsiyadan oʻtayotgan shaxs lavozimi, tashkilot nomi)

‎‎1.Familiyasi, ismi, otasining ismi ______________________________________________
‎‎2. Tugʻilgan sanasi_____________________________________________________________

‎‎3. Maʼlumoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar___________________________________________
‎___________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________(qayerni va qachon tamomlagan, maʼlumoti boʻyicha ixtisosligi va malakasi, umumiy va kasb maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom, sertifikat, guvohnoma raqami)

‎‎4. Attestatsiyadan oʻtayotgan vaqtida egallab turgan lavozimi ____________________________
‎____________________________________________________________________________
‎‎5. Umumiy mehnat staji _______________ 6. Egallab turgan lavozimidagi staji__________
‎‎7. Komissiya tavsiyalari ________________________________________________________
_‎‎__________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________
8. Komissiya xulosasi _________________________________________________________‎‎
‎‎9. Attestatsiya sanasi______________________
‎‎10. ________________________ gacha amal qiladi

‎‎
Komissiya raisi‎‎

____________________________________________(familiyasi, ismi, imzo)‎ ‎‎‎

Komissiya aʼzolari

___________________________________________
‎ ‎ (familiyasi, ismi, imzo)‎‎

___________________________________________
‎ ‎ ‎ (familiyasi, ismi, imzo)

‎‎‎‎___________________________________________
‎ ‎ ‎ (familiyasi, ismi, imzo)‎‎ ‎‎ ‎

‎‎___________________________________________
‎ ‎ ‎ (familiyasi, ismi, imzo)

‎‎___________________________________________
‎‎ ‎ (familiyasi, ismi, imzo)‎‎ ‎‎‎

Komissiya kotibi

‎‎‎‎‎‎___________________________________________ ‎‎ ‎ (familiyasi, ismi, imzo) ‎‎ ‎‎ ‎

Attestatsiya varagʻi bilan tanishib chiqdim

_____________________________________
‎‎(attestatsiyadan oʻtayotgan shaxsning imzosi va sana)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 403-modda; 2007-y., 24-son, 255-modda, 43-son, 433-modda; 2008-y., 24-25-son, 237-modda; 2010-y., 51-son, 496-modda; 2013-y., 3-son, 36-modda), Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2007-yil 2-maydagi 46-son (roʻyxat raqami 1626-1, 2007-yil 14-iyun), 2007-yil 12-oktabrdagi 126-son (roʻyxat raqami 1626-2, 2007-yil 20-oktabr), 2008-yil 8-maydagi 63-son (roʻyxat raqami 1626-3, 2008-yil 11-iyun), 2010-yil 18-noyabrdagi 178-son (roʻyxat raqami 1626-4, 2010-yil 18-dekabr), 2013-yil 10-yanvardagi 7-son (roʻyxat raqami 1626-5, 2013-yil 16-yanvar), 2014-yil 29-dekabrdagi 29-son (roʻyxat raqami 1626-6, 2015-yil 21-yanvar), 2015-yil 5-avgustdagi 37-son (roʻyxat raqami 1626-7, 2015-yil 11-avgust), 2016-yil 2-fevraldagi 41-son (roʻyxat raqami 1626-8-son, 2016-yil 10-fevral), 2018-yil 5-fevraldagi 68-son (roʻyxat raqami 1626-9-son, 2018-yil 14-mart) buyruqlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son)